Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati
Dunyoni estetik his qilishga mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlar
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Estetika nazariyasi
Dunyoni estetik his qilishga mifologik, diniy, ilmiy va falsafiy yondashuvlar
Inson tabiatan bo`sh vaqtga intilib yashaydi. Chunki bo`sh vaqt mobaynida u jisman va ruhan dam olish, kundalik mehnat, qorin to`ydirish tashvishidan forig` bo`lish imkoniga ega. Bo`sh vaqt insonda o`yin hissi uyg`onishining asosiy omilidir. San`atning vujudga kelishida o`yinning ahamiyati katta ekanligi hammaga ma`lum. Demak, estetik anglash va estetik faoliyatning tadrijiy rivojida mehnat bilan birga bo`sh vaqt ham asosiy omil hisoblanadi. Ichki osoyishtalikni, mehnat va bo`sh vaqtga asoslangan muayyan tartibni jamiyatda qonun darajasiga ko`tarish esa, davlat paydo bo`lganda ro`y berishi mumkin. Davlatning o`z vazifasini qanchalik adolatli va mukammal bajarishi, shunchalik jamiyat farovonligiga olib keladi. Farovon jamiyat esa, o`z a`zolarining bo`sh vaqtini ta`minlay oladi va pirovard natijada, estetik anglash hamda estetik faoliyat taraqqiyoti uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi. Shunday qilib, davlatchilik tizimi paydo bo`lishi bilan insonning badiiy-estetik taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Ana shu davr ibtidosini biz Mesopotamiya-Qo`sh daryo mintaqasida, xususan, Somir davlatida ko`rishimiz mumkin. Eng qadimgi diniy tasavvurlarning vujudga kelishida mifologiyaning be`qoyos ahamiyatini kuzatishimiz mumkin. Bunday qarashlani bizgacha to`liq yoki qisman yetib kelgan miflarda uchratishimiz mumkin. Jumladan eng qadimgi diniy tasavvur shakllari bo`lmish qadimgi somir xalqlarida estetik tafakkurning kelib chiqishi mifologiyaga borib taqaladi. Ma`lumki, qadimgi odam oldida turgan turli xil masalalardan biri estetik tabiatga ega bo`lish muammosi edi. Bu muammoni o`ziga xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. Shu bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konsepsiyasi, falsafiy umumlashma deb atash mumkin; faqat u nazariy emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zotan, asotirlardagi badiiy inglashda inson o`zi haqida, o`zining real borliq go`zalligi bilan bog`liqligi haqida fikr yurtitishga ilk bor intilad. Bunga dunyoning harakatlanishi, olamning asosini tashkil etuvchi substansiya, unda insonning o`rni, tabiat qonunlari masalalari mifologik qarashlarning markazida turganligini ko`rishimiz mumkin. Mifologik tasavvurlarning kengayib va rivojlanib borishi diniy tasavvur va e`tiqodlarning shakllanishi uchun fundamental asos vazifasini bajarib bergan. Ma`lumki, har bir diniy e`tiqod da`vatsiz, targ`ibot-tashviqotsiz keng omma orasiga kirib bora olmaydi. Faqat muqaddas kitoblar va ibodatxonalar orqaligina ko`zlangan maqsadga erishish qiyin. Shu bois da`vatning yanada kengroq ta`sir maydoniga ega boshqa ma`naviy hodisalar ko`magida olib borilishi tabiiy zarurat sifatida yuzaga chiqdi. Natijada asosiy vositalardan biri sifatida din san`atni tanladi. Zero, san`at barcha ifoda shakllari ichida universalligi bilan ajralib turadi: u birvarakayiga rang-baranglik, mukammallik va jonlilik xususiyatlariga ega. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling