F. R. Qodirova, Sh. Q. Toshpo’latova, N. M. Kayumova,M. N. A’zamova maktabgacha pedagogika darslik
Download 1.35 Mb.
|
Nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti-www.hozir.org
X- BOB: IQTISODIY TARBIYA
Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishish natijasida mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi.O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyili ishlab chiqildi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida , “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi, shuningdek, 2001 –yil 22-avgust, 2007-yil 27-aprelda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorlari bunga yaqqol misoldir. Mamlakatada ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish , yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantiirishda maktabgacha ta’lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar qo‘yiladi.Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdir.Xo‘sh, iqtisodiyot iborasi –nimani anglatadi? Uning muhim belgilariqanday? Degan savolni ma’nosini tushunib yetish lozim . Iqtisodiyot bu-kishilarning o‘z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qartilgan faoliyatdir. Iqtisodiyot-boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi. Iqtisodiyot –kishilarning yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy ashyolarni yaratish va iste’molchiga yetkazib , hayot kechirishni kafolatlaydi. Demak, iqtisodiyot yashash ehtiyojini qonduruvchi vosita. Shu o‘rinda ehtiyojning o‘zi nima? Ekanligini anglab olish zarur. Ehtiyojlar-insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi hamda jamiyatda ma’lum mavqeyga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan turli- tuman noz-ne’matlar , ya’ni barcha mahsulot va xizmatlarning majmuasidir. Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi: 1.Moddiy-mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlar bunga oziq-ovqat , kiyim-kechak,turar joy, uy asbob-anjomlari , transport, aloqa, kommunikatsiya va boshqalar. 2.Turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj.Ya’ni, ta’lim, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat , madaniy-ma’rifiy xizmatlarini o‘z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va istaklari asosida namoyon bo‘ladi. Bola ehtiyoji -to‘laqonli xohishi bo‘yicha ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoj -ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o‘z xohishi bilan sarflash - zamonaviymoda bo‘yicha kiyim-kechak -dam olish, sayohatga chiqish -shaxsiy o‘yinchoqlar, kompyuter -shaxsiy o‘rin-joy Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga o‘rgatiladi.Bolalarga har qanday talab –bu huquqiy mas’uliyat deb qaralishini tushuntirish zarur. Bu yoshdagi bolalarga inson yashar ekan uning ehtiyoji to‘xtovsiz o‘sib borishida ma’lumot beriladi. Masalan, ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj turli yo‘nalishdagi o‘quv markazlari, chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlarining o‘rin almashinuvi , muloqot yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, ehtiyojlarning miqdoran ko‘payishi kuzatiladi.Iqtisodiyot hech narsa yo‘q yerda bo‘lishi mumkin emas.Bu albatta iqtisodiy resurslar , kattalar mehnati orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy resurslar: Bularga:1) Moddiy resurslar 2)Mehnat resurslari 3) Informatsion axborot resurslar Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan tanishtiranda tabiiy resurslar –yer,suv, yer osti va usti boyliklari bularning barchasi tabiat ne’matlari ekanligi, ulardan oqilona foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari,ichimlik suvi uni isrof qilmaslik, o‘lkamizdagi barcha boyliklarni asrab –avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat,matematika, nutq o‘stirish va boshqa pedagogik jarayonlarda o‘rgatib borildi. Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshoatlar , mashina va mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar ekanligi tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolarni mehnat resuralari ular kim tomonidan tashkil etilganligi kimlarning mehnat qilib mahsulot ishlab chiqarishi, dala, fermer xo‘jaligidagi kattalarning ishbilarmonlik bilan boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi.Endilikda har bir ishni tashkil etishda ,albatta , oldin kerakli mahsulotlar yig‘ilar , shularga tayanib, kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi.Bu axborot-informatsion resurs jarayoniga kiradi. Yuqorida, biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar haqida fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolarga iqtisodiy tarbiya berish dolzarb muammo ekanligi va mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishda jamiyatning hamma fuqarolari faol qatnashish zarurligini ta’kidlagan holda maktabgachata’lim pedagogikasi o‘z oldiga quyidagi maqsad va vazifalrni qo‘ydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning maqsadi bolalarga iqtisodiyotga oid bilim va ma’lumotlar berish orqali iqtisodiy hodislar mohiyatini tushunib yetish va ularni iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirishdir. Shuningdek milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishida kelajak avlodni tarbiyalshni maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu maqsdni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustuvor hisoblanadi: 1.Maktabgcha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlantirish tamoyillari va qnuniyatlari bilan tanishtirish orqali ularni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish; 2. Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash , o‘zkundalik faoliyatlarida ongli ravishda qo‘llay olish malakalarini shakllantirish: 3.Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira borib iqtisodiy muammolarni tahlil, farqlay olish, isbotlay olish va umumlashtirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish; 4.O‘qitishning zamonaviy imkoniyatlar metodlari, tashkiliy shakllaridan foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasinig XII bobi “ Jamiyatning iqtisodiy negizlriga bag‘ishlangan bo‘lib unda: bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.Yer, yer osti boyliklari, suv , o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir”- deyiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling