Fakulteti guruh talabasi
I-BOB. TAQSIMOT LOGISTIKASI TUSHUNCHASI
Download 139.1 Kb.
|
логистика 1.1,
I-BOB. TAQSIMOT LOGISTIKASI TUSHUNCHASI
1. Taqsimot logistikasi tushunchasi «Taqsimot» so‘zi juda keng qo‘llaniladi, uning lug‘aviy ma’nosi – biror-bir narsani kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi taqdim etilishi tushuniladi. Iqtisodiyotdagi taqsimot – bu ishlab-chiqarish jarayonining bir bosqichidir, oldin moddiy ne’matlarni ishlab-chiqarish, keyin esa taqsimlash, ya’ni yaratilgan mahsulotdagi har bir ishlab-chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim. Bunda ushbu ishlab-chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan egalik xuquqi taqsimlanadi. Mahsulotlarning o‘zi esa, masalan ombordagi sabzavotlar, ishlab-chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasida taqsimlanmaydi. Agrologistikada taqsimot deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan bir ma’nosi tushuniladi. Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bog‘liq qonuniyatlar ham e’tiborga olinadi, ammo ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy pred-meti hisoblanmaydi. Taqsimot logistikasida o‘rganiladigan asosiy predmet – mav-jud materiallar zaxirasining jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni qanday qadoqlash lozim, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, ombor-lar tarmog‘i kerakmi (kerak bo‘lsa, qanday?), qanday vositachilar kerak – aynan shu ma-salalarni taqsimot logistikasi yechishi lozim bo‘ladi. Logistika moddiy oqimlarning to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshi-radi, shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya’ni nima-nidir kimlargadir bo‘lib berish zarur bo‘ladi: tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar taqsim-lanadi; yuklar korxonaga kelib tushgandan so‘ng, ular saqlash joylari bo‘yicha taqsim-lanadi; ishlab-chiqarishning har xil bo‘limlari o‘rtasida moddiy zaxiralar taqsim-lanadi; savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo. Taqsimot logistikasi chegaralarini belgilab olish uchun, kapital ishlab-chiqa-rish jarayonining chizmasini ko‘rib chiqamiz (7.1-rasm), ma’lumki u uchta bosqichdan iborat. Ishlab-chiqarish vositalarini xarid qilish bosqichidagi moddiy oqimlar xarid logistikasining o‘rganish va boshqarish obyekti bo‘lsalar, ishlab-chiqarish bosqichi-dagi moddiy oqimlar – ishlab-chiqarish logistikasi obyekti hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning taqsimoti va realizatsiyasi bosqichidagi moddiy oqimlar esa – taq-simot logistikasining obyekti bo‘ladilar. Download 139.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling