Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

 Qiziqarlilik.Bu tushuncha biror bir ilmiy-uslubiy estetik adabiyotdan shu paytgacha 
o‘rin olgan emas. Vaholanki, usiz hech qanaqa san’at turi faol mavjud bo‘lolmaydi, ya’ni 
idrok etuvchining diqqatini tortolmaydi va oxir-oqibat tug‘ilar-tug‘ilmas o‘lik tarixiga 
aylanadi. Darhaqiqat, zerikarli spektakl yoki film tomosha qilinmaydi, zerikarli musiqa 
tinglanmaydi, zerikarli bir xillikdan iborat to‘qqiz qavatli beton uylar me’morlik san’ati 
namunalari sifatida idrok etilmaydi v.h. SHundan kelib chiqqan holda, qiziqarlilikni badiiy 
asarning idrok etuvchida estetik zavq, kuchli hayajon uyg‘otadigan o‘ziga xos xususiyati, 
desak adashmaymiz. Bundan tashqari, san’at asari qiziqarlilik xususiyatidan mahrum 
bo‘lsa, qadriyatga aylanolmaydi, zero nimaiki qadriyatga aylangan ekan, u bizni 
qiziqtirgan va hozir ham qiziqtiradi, ya’ni o‘ziga tortib turadi. 
Qiziqarlilik haqidagi dastlabki jiddiy mulohazani biz buyuk fransuz faylasufi 
Didroda uchratamiz. O‘zining «Dramatik she’riyat to‘g‘risida» degan yirik estetik 
risolasidagi yigirma ikki kichik bobning o‘n birinchisini Didro «Qiziqish haqida» deb 
ataydi. Unda muallif spektakl idrok etuvchida albatta qiziqish uyg‘otishi zarurligini 
ta’kidlaydi.
19
Lekin u qiziqishni alohida estetik tushuncha sifatida talqin etmaydi, balki 
spektaklning muhim xususiyatlaridan biri, syujet va ijroning qiziqarliligi degan fikrni ilgari 
suradi. 
Mazkur tushunchani birinchi marta «qiziqarlilik» atamasi bilan buyuk olmon 
faylasufi A. Shopenhauer nomlaganini bizdarslikning tarixiy qismida aytib o‘tgan edik. 
Shopenhauer uni estetik xususiyat ekanini, go‘zallik bilan yonma-yon badiiy asarning 
yaxlitligini ta’minlashini aytib, quyidagi xulosaga keladi.
«Qiziqarlilik – bu poetik asarning vujudi; go‘zallik – uning qalbi. Epik va dramatik 
asarlarda qiziqarlilik, har bir harakatning muqarrar xususiyati sifatida materiyani, go‘zallik 
–shaklni namoyon etadi; ikkinchisining bo‘lishi birinchisining mavjudligi bilan bog‘liq» - 
deydi u.
20
Biroq Shopenhauer qiziqarlilikni faqat nasriy she’riy va dramatik asarlarga nisbatan 
qo‘llaydi. Aslida, yuqorida aytganimizdek, uni deyarli barcha san’at turlariga nisbat berish 
mumkin. 
Darhaqiqat, qiziqarlilik go‘zallikning yoki ulug‘vorlikning namoyon bo‘lishi uchun 
sharoit yaratib beradi. Biroq, u me’yoridan ortiq o‘rin olsa, go‘zallikning raqibiga aylandi. 
Chunki o‘ta ketgan qattiq hayajon qo‘zg‘atadigan, yurakni «qinidan chiqarib», hapqiritib 
yuboradigan qiziqarlilik idrok etuvchining qalbiga emas, ko‘ziga ta’sir ko‘rsatadi, idrok 
etuvchi butun diqqat-e’tiborini favqulodda qiziqarli bo‘lgan voqeaga qaratadi, go‘zallik 
esa qiziqarli syujet orqasida qolib ketadi, ikkinchi darajali hodisaga aylanadi. M., o‘tkir 
syujetli «jangari» filmlar yoki detektiv romonlarda qalb emas, ko‘z ko‘proq ishlashini 
19
Қаранг: Дидро Д. Эстетика и литературная критика М., ИХЛ, 1980. С. 251-256. 
20
Шопенгауэр А. Введение в философию. Новые паралипомены. Об интересном. Минск, Попурри, 2000. С. 398. 


ko‘ramiz: «mana, hozir, mana, hozir!» degan hayajonda go‘zallikni ilg‘ash mumkin emas
u asar voqealaridan orqada qolib ketadi. 
Shunday qilib, qiziqarlilik estetika uchun muhim tushuncha bo‘lib, asosan 
san’atkorning iste’dodi, mahorati va tajribasi bilan bog‘liq. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, biz ko‘rib o‘tgan barcha estetik mezoniy 
tushunchalarning hech qaysisi o‘z holicha, yakka-yakka namoyon bo‘lmaydi. Albatta, 
biri ikkinchisining boshlovchisi yoki davomchisi sifatida dialektik aloqadorlikda badiiy 
asar to‘qimasini tashkil etadi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling