F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova


Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari


Download 0.84 Mb.
bet115/160
Sana14.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1007169
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)

Ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota- onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a'zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ushbu muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqtini, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsinihurmat qilish vaungashaxsiyxususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo'lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug’ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo'yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta’minlaydi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo'llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu muassasaning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda ushbu muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniv rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'Iishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatii davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo'yiladigan davlat talablari va ta’lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatii organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiya- dan o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minoti

Muassis nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga mol- mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi
binolarini loyihalashtirish

Maktabgacha ta’lim muassasasi maxsus loyiha bo'yicha qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me’yorlariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining sig'imi, odatda 320 o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 90-120 o'rinli muvofiq deb hisoblash zarur.
Maktabgacha ta'lim muassasasi amaldagi me'yortivlarga muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam apparati, ta'limning texnik vositalari, o'quv-ko'rgazmali qo'llanmalar hamda o'yinchoqlar bilan ta’minlanadi maktabgacha ta'lim muassasasini jihozlash ro'yxatiga milliy anjomlar ham kiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ish tartibi ijroiya qo'mita maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoki qaramog'ida maktabgacha ta’lim muassasaSi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta’lim kengashi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan holda xalq deputatlari mahalHy Kengashlari qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari yoki uning ayrim guruhiari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi navbatchi guruhlar ochilishi mumkin.
Maxsus ahamiyatga rnolik maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiya- viy ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi.
O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalarini hal etish maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlarini tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu muassasalarda ta'lim-tarbiyaning milliy an'analarga asoslanib ko'rilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasalari bolaning muassasada bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni;
Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy yordamchi, umumiy, ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi.
Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy va hokazo.
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalari qishloqlari muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o'rindan oshmasligi ko'zda tutiladi,
Maktabgacha ta’lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota- onalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ota-onalar arizasi bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta’lim muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuniga muvofiq belgilanadi.
Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun qulay pay tda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan pul hamda tabiiy me’yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda ovqatlantirish uchun pul me'yorlari xalq deputatlari kengashlari va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta’lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta'Iim muassasasi:

  • o'z Ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilma- ganligi;

  • ta'Iim dasturining to'liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta'Iim dasturlarining sifati;

  • ta’Iim jarayonini tashkil etishning qo'llanilayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;

  • muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’Iim jarayoni vaqtida hayoti va sog'lig'i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Tayanch tushunchalar:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling