Etimologiya. Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasi O’quvchi: Sheraliyeva ominaxon
Download 5.88 Kb.
|
Etimologiya. Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etimologiya
- Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasi
Etimologiya. Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasi Etimologiya. Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasiO’QUVCHI: Sheraliyeva ominaxonEtimologiyaEtimologiya (etimov — haqiqat va logos [logiya] — so’z; soʻzning haqiqiy maʼnosi) — 1) soʻz va morfemalarning kelib chiqishini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; 2) soʻzning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3) soʻzning kelib chiqishi. 19-asr tilshunosligida "Etimologiya" termini “grammatika" maʼnosida ham qoʻllangan.EtimologiyaTilshunoslik boʻlimi hisoblangan Etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lugʻat tarkibining shakllanish jarayonini va uning dastlabki, qadimiy holatini tiklashdan iborat. Har bir til leksikasida muayyan miqsordagi soʻzlar borki, ularning shakli bilan maʼnosi oʻrtasidagi bogʻliqlik shu til egalari uchun tushunarsiz boʻlib qolgan, chunki soʻzning tarixan oʻzgara borishi uning dastlabki shakl va maʼnosini xiralashtirib qoʻyadi, bunday soʻz strukturasini tildagi mavjud yasalish qoliplari orqali izohlab boʻlmaydi. Etimologik tahlilning maqsadi muayyan soʻzning qachon, qaysi tidda, qanday yasalish qolipi boʻyicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va maʼnoda paydo boʻlganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiytarixiy usul boʻlib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik oʻzgarishlarga tayanib ish koʻradi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda soʻzlarning etimologik maʼnolarini aniqlashda, etimologik lugʻatlar tuzishda ahamiyatlidir.EtimologiyaMuayyan til uchun oʻzlashma hisoblangan soʻzlar Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Mas, hozirgi o’zbek tilida qoʻllanayotgan “daftar", “payola", “qalam" kabi soʻzlarning yunon tiliga mansubligi, oʻsha tildagi (dastlabki) maʼnosini aniqlash uchun leksikografik izlanish — tegishli tillar (arab,fors,yunon) lugʻatlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq "juda qadimiy" maʼnosidagi "daqyonus (daqqiyunus)dan qolgan" iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixdan, Qur’oni karimdagi "Kahf surasi"dan, Rim imperyasi tarixidan xabardor boʻlish kerak.Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasiSoʻz Etimologiyasining ilmiy Etimologiya, soxta Etimologiya va xalq Etimologiyasi kabi turlari bor. Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yoʻllar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. Mas, pichoq soʻzining "bi" (tigʻ) oʻzagiga chak qoʻshimchasini yoki "bich" (kes, kesib tashla) feʼliga ak qoʻshimchasini qoʻshish orqali, "kuy" soʻzining qadimiy turkiycha "kbg" (qoʻp maʼnoli soʻz; bir maʼnosi — ashulada ovozning pastbalandligi) soʻzining "koʻy", "kuy" kabi shakl oʻzgarishi va qisman maʼno oʻzgarishi orqali paydo boʻlganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan. Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida roʻy bergan oʻzgarishlarga jiddiy eʼtibor qaratiladi.Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasiO'zlashtirilgan (kamdan-kam ona) so'zni ona tilining o'xshash tovushli so'zi modeliga binoan o'zgartirish va qayta ko'rib chiqish, ular o'rtasida sof tashqi, tasodifiy tovush tasodifiga asoslangan semantik aloqalarni o'rnatish, ularning kelib chiqishining haqiqiy faktlarini hisobga olmasdan. . Bulvar oʻrniga Gulvar (yurish bilan qiyoslash), mikroskop oʻrniga melkoskop, old bogʻ, old bogʻ oʻrniga yarim bogʻ, palisade (fransuzcha palisade — palizad, taxta panjara, panjara, to’siq ), poliklinika oʻrniga yarim klinika, chayqov oʻrniga xaridor (sotib olmoq feʼli bilan taqqoslash). Qayta ko'rib chiqishga misol sifatida berry nomi bilan bog'liq bo'lgan qip-qizil jiringlash ("yoqimli, nozik qo'ng'iroqlar" degan ma'noni anglatadi) kombinatsiyasi bo'lishi mumkin: u Belgiyaning Malin shahri nomiga qaytadi, u erda eski sobori joylashgan. qo'ng'iroqchilarning maxsus maktabi, qo'ng'iroqchilarning o'ziga xos "Malinov" musiqachilari bor. Xalq etimologiyasi soxta etimologiya yoki leksik assotsiatsiya deb ham ataladi.Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasiSoxta Etimologiya eskirgan yoki oʻzlashma soʻzning morfologik tuzilishi va boshqalar xususiyatini notoʻgʻri tushunish natijasida yuzaga keladigan izoh. Mas, "meditsina" soʻzini "madadi Sino" tarzida ajratib, Ibn Sino nomi bilan yoki "dorchin/dolchin" soʻzini "haqiqiy dori" birikmasi bilan bogʻlash soxta Etimologiya boʻlib, aslida lot. tesIsta — "vrachlik mahorati davolash" maʼnosini, forscha dorchin/dolchin esa "doruyi chin" — xitoy dorisi maʼnosini bildiradi. Xalq Etimologiyasi muayyan soʻz maʼnosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat tovush tomonining tasodifiy oʻxshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izoxlashdan iborat.Ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasiTillardagi soʻzlarning dastlabki kelib chiqish maʼnosi etimologik lug’atlardan beriladi. Ensiklopedik nashrlarda, jumladan, O’zbekiston milliy enkislopediyasi, odatda, boshqa tildan^ oʻtgan soʻzlargagina Etimologiya koʻrsatiladi. Oʻzbek tilshunosligiga bagʻishlangan bir qator tadqiqotlarda va ayrim sohalar boʻyicha tuzilgan lugʻatlarda etimologik izlanishlar mavjud boʻlsada, Etimologiya toʻla maʼnodagi fan sohasi sifatida shakllanib yetmagan. Prof. Sh.Rahmatullayevning keyingi yillardagi tadqiqot va lugʻatlari bu sohadagi dastlabki tajribalar hisoblanadi.http://fayllar.org Download 5.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling