- AXLOQIY TAMOYILLAR
- Axloq tamoyillaridan biri insonparvarlik g‘oyasi bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, butungi kunda bu so‘zni juda ko‘p ishlatamiz. Shu o‘rinda nega insonparvarlik axloqning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolmoqda, degan savol tug‘iladi. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demokratik jamiyat barpo etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ana shu imkoniyatni voqelikka aylantirishda ikkita muhim masalani hal etish zarurati vujudga keladi.
- Ulardan birinchisi — odamlarning ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g‘ayriinsoniy g‘oyalaridan, shuningdek yakka mafkurachilik tamoyilidan tozalashdir. Bunga erishishning bir qator yo‘nalishlari mavjud. eng muhimi, yangi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.
-
- Ikkinchi sababi — insonparvarlik tamoyilida umumbashariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilma-xilligi o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. Bu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotida barqarorliq xavfsizlik masalalari bilan hamjihatlikda tutashgan holda namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oyaning umumbashariy tamoyillari haqida fikryuritganda mustaqillik yillarida insonparvarlik masalasining ustuvor yo‘nalishga ega bo‘layotganligi tasodifiy hol emas. Ma’lumki, insonparvarlik haqida juda ko‘plab sharq va g‘arb mutafakkirlari o‘z fikrlarini bayon etishgan.
- U millatning o‘z negiziga asoslanib rivojlanishi shart bo‘lgani uchungina emas, balki barcha jarayonlar uchun ham amal qiladi. Bu vorisiylik qonuniyatning xarakterli xususiyatidir.Uning milliy taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, u millatning o‘z negizlari asosida rivojlanishi uchun imkoniyatlar salmog‘ining mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.
- Milliy g‘oya shakllanishida ana shu ikki qonuniyatning uyg‘unligi asosiy hisoblanadi.
- Albatta, milliy g‘oya negizlari faqat millatning tor doiradagi zaminlari bilan cheklanmaydi. Shuning bilan bir qatorda, umumbashariyat erishgan ilg‘or yutuqlarga ham tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |