Estetikaning asosiy tushunchalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Reja
Download 48.02 Kb.
|
Tabiat va
- Bu sahifa navigatsiya:
- Go‘zal olam
Go‘zallik konunlari : 1.Me’yor; 2.Predmetning yaxlitligi;
3.Rang-baranglikning organik birligi(uyg‘unligik); 4.Predmet tuzilishining maqsadga muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida estetik forma». Qadimgi yunonlar uchun jismoniy va ma’naviy barkamol inson go‘zalligining ideali bo‘lgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan ko‘p qadrlangan. Vatani qadimiy Gretsiya bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari shunchaki sport musobaqasi emas edi, balki kishilardagi jismoniy va ma’naviy fazilatlar bayrami – ko‘rigi bo‘lgan. Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-harakatlar bilan badnom qilgan bo‘lsa, bunday kishilarni ko‘rikda qatnashtirmaganlar. Adolat, mardlik, yaxshilik doim go‘zal hisoblangan. O‘rta asrlarda go‘zallik – real hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda deb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun o‘ldirish jismoniy va ma’naviy garmoniya emas, balki ularni ajratish, bir-biriga zid qo‘yish go‘zallik hisoblangan. Go‘zallikni turli xil toifa va tabaqadagi kishilar ham o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib baholaganlar. Masalan: dehqon nazarida: sog‘lom, baquvvat, yonoqlari naqsh olmadek qiz go‘zal hisoblangan bo‘lsa, dvoryan nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik, purvuqorlik jononlarning go‘zalligi sanalgan. Go‘zallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat deb tushunilgan. Kishilar u yoki bu predmet, voqea va hatti-harakatlarni go‘zallik deb ataganlarida go‘zallikdagi barcha narsalar, hayotning ijobiy va progmativ belgilarini aks ettiradi va ifodalaydi deb bilganlar. Go‘zallik tabiatda, insoniy munosabatlar, san’atda namoyon bo‘ladi. Go‘zal narsa bizni hamisha zavqlantiradi, yorqin his-tuyg‘ular uyg‘otadi, kayfiyatimizni chog‘ qiladi. CHernishevskiy «Go‘zallik kishida hosil bo‘ladigan his, yorqin quvonch, sevgan kishimiz yonimizda bo‘lganda qalbimizni qanday quvonch bilan to‘ldirsa, xuddi shunday cheksiz quvonch tuyg‘usidan iboratdir. Biz go‘zallikni beg‘araz sevamiz, uni ko‘rib quvonamiz, sevgan kishimizni ko‘rib qanday xursand bo‘lsak, go‘zallikni ko‘rib shunday xursand bo‘lamiz», deydi. Tabiatdagi, jamiyatdagi kishining ijodiy faoliyatidagi, odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlaridagi jamiki ijobiy voqealarni, ya’ni: - bizda quvnoq his-tuyg‘u paydo qiluvchi; - mamlakatga yordam beruvchi; -kayfiyatni ko‘taruvchi,- bizni oliyjanob ishlarga ilxomlantiruvchi; - voqealarni, insonning progmativ tarao‘o‘iyotiga, uning olg‘a bosishiga yordam beruvchi barcha omillarni go‘zallik deb atash mumkin.
-Bulutlar orasida ko‘rinib turgan moviy osmon; - Bulutlarning ajib bir jilosi; - ko‘m-ko‘k chaman o‘tloq; - undagi cho‘g‘dek tovlanib turgan rang-barang gullar; - kun botishidagi quyoshning taram-taram oltin nurlari. Inson atrof-tevaragida sochilib turgan nurni ko‘radi, gullarning rang-barang tovlanishlarini kuzatadi, predmetlarning turli-tuman formalarini bir-biriga tao‘o‘oslab ko‘radi. SHu tariqa inson olamdagi har bir hodisada- kishi ko‘z o‘ngida uzanib ketgan, uni bepoyon uzoq-uzoqlarga chorlovchi har bir hodisada go‘zallikni ko‘radi.
Download 48.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling