Fakulteti guruh talabasi
II.BOB . TAQSIMOT LOGISTIKASINING SOHALARDA QOʻLLANILISHI
Download 139,1 Kb.
|
логистика 1.1,
II.BOB . TAQSIMOT LOGISTIKASINING SOHALARDA QOʻLLANILISHI
2.1Taqsimot logistikasining sohalarda qoʻllanilishi Taqsimot logistikasi, yetkazib beruvchi – iste’molchi munosabatlarida moddiy oqimni boshqarish bo‘yicha barcha vazifalar majmuini o‘z ichiga oladi. Bunda tayyor mahsulotni iste’molchigacha xarakati jarayonida yechiladigan moddiy oqimlar boshqa-ruvi vazifalari asosiy o‘rinni egallaydi. Taqsimot logistikasi vazifalarini yechish jarayonida quyidagi savollarga ja-vob topish lozim: qaysi kanal bo‘yicha mahsulotni iste’molchiga yetkazish; mahsulotni qanday qadoqlash; logistikaga omborlar tarmog‘i kerakmi, agarda kerak bo‘lsa, qanday, qancha va qayerda; xizmat ko‘rsatishning qaysi darajasini ta’minlash, va boshqa qator masalalar. Mikro va makro darajadagi logistik taqsimot vazifalari tarkibi har xil. Korxona darajasida, ya’ni mikro darajada logistika quyidagi vazifalarni o‘z oldi-ga qo‘yadi: realizatsiya jarayonini rejalashtirish; buyurtma qabul qilishni va qayta ishlashni tashkil etish; qadoq turini tanlash, butlash haqida qaror qabul qilish, va yuklashdan oldingi boshqa operatsiyalar bajarilishini ta’minlash; mahsulot yuklashni tashkil etish; yetkazib berishni tashkil etish va tashishni nazorat qilish; realizatsiyadan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. Makro darajadagi logistika vazifalari quyidagilar: moddiy oqimni taqsimlash chizmasini tanlash; xizmat ko‘rsatiladigan hududdagi taqsimot markazlarning (omborlarning) op-timal miqdorini aniqlash; xizmat ko‘rsatiladigan hududda taqsimot markazi (ombor) joylashuvining op-timal joyini aniqlash, hamda moddiy oqimni tuman, viloyat, mamlakat hududidan o‘tish jarayonining boshqaruvi bilan bog‘liq boshqa qator vazifalar. Moddiy oqim xom-ashyo manbaidan, yoki ishlab-chiqarishdan, yoki taqsimot marka-zidan chiqib, ishlab-chiqarishga, taqsimot markaziga yoki oxirigi iste’molchiga borib tushadi (rasm). Download 139,1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling