Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi


Reklama turlari va qo’llanilish usullari


Download 60.31 Kb.
bet4/14
Sana05.01.2022
Hajmi60.31 Kb.
#231283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi

Reklama turlari va qo’llanilish usullari. Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

– ko‘rgazma reklamalari;

– matbuotdagi reklama;

– bosma reklamalar;

– plakat-grafika reklamalari;

– kino reklamalari;

– radio-reklamalari;

– yoritish reklamalari.

Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng tarqalgan hisoblanadi. Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, savdoda mavjud bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar assortimentini iste’molchilarga tanishtirish, iste’molchilarga hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish zarurligini eslatib turishdan iboratdir.

Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma reklamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab qiladi:

1. Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, tushunarli ravishda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

2. Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak.

3. Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur.

4. Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib turish kerak.

Ko‘rgazma maydonlarining hajmi, ko‘rgazma uchun tavsiya etilayotgan tovarlarning xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: – nooziq-ovqat tovarlari joylashtiriladigan ko‘rgazma maydonlarining hajmi 1 metrdan 2 metrgacha tavsiya etiladi;

– yirik savdo tarmoqlari, supermarket, univermag va savdo markazlarida 3 metr va undan ortiq;

kichik hajmdagi tovarlar, suvenirlar, atir-upa, zargarlik buyumlari bilan savdo qiluvchilarga 0.80 metrdan 1 metrgacha;

– oyna ko‘rgazma maydonlarining balandligi binoning asosiy bo‘yiga hisoblaganda 0.80 metrdan 1 metrgacha bo‘lishi tavsiya etiladi.

Tovarlarni namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalarning turlariga quyidagilar bog‘liq bo‘ladi:

• harakatlanuvchi ko‘rgazmalar, qo‘yilgan jihozlarda o‘rnatilgan tovarlarning asosiy qismi doimiy ravishda aylanib, harakatlanib turadi;

• qo‘zg‘almaydigan ko‘rgazmalar, bunda tovarlarni ko‘rsatish, namoyish qilish uchun qo‘llaniladigan maxsus moslama va jihozlar ishlatiladi;

• ovoz tarqatuvchi ko‘rgazmalarga turli qurilma va moslamalar tanlab olinadi, ular mavzular orqali ifodalab berishga qaratiladi.

Tovarlarni ko‘rgazma reklama qilishda qo‘llanilish joyiga, bezatish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1. Tor ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.

2. Ixtisoslashgan ko‘rgazmalar.

3. Umumlashtirilgan ko‘rgazmalar.

4. Aralash ko‘rgazmalar.

Matbuotdagi reklama. Matbuotdagi reklama mamlakatimiz hududida nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o‘z ichiga oladi. Ularni asosan ikki guruhga ajratish mumkin:

Reklama e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan pullik reklama bildirishidir. Reklama e’lonlari reklama beruvchining tijorat taklifining maqsadini va afzalligini qisqa shaklda ifoda etadi. Reklama e’lonining asosiy mavzusi kichik harflarda yozilib, reklama murojaati maqsadini to‘liq ifodalaydi, xaridor uchun mahsulotning foydali tomonlarini va afzalliklarini ta’kidlaydi. E’lonning oxirida xaridorlar murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki boshqa reklama vizitlari keltiriladi.

Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning mazmuniga mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining timsollari asosiy elementlari (mahsulot belgisi) ajratib ko‘rsatilishi lozim.

Sharh – reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar material shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida sharh beruvchi shaklda yoki uning rahbarlari, ish bo‘yicha hamkorlari va xaridorlari bilan bo‘lgan suhbat (muloqot) shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz katta samara bermaydi.

Reklama e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, jur nal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr turlaridan foydalaniladi. Mavzusiga ko‘ra barcha matbuotdagi reklama nashrlarini ommaviy-siyosiy va ixtisoslashganligiga ko‘ra turlarga ajratish mumkin.

Ommaviy-siyosiy nashrlarda iste’molchilarning keng qatlamiga mo‘ljallangan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi reklama e’lonlari asosan chop etiladi.

Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar haqidagi reklama e’lonlari fan va texnika, ishlab chiqarish tarmoqlari mutaxassisliklari o‘qishiga mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus nashrlarda chop etilishi maqsadga muvofiqdir.

Tezkorligi va keng tarqatilishiga ko‘ra matbuotdagi reklama boshqa reklama vositalari ichida eng samarali hisoblanadi.

Iqtisodi rivojlangan davlatlarda matbuot reklamalariga ketgan sarf-xarajatlar reklamaga sarflangan xarajatalarning katta qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda ham reklamaning bu turi ancha rivojlanayapti. Reklama e’lonlarini chop etish uchun buyurtma oluvchi ommaviy-siyosiy va ixtisoslashgan nashrlar soni yildan yilga ortib bormoqda.

Marketingni asosi nimada? Marketingni jumbog'i shundaki, u insoniyatning eng qadimiy faoliyatlaridan biri bo'lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan hisoblanadi.

Baker(1976)

Marketingni bir qancha tariflari bo'lib, deyarli har bir marketing haqidagi kitob mualliflari martketingga o'zlarini ta'riflarini berishadi.

Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.

Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.

Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.

Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo'yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta'rifini ko'p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta'rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo'lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya'ni «Marketing» shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g'oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g'oyalar, tovarlar va xizmat ko'rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi».

Marketingga olimlar turlicha ta'rif berganlar. I.K.Belyaevskiy shunday degan: «Marketing - bu bozorni o'rganish va tartibga solish, boshqarish tizimidir». Jan-Jak Lamben esa marketingga shunday ta'rif beradi: «Marketing tashkilotlar va kishilarni xohish va ehtiyojini tovarlar va xizmatlarini erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash yo'li orqali qondirishga yo'naltirilgan ijtimoiy jarayondir», «Marketing - bu bir vaqtning o'zida biznes falsafasi va faoliyat jarayondir». Ushbu ta 'riflardan shuni aytish mumkinki, marketing - bu bozomi o'rganish, u orqali iste'molchilarga ta'sir etishdan iboratdir. Talab bilan taklifni o'zaro ta'siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o'zluksiz qondirish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon o'z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o'zaro ta'siriga asoslanadi, ya'ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste'moli (ishlatilishi) kiradi. Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi. Muhtojlik — kishini biron bir narsani yetishmasligini xis etishidir. Ehtiyoj — individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir. Talab - bu xarid quvvatiga ega bo'lgan ehtiyoj.

Marketing asosida bozorni har taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko'rsatib o'tish zarur:

• talabni o'rganish;

• bozor tarkibini aniqlash;

• tovarni o'rganish;

• raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

• sotish shakli va uslublarini tahlil etish.

Marketing quyidagilarni o'rgatadi:

• bozorni o'rganishni;

• uni taqsimlashni;

tovarini joylashtirishni;

• marketing siyosatini olib borishni;

• tovar siyosatini;

• narx siyosatini;

• taqsimot siyosatini;

• siljitish (yo'naltirish) siyosatini;

• yuksalish, qo'shimcha xizmatlarini (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste'mol va boshqalarni kiritish mumkin).




Download 60.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling