F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
Pedagog kuzatish jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanadi
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatishning asosiy xususiyatlari
- Bolalar sogligining kundalik nazorati
- “Portfolio"
- 1-sinf oquvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi Shaxsiy korsatkichlari.
Pedagog kuzatish jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Bolaning kuzatilayotgan harakatini to'liq-puxta hujjatlashtirish; Subyektiv talqin (pedagogning shaxsiy fikrlari, his- tuyg'ulariga) yo'l qo'ymaslik; Bola tomonidan shaxsan bajarilgan ishni yoki aytilgan gapnigina xolisona kuzatish; Imkon boricha ko'proq ma’lumot to'plash, ular imkon darajasida sodda va tushunarli bo'lishi kerak. Kuzatishning asosiy xususiyatlari: Mohiyatan bola haqida ma’lumot to'plash va baholash - aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak; Ma’lumotlarni to’plash va tahlil etish muntazam amalga oshirilishi, doimiy xarakterga ega bo'lishi lozim; Kuzatish jarayonida to'plangan ma'lumotlar hujjatlashti- rilishi va tahlil qilinishi zarur; Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi kuzatish natijalari tashkil etilishi bolaning haqiqiy imkoniyat- larini bilish va tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda uning ilgarilab borish yoki aksincha qiyinlashtiruvchi omillarni aniqlash imkonini beradi; Bola haqida ma’lumot to'plashda har tomonlama yondashuv, uning ayrim xislatlariga (ijobiy va salbiy bo'lishidan qat’iy nazar) sun'iy ravishda alohida urg'u berishga yo'l qo'ymaslik lozim; Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shunday yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida o'ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi; Kuzatish mezonlari (bola haqida ma’lumot to'plash yo'nalishlari) 5-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur. Bolalar sog'lig'ining kundalik nazorati: Guruhdagi bolalar sog'lig'ining holati haqida tarbiyachi daftarga qayd etib boradi. Pedagog bolalar bilan yakkama- yakka shug'ullanishi uchun maxsus daftarga bola rivojlanishining ayrim sohalarida alohida e'tibor qilish lozim bo'lgan bolalar haqida ma’lumot qayd etib boradi. Pedagog daftardagi ma'lumotlardan pedagogik maqsadlarni qo'yish va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat tarzlarini rejalashtirishda foydalanishi mumkin. Pedagog bolalar bilan ularning qiziqishlari bo'yicha intervyu va suhbatlar o'tkazib turadi. Bolalar kattalar bilan o'z fikrlari, g'oya va ishlari bo'yicha gaplashishni xohlaydilar, bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan munosabatda bo'lishi o'zini qiziqtirgan mavzu bo'yicha bolalar so'zlarini tinglashi, ochiq savollar berishi, suhbatga undashi lozim. Bunday tadqiqotning maqsadi bolalarning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko'proq bilishdan iborat. Agar bola qisqa muddatli guruhlarda qatnashayotgan bo'lsa pedagog tomonidan “Portfolio" hujjatini tutadi. Bu bolaning qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib, yakunlagunga qadar yutuqlari va ishlarining individual to'plamidir. Portfoliodan rivojlanishning o'z-o'ziga baho berish vositasidan foydalanish, unga bolaning o'z fikr-mulohazalarini aks ettirishga harakat qilib, so'zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nutq namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari ota- onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan fotosuratlarni, og'zaki nutqlari yozib olingan audio-disklarni tanlab olish mumkin. Bolalarga tegishli bo'lgan portfolio ota- onalarga ko'rsatilishi lozim. 1-sinf o'quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi Shaxsiy ko'rsatkichlari. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling