Estetikaning asosiy tushunchalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Reja


Download 48.02 Kb.
bet7/12
Sana05.01.2022
Hajmi48.02 Kb.
#213696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Tabiat va

San’atda go‘zallk. San’at - inson jasoratining go‘zalligini uning oliyjanobligini, fidoyiligini aks ettiradi. San’at tabiat va insonni hao‘o‘oniy yuksak badiiy formada aks etirsa, yuksak ideallar uchun kurashsa, u go‘zal bo‘ladi. San’at sotsial yovuzlikni, tubanlikni, razillikni ham fosh etadi. San’at hayotning xunuk jihatlari va hodisalarini tasvirlash bilan bizni go‘zallikka chorlaydi.

Xunuklik. Hayot halok qilgan tarao‘o‘iyotga to‘siq bo‘lgan, insonni mayib qilgan nimaiki narsa va hodisa bo‘lsa, uni xunuklik tushunchasi bilan ifodalaganlar. Go‘zallik va xunuklik qarama - qarshidir. Ijtimoiy hodisalar, insonning yaramas va qoloq odat hamda xususiyatlari xunuklikning go‘zallikdan farqini bildiradi:

- boshqalar hisobiga yashash uchun harakat qiladigan tekinxo‘r ham; - hamma joyda faqat o‘zini o‘ylaydigan va boshqa kishilarga beparvo qaraydigan shaxsiyatparast ham; -xalqlarning do‘st va birodarlik munosabatlarining go‘zalligini his qilmaydigan millatchi ham xunukdir.

Xunuklik xilma-xil ko‘rinishga ega. U bezorilik hatti-xarakatida ham, qo‘pollikda ham, insonning hayotiy manfaatlarining chegaralanganligida ham ko‘rinishi mumkin. Hayot go‘zalligini qaror toptirish uchun kurashni xunuklikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashdan ajratib bo‘lmaydi.

Ulug‘vorlik. Ulug‘vorlik insonga his-tuyg‘uni ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuchdir. Ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai – dahshat yoki shunga o‘xshash tuyg‘ular qo‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea – hodisalardir. Go‘zallik singari ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan holi bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini o‘zida mujassamlashtirgandir.

Agar go‘zallik sifatida olingan qoniqish orqali vujudga kelsa, ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvurlari yotadi.

Gegelning ta’kidlashicha, eng qadimiy Misr qabr ustidagi yodgorliklari – piramidalar birinchi navbatda o‘zlarining ulkanligi bilan odamlarning hayratga soladi, ayni paytda ularni qurish uchun qancha vaqt sarflanganligi, uni ko‘pgina matonatli inson kuchlari qurganligi haqida fikr-mulohaxazalar bildiriladi.

CHernishevskiy: - Oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir,- pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir, deb ta’kidlaydi.

Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. U tabiatda, jamiyatda inson faoliyatida namoyon bo‘ladi. ulug‘vorlik odamlarni faol harakatga, o‘zlaridagi ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga rag‘batlantiradi. Tabiatda baland tog‘lar, qudratli shar-sharalar, cheksiz okeanlar, moviy dengizlar, tubsiz osmon ulug‘vorlik timsollari bo‘lib, ular ulkanlik, buyuklik, keng ko‘lamlik, tuganmaslik jihatda umumiylikka ega. Tabiatda ulug‘vorlik insonni zaiflikka emas, balki undagi tabiat bilan qo‘shilib ketishga intilish hissini uyg‘otadi. Ulug‘vorlik hissi (o‘zicha estetik) hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg‘ularini qamrab oladi. Bularga ba’zida qo‘rquv hissi ham qo‘shiladi, qo‘rquv hissini insonni kamsitmaydi, balki to‘siqlarni engib o‘tishda turtki bo‘ladi.


Download 48.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling