Faktor algebralar


Кeskich asbobning issiqlikdan deformatsiyalanishi


Download 286.07 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi286.07 Kb.
#1502177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FAKTOR ALGEBRALAR

Кeskich asbobning issiqlikdan deformatsiyalanishi
Кesish zonasida chiquvchi issiqlikning ba’zi-bir qismi keskich asbobga o’tib, uning qizishiga va o’lchamlarini o’zgarishiga olib keladi.
Tokarlik ishlov berishda texnologik sistemaning issiqlik deformasiyasiga bog’liq bo’lgan eng katta xatolik keskichlarni qizdirilgandagi uzayishi bo’ladi.
Legirlangan v=1080 MPa (110 kgs/mm) po’lat T15К6 plastinkali, quloch uzunligi 40 mm. va ko’ndalang kesimi 20 x 30 mm keskich bilan yo’nilganda, keskich uzayishi to’xtaydigan issiqlik muvozanati taxminan 20 - 24 daqiqa uzluksiz ishlagandan keyin ro’y beradi (7.6-rasm). Yumshoq po’latga ishlov berishda 7.6-rasmda ko’rsatilgan qonuniyatning umumiy harakteri saqlanib qolib 12 daqiqa uzluksiz ishlagandan keyin keskichning issiqlik muvozanati ro’y beradi.
Кesish tezligi, kesish chuqurligi va surish miqdorini oshirilganda qizish
tezlashadi, jumladan keskich uzayadi. Кeskich uzayishiga uning dasta qulochi uzunligi katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, keskich qulochini 40 mm dan 20 mm gacha kichiklashtirilganda uning uzayishi 28 mkm dan 18 mkm gacha kamaygan.
Кeskichning qizishi va uzayishi ishlanuvchi material qattiqligiga to’g’ri proporsionaldir.
Tabiiy sovutgichsiz ishlash sharoitida keskichning uzayishi 30-50 mkm gacha etadi. Sovitgichlarni mo’l-ko’llik bilan sarflab sovutilganda keskichlarning uzayishi 3-3,5 marotaba kamayishi kuzatiladi.
Кeskichning lk (mkm) uzayishini issikliq muvozanatlashgan sharoitda quyidagi formula bilan taxminan hisoblash mumkin,
dlk = C *(1/F) * v*(ts) 0,75* .
Bu erda: C - doimiy (v=100-200 m/min.,t < 1,0 mm., s< 0,2 mm./ayl., C=4,5 bo’ladi); lk- keskich qulochining uzunligi, mm.da; F - keskich ko’ndalang kesimi, mm.
Issiqlik muvozanatlashgunga qadar bo’lgan boshlang’ich ishlash davrida keskichning uzayishi ishlanuvchi tanavorlar o’lchamlarining uzluksiz o’zgartirilishi kuzatiladi (tashqi ko’rinishi uncha katta bo’lmagan tanavorlarda) yoki yuzalarning shakl o’zgarishi (katta o’lchamli tanavorlarda).
Tanavorlarga mashina vaqtiga teng (Tmash.) tanaffus bilan ishlov berishda, kesish jarayoni to’xtatilgan paytdan boshlab, keskich asbob soviy boshlaydi va u qisqarib boradi, bu sovish navbatdagi tanavorni kesish davrigacha (o’lchab bo’lib) davom etadi. Bu 7.6- rasmdagi grafikdan ham ko’rinib turibdi.
A.P.Sokolovskiy tuzgan egri chiziqlar shuni ko’rsatadiki, tanavorlarga mashina vaqti tanaffusi bilan ishlov berilganda keskichning issiqlik deformasiyasi, shuningdek ishlov berish harorat xatoligi sezilarli miqdorda kamayadi.
Кeskich, mashina vaqti tanaffusi bilan dam oldirib ritmik ishlatilsa uning uzayishi dlr taxminan quyidagi formuladan topiladi,

Download 286.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling