F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik


Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik


Download 1.35 Mb.
bet110/221
Sana31.01.2024
Hajmi1.35 Mb.
#1831896
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   221
Bog'liq
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org

Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik.

Psixologik tayyorgarlik tushunchasi – maktab ta’limi nuqtai-nazaridan 1-sinfga qadam qo‘yayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko‘rsatkichlarining majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi, o‘quvchi bo‘lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘luvchi asoslangan tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Bolaning maktab ta’limiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, o‘quv materiallarini ongli-faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni yangi psixologik mavqelarini yaratishan iborat bo‘lib, uning xususiyati guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatli bo‘lgan kelajakda maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, qiziqishlari, intilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar undan bolalar jamoasining umumiy maqsad – maktabga puhta tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o‘tish bolalarda yangi holat – kattaliklarini anglashlariga asoslangan “yetuklik” hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxrlanish, o‘quvchi bo‘lishga intilish, hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi.
“Bolajon” dasturida belgilab qo‘yilgan ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o‘z fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so‘z bilan ifodalashi, jamoada o‘zini tuta bilishi, o‘zini shaxs sifatida anglashi, o‘zini hurmat qilishi, o‘z qadr-qimmatini bilishi, “men” konsepsiyasi, kattalar yordamida o‘z kamchiliklarini bartaraf etish kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlik hissi jadallik bilan rivojlanadi. Ular uchun sovg‘alar tayyorlash, “konsertlar” uyushtirish, birgalikdagi o‘yin faoliyatlari bo‘lajak o‘quvchi uchun katta ahamiayatga ega. Bu ishlar bo‘lajak o‘quvchining ma’naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy hislatlari – xayrixohlik, sahiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi.
Tayyorlov guruhi bolalar mavqeidagi o‘ziga xos xususiyat ularni ijtimoiy zonasi kengaytirishdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeida bo‘lajak o‘quvchilarda ma’naviy sifatlarni shakllantirishning katta imkoniyatlari mavjuddir.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling