Eзбекистон Республикаси Олий ва eрта махсус таълим вазирлиги


Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida mis boyitmasini eritish


Download 0.91 Mb.
bet2/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1776005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yallig\' qaytaruvchi pechchch

1.2. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida mis boyitmasini eritish.

Yallig‘ pechning xomashyosiga boyitma, flus va aylanuvchi mate­riallar kiradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olinadigan boyit­­maning o‘rtacha kimyoviy tarkibi, %: C 16,0 – 18,0; Fe 31,6–33,0; S 35,5; SiO 5,5; Fe203 2,3; CaO–0,1. Shu boyitmaning mineralogik tarkibi, % Cu2S 14,0; CuFeS2 20,0; Cu5FeS4 1,0; FeS2 9,0; Fe2O3 3,0; SiO2 5,5; CaCO3 O2; qolganlari 7,3 ni tashkil etadi.


Boyitmani granulometrik (kukun zarralarning o‘lchamlari) tar­kibi 0,15 mm (100 %) dan 0,043 mm (90 %) gacha oraliqda o‘zgaradi. Suzgichdan keyin namlik 10 –17 % ni tashkil qiladi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining toshqol tarkibini hisobga olib, xomashyoga ishqor yoki nordon fluslar qo‘shiladi. Ishqor flus sifa­tida ohaktosh keng ishlatiladi. Nordon flus sifatida esa kvars yoki dioksidi ko‘p miqdorda kremniy bo‘lgan mis rudasi ishlatiladi. Olmaliq sharoitida o‘z tarkibida oltin bo‘lgan kvars rudasi ishlatiladi. Ushbu rudaning kimyoviy tarkibi, %: CuO– 36; SiO–68,6; CuO–1,2; Fe–5,4; FeO – 5,5; MgO – 0,9; S–0,33.
Flusni tanlashda, asosan, transport sarf-xarajatlari hisobga olinadi. Shu sababli sifati yomonroq bo‘lsa ham, mahalliy fluslar keng ishlatiladi.
Aylanuvchi moddalar hisobidan har xil changlar ishlatiladi: kuy­dirish, mo‘ri nishi, qozon-sovutkich, konverter va boshqalar. Ularda misning tarkibi 9,86 dan 44,6 % ga yetadi. Bundan tashqari changda rux, qo‘rg‘o­shin, temir, oltingugurt, kremniy dioksidi, alyuminiy va kalsiy oksidlari mavjud.
Changlar yallig‘ pechda qayta ishlanadi. Ularning zarralari o‘ta mayda bo‘lganligi sababli chang texnologik gaz bilan qisman chiqib ketib, yangidan aylanuvchi modda bo‘lib qoladi. Bu esa katta hajmdagi misning foydasiz aylanib yurishiga olib keladi.
Mis eritish zavodlarida har xil xomashyo tayyorlash usullari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgan usul – xomashyo komponent­larini tasmali kon­ve­­yer­larda aralashtirishdir. Maxsus bunkerlardan boyitma, flus va ayla­nuvchi moddalar tarozilardan o‘tgach, yig‘ma konve­yerga yuklanadi. Hara­katlanish davrida, qayta yuklash pog‘onasida va yallig‘ pechning bunkerida xomashyo komponentlari yaxshi aralashtiriladi. Bunday tizim qulay va kam xarajatlidir, lekin xomashyo tarkibini bir xil ushlab turish qiyin kechadi.
Eng yaxshi xomashyo tayyorlash usuli – beding tizimidir. Xomashyo komponentlari qatlam-qatlam joylashtirilib, konveyerning vertikal kesimi bilan olinib, transporterga beriladi. Bunday tizim Yaponiyada keng qo‘lla­niladi. Tizim har xil komponentli moddalar ishtirokida xomashyo tayyor­lashga imkon yaratadi. Xomashyoning tarkibi yetarli dara­jada bir xil bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada 40 ga yaqin birikmadan foyda­lanilib, xom­ashyoda misning tarkibi 0,54 % o‘zgarishi mumkin xolos. Ammo Olmaliq­da bunday tizim qo‘llanilmaydi, chunki ko‘p miqdorli kapi­tal mablag‘ kerak bo‘ladi.
Zamonaviy mis eritish zavodlarida yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga qisman quritilgan (5–8 % H­2O) xomashyo yuklanadi. Kuydiril­magan boyitmani ishlatishda xomashyoning issiqlik iste’moli ortadi, transport va yuklash sharoitlari og‘irlashadi hamda ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga kuydirilgan boyitma (ogarok) yuklash maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling