Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlari


Download 302.5 Kb.
bet2/7
Sana03.04.2023
Hajmi302.5 Kb.
#1322672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me\'yorlari.

Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo‘lib, axloqiylik bilan axloqsizlikning farqi va qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi. Kishilar bu kategoriyalar yordamida tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan hamma hodisalarni baholaydilar. Inson hatti-harakati, axloqiy sifati, kishilarning, guruhlarning aloqa va o‘zaro munosabat shakllari jamiyatning umumiy ahvoli baholanayotganligiga qarab bu kategoriyalar yanada konkretroq tushunchalar, tamoyil, ma’yor, axloqiy sifat shakliga kiradi. Yaxshilik va yomonlik o‘zaro munosabatli, ayni paytda qutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir.

  • Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo‘lib, axloqiylik bilan axloqsizlikning farqi va qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi. Kishilar bu kategoriyalar yordamida tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan hamma hodisalarni baholaydilar. Inson hatti-harakati, axloqiy sifati, kishilarning, guruhlarning aloqa va o‘zaro munosabat shakllari jamiyatning umumiy ahvoli baholanayotganligiga qarab bu kategoriyalar yanada konkretroq tushunchalar, tamoyil, ma’yor, axloqiy sifat shakliga kiradi. Yaxshilik va yomonlik o‘zaro munosabatli, ayni paytda qutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir.
  • Yaxshilik kategoriyasi axloqiy idealga mos keladigan narsalar haqidagi tasavvurlar majmuidir.Yomonlik kishilarning idealiga, ular e’zozlaydigan narsalarga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarni qaror topishiga, insoniylikning o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan hamma narsa haqidagi tasavvurlar yig‘indisidir. Yaxshilik va yomonlik kategoriyalari o‘zgaruvchan relyativ va harakatchandir.

Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolatdir. Adolat bu tenglikning haqqoniy va taqdirlashning zaruriy o‘lchovidir. Suqrot ta’biri bilan aytganda «adolat – qonunga muvofiq xulqdir». Adolat muayyan axloqiy sistemada qabul qilingan, kishilarning axloqiy burch va majburiyatlari tushunchasiga mos keladigan hatti-harakatlardir. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror bir qadriyatni anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor o‘lchovi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q.

  • Axloqshunoslikning yana bir qamrovli mezoniy tushunchasi adolatdir. Adolat bu tenglikning haqqoniy va taqdirlashning zaruriy o‘lchovidir. Suqrot ta’biri bilan aytganda «adolat – qonunga muvofiq xulqdir». Adolat muayyan axloqiy sistemada qabul qilingan, kishilarning axloqiy burch va majburiyatlari tushunchasiga mos keladigan hatti-harakatlardir. Uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror bir qadriyatni anglamaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda miqdor o‘lchovi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdirlashni o‘lchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo‘l yo‘q.

Download 302.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling