Fakulteti “ ” kafedrasi kurs ishi mulk bozorining iqtisodiy modeli Bajardi: Ilmiy rahbar: mundarija
Download 0.67 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
- Kurs ishining maqsadi.
- Kurs ishining ob’ekti bo’lib
- Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan bog’liqlikda o’rganishining zarurati
- Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “ ” FAKULTETI “ ” KAFEDRASI
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiy model ahamiyati va rolining mazmun-mohiyati hozirgi kundagi sharoitda to’liqligicha ochib berilmagan, unga oid nazariy qarashlar va bilimla o’rganilib mukammal darajada tizimlashtirilmagan, tegishli xulosala ashakllantirilmagan. Zero, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ko’chmas mulk bozoriga o’z ta’sirini ko’rsatishi ushbu masalalarni kengroq va chuqurroq o’rganishni taqazo etadi. Rеspublikamizda shakllantirilib kеlayotgan ko’chmas mulk bozorida hamda ko’chmas mulk obyektlari ishtirok etadigan barcha iqtisodiy jarayonlarda obyektlarni baholash va rieltorlik bilan bog’liq faoliyatni tashkil etish va uni respublikamizda iqtisodiyotning turli sohalari xususiyatidan kelib chiqqan holda takomillashtirish hozirgi kunning o’ta dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Shu sababli, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi jahondagi ko’plab rivojlangan mamlakatar iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazayotgan, hamda ko’chmas mulk bozorida murakkab va o’zgaruvchan sharoitni yuzaga keltirib turgan hozirgi kunda O’zbekiston sharoitida ko’chmas mulk qiymatini baholashning uslubiy asoslarini o’rganish, baholash va rieltorlik faoliyatlari bilan bog’liq jarayonlarni takomillashtirish respublikamizda erkin bozor infrastrukturasini rivojlantirishda o’ta dolzarb muammo hisoblanadi. Jumladan, ko’chmas mulk bozorida rieltorlik faoliyati xizmat turlarini amalga oshirish huquqi bеrilgan, litsеnziyaga ega rieltorlik tashkilotlar soni jami 246 tani tashkil etadi. Shundan, 26 ta litsеnziya bеkor qilingan. Amalda 220 ta litsеnziya mavjud. Bundan tashqari yil sayin ko’chmas mulk bozorining hajmi yildan-yilga kengayib bormoqda, ya’ni ko’chmas mulkka bo’lgan talab ortib bormoqda. Natijada, ko’chmas mulk bozorini o’rganish dolzarb masalaga aylanmoqda. Kurs ishining maqsadi. Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiy modeli o’rni, ahamiyati va rolini mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar, bilimlarni o’rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda bularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalargaga ega bo’lish. 4.O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharotida ko’chmas mulk bozori masalarini o’rganish. Kurs ishining ob’ekti bo’lib, ko’chmas mulk bozori hisoblanadi. Kurs ishining predmeti. Ko’chmas mulk bozorida amalga oshiriladigan mulkiy munosabatlar. Kurs ishi kirish, uchta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. 1-reja; Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan bog’liqlikda o’rganishining zarurati Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning erkin savdosi bilan bog’liq tashkillashgan ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’siri sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta’minlovchi yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo’luvchi tovar bo’yicha talab va taklif funksiyasi. Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat va iqtisodiyotning barcha subyektlari tomonidan birgalikda ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. Bozorda tovarlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lardan iste’molchi (haridor)larga tomon, moliyaviy resurslar esa aksincha yo’nalishda harakat qiladi. Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi. Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar, fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va temir yo’llar, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog’liq barcha narsalar kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar yetkazmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bular jumlasiga shuningdek o’rmonlar, ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi. «Ko’chmas mulk bozori – bu sotuvchi va xaridorlar o’rtasida ko’chmas mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk ayriboshlanishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tashkiliy tadbirlar tizimi». Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud». «Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas mulkni oldi-sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk obyektlarini ijaraga berish jarayonlarida yuzaga keladi» Milliy ko’chmas mulk bozori - bir-biridan sinxron rivojlanishi, narxlar va xavf-xatarlar darajasi, ko’chmas mulkka invеstitsiyalarning samaradorligi va ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir. Ko’chmas mulk bozorining o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda, ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga, shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar: -fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish; -ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi; -bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda jinoyatchilardan himoyalash; -talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan bahoning erkin belgilanishini ta’minlash; -ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish; -ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish: -ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona soliqqa tortish; -mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni yaratish. Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari: 1. Tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar) munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash. 2. Ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq ma’lumotlardan foydalanish. 3. Qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ommaviy muhokama qilish. 4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida. 5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak. 6. Davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi. 7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi. 8. Uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar, yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha tadbirlarni qo’llash. 9. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash. 10. Ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur. 11. Aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi. 12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi. 13. Davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak. 14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga muvofiq ravishda bo’linadi. 15. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash. Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv, keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion motivasiya va ko‘chmas mulkni almashtirish jarayonida tan olingan boshqa belgilar bilan ifodalanadi. O‘z o‘rnida, ko‘chmas mulk bozorlari turli ijtimoiy, iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi. Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi. 1 . Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvartiralar va xonalar). 2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo, sanoat-ishlab chiqarish, ombor binolari, mehmonxonalar, restoranlar). 3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar). 4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari (shahar yerlari, qishloq xo‘jalik va ov yerlari, qo‘riqxonalar,foydali qazilmalarni qidirish zonalari). 5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi bo‘yicha chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan, cherkov, aeroport, qamoqxona va boshqalar). Ko’chmas mulk bozorining tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan bo’lib, unda: Sko’chmas mulk sotuvchisi, H- ko’chmas mulk haridori, R- rieyeltorlar ko’chmas mulk bozorining professional ishtirokchisi, A- auksion, NR- nodavlat regulyativ tashkilotlar, DR- davlat regulyatori. Mazkur modelda har bir ishtirokchi bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki, ko’chmas mulk bozori modeli boshqa bozorlarga nisbatan qisqartirilgan modeldir. Bu esa boshqa turdagi mulk bozorlari uchun ixtisoslashgan model sifatida qaraladi. Auksion (A) ko’chmas mulk savdosi kimoshdi savdosi orqali sotiladi. Sotuvchi (S) – ko’chmas mulkini sotib undan foyda olish maqsadida o’zini obyektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs va davlatdir. Haridor (H) – ko’chmas mulkdan naf olish maqsadida undan foydalanish, tassarruf etish yoki hadya qilish maqsadlarida mablag’ bilan ta’minlangan yuridik va jismoniy shaxs va davlat bo’lishi mumkin. Rieltor (R) - malaka sеrtifikatiga va litsеnziyaga ega bo’lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxsdir. Rieltorga litsеnziya ko’chmas mulk bozorida faqat axborot va maslaxat xizmatlari ko’rsatish uchun bеriladi. Rieltor o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish polisiga ega bo’lishi kеrak. Davlat regulyatori (DR) va nodavlat regulayatorlar (NR) ko’chmas mulk bozorini qonuniyligini tartibga solib turadi. Regulyativ kanallarga davlat regulyatori ( DR) va nodavlat regulayatorlar (NR) kiradi. Savdo operatsion kanallar A orqali 3 ta elementni bo’glaydi – R, H, S. Funksional operatsin kanallarr orqali S va H, S va R, H va R o’zaro bog’langan. Ko’chmas mulk bozoriga qarasak, auksion, sotuvchi va haridorning vazifasini rieltorlik firmalari bajarishini ko’ramiz. Ko’chmas mulkka bo’lgan talab Qd uning bozor bahosi Pa va yalpi daromadga bog’liq: Q=D(Pa, Y) (1) Taklif esa Qs tovarning bozor narxi Pa va xomashyo narxiga Px bog’liq: Qs=S(Pa, Px) (2) Bozordagi talab va taklif muvozanati: Qd=Qs (3) (1), (2) va (3) tenglamalar bozorning iqtisodiy modelini ko’rsatadi. Ulardagi X va Y – ekzogen parametrlar. Endogen parametrlar (V) – Pa va Q (sotilgan ko’mas mulklar soni). Bularni o’zaro bog’lagan holda, talab va taklifning muvozanat modelida ko’rish mumkin. Modelda taklif egri chizig’i xomashyoning o’zgarmas bahosida taklif etilayotgan tovar hajmi va uning narxi orasidagi nisbatni ko’rsatadi. Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’nalgan, sababi Pa qanchalik yuqori bo’lsa, ko’chmas mulk shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi. Modelda taklif egri chizig’i xomashyoning o’zgarmas bahosida taklif etilayotgan tovar hajmi va uning narxi orasidagi nisbatni ko’rsatadi. Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’nalgan, sababi Pa qanchalik yuqori bo’lsa, ko’chmas mulk shuncalik ko’proq qurib sotuvga chiqariladi. Talab va taklifga ta’sir etuvchi asosiy omillar: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling