Milliy g‘oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongda namoyon bo‘lishidir. - Milliy g‘oya milliy ong va tafakkur mahsuli hisoblanadi. Ularning rivojlanishi natijasida milliy o‘zlikni anglash yuzaga keladi. Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari va faoliyati, uning maqsadlari va manfaatlari negizlarining milliy ongda namoyon bo‘lishidir.
- Milliy ong millatning o‘ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko‘rsatkichi bo‘lsa, milliy o‘z-o‘zini anglash manfaatlarni himoya qilishda harakatga keltiruvchi ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir.
- Aslida, milliy ong, milliy tafakkur va milliy o‘zlikni anglashdan iborat bo‘lgan uchlikka amal qilmagan, uni o‘zida aks ettirmagan yoxud uni rivojlantirishga va mustahkamlanishga yo‘nalmagan g‘oya o‘ziga milliy g‘oya maqomini ham olaolmaydi. Chunki, ana shu uchlikning millat mavjudligining ham real ifodasi hisoblanadi. Milliy g‘oya milliy ong va milliy tafakkurning oliy ko‘rinishi, uning reallikka aylanishining belgisi hisoblanadi. Ularning o‘zaro ta’siri natijasidagina milliy o‘zlikni anglash omili shakllanadi va millatning «men»i yuzaga keladi. Millat o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, balki u jamiyat tarixiy taraqqiyotining mevasidir. Uning to‘laqonli millat maqomiga yetishi uchun har bir etnik birlik milliy tilning, madaniyat, urf-odat, an’analar, qadriyatlardagi o‘ziga xosligini ya’ni, milliy o‘zligini anglashi lozim.
- Axloqiy meyorlar
- Axloqiy meyorlar va ularning amaliy ahamiyati.
- Inson hayotida axloqiy meyorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda malum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari meyorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
- Halollik va rostguylik. Avvalo shuni aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan manoda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniydunyoviy mano kasb etgan meyorga aylangan. Halollik, rostgo‘ylik vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof bo‘lishi
- Insoflilik. Aflotun haqida gap borganida, uning adolatni davlatga xos fazilat, degan fikrini keltirib o‘tgan edik. Darhaqiqat, adolat mohiyatan davlatning fuqaroga, jamiyatning shaxsga nisbatan munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Bordiyu, o‘zaro adolatli munosabatlar haqida gap ketsa, unda odatda yuksak martabadagi tarixiy shaxsning quyi martabadagi shaxsga munosabati nazarda tutiladi. Insof esa ana shu adolatning tor qamrovli xususiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. U fuqarolar, jamiyat azolari orasidagi o‘zaro munosabatlar meyoridir.
- Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, malum manoda halollikka o‘xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. Chunki halollik o‘z haqi va haqqini, yani moddiy va manaviy huquqini o‘zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg‘a tashlangan holatdir: unda kishi o‘z halol haqi va haqqidan o‘zganing hisobiga kechadi; «o‘zga»ning sharoiti o‘zinikidan nihoyatda og‘ir va yomon ekanini hisobga olib, o‘z qonuniy haqi va haqqkni yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o‘zgaga beradi, muruvvat ko‘rsatadi.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
- A.Sh.Juzjoniy. Tasavvuf va inson. Т., «Adolat», 2001
- Abdurahmon Jomiy. O'zFA X.S.Sulaymonov nomidagi qo'lyozmalar instituti. Т., 1997.
- Abu Ali Ibn Sino. Falsafiy qissalar. (A.Irisov taijimasi. Т., 1980
- I.A.Karimov «Sogclom avlodni tarbiyalash barchamizning burchimizdir» Tafakkur №2.2000.
- N.Komilov. Tafakkur karvonlari. Т., «Ma'naviyat», 1999
- Internet ma’lumotlari
- .
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |