Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari


Download 302.5 Kb.
bet3/7
Sana03.04.2023
Hajmi302.5 Kb.
#1322672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me\'yorlari.

Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko‘zga tashlanadi. Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin qilish to‘g‘ri emas. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonni ham o‘z ichiga oladi. Xalq orasida mingyillarmobaynida odilpodsho idealiningyashabkelganibejiz emas.

  • Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko‘zga tashlanadi. Lekin adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin qilish to‘g‘ri emas. U nafaqat fuqarolar orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs o‘rtasidagi aloqalar mezonni ham o‘z ichiga oladi. Xalq orasida mingyillarmobaynida odilpodsho idealiningyashabkelganibejiz emas.
  • Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon tushunchasini birinchi bo‘lib Stoiklar maktabi vakillari kiritganlar. Ularning fikricha, vijdon insonning o‘z xulqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholashi va nazorat qilishi, o‘z hatti-harakatlarini va bu hatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ularni, kechinmalarni o‘zida tahlil qilishidir. Vijdon lozimiy narsa oldidagi mas’uliyat hissidir. Vijdon – Zigmund Freyd ta’biri bilan aytganda, a’lo men, men ustidan nazorat o‘rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki, o‘z-o‘ziga bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog‘liqlikka nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o‘z nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘lsa, vijdon azobi, bu oddiy o‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiylikka e’tiqodning talabi. U qondirilmas ekan, hech qachon azob to‘xtamaydi.

Vijdon ham boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning hatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi. Vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.

  • Vijdon ham boshqa ba’zi axloqshunoslik mezoniy tushunchalari kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning hatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi. Vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.
  • Yana bir muhim mezoniy tushuncha – burch. Bu tushunchani axloq ilmiga Demokrit kiritgan bo‘lib, uningcha burch inson harakatining ichki motividir. e’tiqod bilan qilingan hatti-harakat axloqiydir. Kishi o‘zini qo‘rqish tufayli emas, balki burch hissi tufayli nojo‘ya harakatlar qilishdan tiyishi kerak.
  • Burch shaxsning jamiyatga yoki kishiga nisbatan bo‘lgan axloqiy munosabatlarini ifodalaydi. Bu ob’ektiv mavjud jamiyat talablarini bajarishning ichki ma’naviy zarurati, ijtimoiy baxt-saodat extiyojlari taqozo qiladigan muayyan xulq-odob zaruratidir.

Download 302.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling