Etika va Estetika fanlarining predmeti va vazifalari Reja: “Etika” fanining predmeti, muammolari va vazifalari


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana22.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1043336
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Etika -estetika fanlarining predmeti (1)

Mo‘jizaviylik va xayoliylik. 
Bu ikki tushuncha estetikaning odatdagi juftlik mezoniy tushunchalaridan alohida 
ajralib turadi. Ular orasidagi aloqadorlik, deylik, go‘zallik va xunuklik kabi, o‘zaro
ziddiyatga asoslanmaydi, aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi, ba’zan estetik yaxlitlikni 
tashkil etadi. har ikkala xususiyatning kelib chiqishi mif-osotirlarga borib taqaladi. 
Hozircha mavjud bo‘lgan asosiy estetik adabiyotlarda ularga jiddiy e’tibor 
berilmagan. Ayniqsa, mo‘jizaviylik tom ma’noda kamsitishga uchragan. Buning asosiy 
sababi shundaki, estetik xususiyat sifatida ular «sovet voqeligi» talabalariga, kommunistik 
mafkuraga to‘g‘ri kelmasdi. Chunki har ikkisida ham siyosiy tuzum va sotsialistik jamiyat 
tomonidan o‘rnatilgan qonun-qoidalar orqali izohlab bo‘lmaydigan, ularga 
bo‘ysunmaydigan sirli, sehrli hodisalar aks etardi. Tabiiyki, bu hodisalar ma’lum ma’noda 
sovet kishisi uchun yuqoridan o‘rnatilgan ijtimoiy-siyosiy erkinlik chegarasini, erkin 


fikrlash miqyosini kengaytirishga xizmat qilardi. SHu sababli mo‘jizaviylikka ko‘proq 
o‘tmishdagi xalq og‘zaki ijodi namunalariga, xususan, ertaklar va dostonlarga taaluqli 
estetik xususiyat sifatida qarash qonunlashtirilgan edi. Darhaqiqat, u xalq etaklari va 
dostonlarida o‘zining eng ko‘p va rang-barang ifodasini topgan. M., «Go‘ro‘g‘li» turkumi 
dostonlaridagi baxt maskani – Chanbil shahri, Go‘ro‘g‘lining afsonaviy Ko‘hi qof va Bog‘i 
Iramdan olib kelgan, go‘zallik timsoli bo‘lmish Og‘o Yunus va Misqol parilarga uylanishi, 
G‘irotning qanotli tulpor ekani kabi hadislarni, qahramonlarning mo‘jizaviy kelbatga, 
qudratga ega odamlar tarzida tasvirlanishi kabi holatlar shular jumlasidan. 
Mo‘jizaviylikda insonni noodatiyligi bilan hayratlantirish, mahliyo qilish va qoyil 
qoldirish xususiyatlari bor. Mo‘jizaviylik asosiga qurilgan asarlarda yorug‘ bir 
hayotbaxshilik mavjud, bu esa atrofdagi real hayot naqadar og‘ir bo‘lmasin, temir qonunlar 
va beshafqat mantiq – qanchalik odamni o‘z iskanjasida tutmasin, unda baxtli bo‘lishga 
ishonch paydo qiladi, mavjud reallikni ichdan inkor etish hissini uyg‘otadi. 
Totalitar tuzumlar, jumladan, bizdagi sho‘rolar davrida ertaklar, afsonalar xalq 
dostonlari juda kam yaratildi, ularning syujetlari, mavzulari qaysi san’at turlarida 
bo‘lmasin, ko‘proq o‘tmish bilan bog‘lanardi. Zamonaviy mo‘jizaviylik esa sovet 
voqeligining bir qismi sifatida mafkuraviylashtirilgan holda taqdim etilardi. To‘g‘ri, goh-
goh iste’dod bilan yozilgan zamonaviy asarlar ham vujudga kelib qolardi. M., Hudoyberdi 
To‘xtoboevning «Sariq devni minib» romani yoki Moskvaning M.Gorkiy nomidagi 
Bolalar va o‘smirlar kinostudiyasi mahsuloti bo‘lmish mashhur «Chol ibn Hattob» filmi 
shunday muvaffaqiyatli hodisalar sirasiga kiradi. Biroq bunday asarlar, aytilganidek, 
asosan sovet voqeligini ulug‘lashga xizmat qilardi va ko‘proq mo‘jizaviylikning 
kulgililikka yon berishi: ish, jiddiylikdan yiroqlashishi bilan shartlanardi. Natijada ulardagi 
mo‘jizaviylik o‘z salmog‘ini, teranligini ma’lum ma’noda yo‘qotardi. 
Mo‘jizaviylik tushunchasi estetikada boshqa ma’noda ham qo‘llaniladi. SHaklan va 
mazmunan go‘zal noyob asar vujudga kelganda, uni «mo‘jiza» deb atash odat tusiga 
kirgan. Ya’ni bu tushuncha estetik baholash mezon sifatida yuksak talablardan kelib 
chiqadi va voqelikning otadiy tasvirlaridan favqulodda baland saviyada ekani bilan ajralib 
turadi.
Xayoliylik mo‘jizaviylikka nisbatan kengroq qamrovga ega. Unda garchand 
ertaknoma syujetlar asos vazifasini bajarsa-da, mo‘jizaviylikka o‘xshab ildizi asotirlarga 
borib taqalsa-da u musiqa, rangtasvir yo adabiyot vositasida voqelikning yashirin 
imkoniyatlari, sirli ma’nolari borligi to‘g‘risida kutilmagan va dadil taxminlarni o‘rtaga 
tashlaydi. Xayolilikda san’atkorning ijodiy tasavvuri orqali reallikda mavjud bo‘lmagan 
ob’ektlar, jarayonlar qadriyat tusini olishi, ba’zi badiiy qiyofalar idrok etuvchi tomonidan 
ideal tarzida qabul qilinishi mumkin. Ayni paytda bu tasavvur mahsuli bilan real hayot 
orasidagi masofa hech qachon yo‘qolib ketmaydi. 
Xayoliylik mo‘jizaviylikdan o‘ziga xos farqlar bilan ajralib turadi. Birinchi tafovat 
shundaki, mu’jizaviylik hech qachon reallikka aylanmaydi, ya’ni go‘zal ertak bo‘lib 
qolaveradi. Xayoliylik esa ko‘p hollarda ertami-kechmi reallikka aylanadi. M., «Ming bir 
kecha» dagi Alouddining chirog‘i va undan chiqadigan dev-mo‘jiza, u mo‘jizaligicha 
qoladi. Lekin uchar gilam xayoliylikka taaluqli. Chunki u tadrijiy tarzda reallikka 
yaqinlashib boradi. Bu yaqinlashuv uning shaklida ham, materialida ham yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Ertakdagi matodan bo‘lgan uchar gilam dastlab to‘qson to‘qqiz murvatli 
(mexanizmli), dastak o‘rnini basadigan quloqlari vositasida boshqariladigan yog‘och otga, 
ya’ni tasavvurdagi mexanik qurilmaga, keyinroq reallikdagi havo sharlariga, so‘ng «po‘lat 
qushlar» – uchoqlarga, undan keyin sayyoralar aro safar qiladigan fazo kemalariga 
aylandi. Demak, mo‘jizaviylik uchun so‘ng maqsad – tasavvurning o‘zi. Xayoliylikda esa 
tasavvur muayyan bosqich, g‘oyani reallikka olib chiqadigan pillapoya vazifasini o‘taydi. 


Shu sababli u ilmiy tafakkur, fan taraqqiyoti bilan bog‘liq. Hozirgi paytda badiiy 
adabiyotda ilmiy-xayoliy janr keng tarqalgan. Bunda san’atdagi xayoliylikning real ilmiy 
voqelikka katta ta’sir ko‘rsatib kelayotganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. 
Mo‘jizaviylik bilan xayoliylik orasidagi yana bir – farq san’atda in’ikos etganida 
ularning badiiy asar echimini qay tarzda hal qilishida ko‘rinadi: mo‘jizaviylik doimo baxtli 
echim bilan tugaydi, xayoliylik esa goh fojeaviylik, goh keskin dramatik holatlarni ham 
echimga olib chiqishi mumkin. 
Har ikki estetik xususiyat unsurlarini biz diniy asotirlar va rivoyatlarda ham ko‘ramiz, 
ular karomat shaklida namoyon bo‘ladi. Umuman, mu’jizaviylik bilan xayoliylik o‘zaro 
doimiy aloqadorlikdagi estetik xususiyatlar va tushunchalardir. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling