Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qorishib ketadi. qahramonlikda ulug‘likka xos estetik va axloqiy sifat to‘la namoyon bo‘ladi. Xalq fidoiylari, elu-yurt jonkuyar-larining qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni ham mardonalikni namoyon qiladi.
Alisher Navoiy ta’biricha, qahramonlik, ulug‘lik, halol mehnatda, yaxshi axloqiy aqidalarga doimiy tarzda amal qilishda o‘z ifodasini topadi.
San’atda ulug‘vorlik. San’atning turli shakllarida ulug‘lik xilma-xil tasvirlanadi,-qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik fojiasi, qahramonlik musiqa asarlari, me’morchilik kabi san’at mujdalari ulug‘lik mavzuini badiiy o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladi.
Me’morchilikda Misr piramidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi me’morchilik obidalari, yunonlarning Parfenoni, Rimliklarning Koleziyi, O‘rta asr gotik bosh cherkovlari, Rus cherkovlari me’morchiligining eng yaxshi namunalari. Rastrelli kabi me’morlar yaratgan go‘zal binolar o‘zlarining salobati, ulug‘vorligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Me’morchilikda ayrim obidalar: Bobil minorasi, Minorai Kalon, Misr piramidalari o‘zlarining keng ko‘lami – miqiyoslari bilan kishini hayron qoldirsalar, boshqalari o‘zlarining o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhiti bilan uzviy qo‘shilib ketganligi katta ahamiyat kasb etadi. Amir Temur dahmasi, SHohi Zinda, Ichan qal’a, Registon maydoni Mir Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, CHor minor, me’morchilik asarlari nafis san’at mujdalari sifatida ulug‘vorlik tuyg‘usini mavjlantiradi.
San’atda ulug‘vorlik ko‘pincha fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Navoiy – SHekspir asarlari. Layli – Majnun, Rameo – Juletta, Suqrotning o‘limi bilan fojialik aks etgan asarlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |