Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi
Download 60.31 Kb.
|
Kurs ishi
Marketingning vazifalari
Marketing tizimida har bir jarayon uchun aniq vazifalar belgilangan bo’lishi shart va bu vazifalar aytib o’tilganidek, marketing tamoyillari va maqsadlaridan kelib chiqadi. Marketing ilmiy talqiqotlari asosida qarorlar qabul qilish tadbirkorlik faoliyatida bozorga mumkin qadar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan o’z rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni talab etadi. Ehtiyojlar cheksiz va resurslar cheklangan hozirgi davrda eng kam xom ashyo, materiallar, mehnat va moliya resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga erishish kerak. Marketing strategiyasi aynan shunga imkon beradi. Uning mohiyati ham ana shunda. Marketing tadqiqotlariga asoslanish tadbirkorlik faoliyati manfaatlari va maqsadlarini jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiradi, iqtisodiyot taraqqiyotiga makro va mikroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan tadbirlar samarasi o’laroq, O’zbekistonda ko’p mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatlari o’rtasida erkin raqobat muhiti shakllanmoqda Bunday sharoitda boshqaruvchilar oldidagi eng muhim vazifa uzoq muddatli istiqbolda kichik biznesning yashashini ta’minlashdir. Buning uchun istiqbolni oldindan ko’ra bilish, kutiladigan o’zgarishlar va tashqi ta’sirlarni o’z vaqtida sezish talab etiladi. Shularni hisobga olgan holda marketingning asosiy vazifalaridan biri- strategik rejalashtirish va boshqarishning mazmuniga e’tibor berish lozim. Strategik boshqarish tadbirkor imkoniyatlariga tayanib, ishlab chiqarish va sotish jarayonini iste’molchilarning talablariga moslashtirishni ko’zda tutadi, atrof muhit ta’siriga javob beradigan va raqobatda ustunlikni ta’minlaydigan o’zgarishlarni o’z vaqtida amalga oshirishga, umuman, tadbirkorlik faoliyatining maqsadlariga erishishga imkon berib, uning uzoq muddat faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. Marketingning asosiy vazifalaridan biri maqsad (sifat, son)ni, ya’ni strategiya (vosita – xodimlar, moliya, jihozlar; missiya – mijozlar, extiyojlar, texnologiya)ni qanday tanlashdir. Strategik boshqarish tadbirkorlik faoliyatining uzoq muddatli istiqboldagi faoliyatini marketing ilmiy tadqiqotlari asosida olib borishi u o’z vazifalarini yuqori darajada bajarayotganini, faoliyatidan o’zi va boshqalar manfaatdor bo’layotganligi, ya’ni iste’molchilar, hamkorlar va mulkdorlar naf ko’rayotganini anglatadi. Strategik boshqarishga beshta boshqarish jarayonining o’zgaruvchan majmui sifatida quyidagilarni keltirib o’tishimiz mumkin: 1. Muhit tahlili. Kichik biznes faoliyati jarayonida adbirkorning har qanday hatti – harakati muhit ushbu faoliyatni amalga oshirishga imkon yaratgan taqdirdagina ro’y beradi. Tadbirkorlik faoliyatining ichki muhiti uning hayot manbai hisoblanadi. 22 Tashqi muhit tadbirkorlik faoliyatining ichki salohiyatini kerakli darajada qo’llab – quvvatlash uchun zarur bo’lgan resurslar bilan ta’minlaydigan manba sanaladi. 2. Missiya va maqsadlarni belgilash. Tadbirkorlik faoliyatidan manfaatdor shaxslar, bozor ishtirokchilari va guruhlar mavjud. Missiya va maqsadlarni belgilash quyidagi uch jarayonni o’z ichiga oladi va ularning har biri mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi: tadbirkorlik faoliyatining mazmuni; yo’nalishni ifodalovchi missiya; tadbirkorning maqsadi. Missiya tadbirkorlik faoliyatini targ’ib qilishga xolisona yondashishga harakat qiladi va iste’molchilarni jalb etadi. Shundan so’ng uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash boshlanadi. Marketingning maqsadlarini belgilash marketing rejasida nimalar ishlab chiqarilayotganligini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin. 3. Strategiyalarni tanlash va belgilashda tadbirkor o’z maqsadlariga qanday vositalar, yo’llar bilan erishish haqida qaror qabul qiladi. Strategiyalarni ishlab chiqish jarayoni strategik boshqarishning asosi hisoblanadi. Strategiyani belgilash faqat faoliyat rejasini tuzishdagina emas, balki alohida biznes va mahsulot bilan nima qilish kerak, tadbirkorlik faoliyatini qanday qilib va qaysi yo’llar bilan rivojlantirish, bozorda qandayo’rinni egallash zarur va shu kabi masalalarning ijobiy yechimini belgilashdan ham iborat. Strategiyani bajarish bosqichining asosiy vazifasi strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Strategiyalarni amalga oshirishni baholash va nazorat qilish strategik boshqarishda amalga oshiriladigan jarayonlarning mantiqiy nihoyasidir. Mazkur jarayon qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonlari bilan biznes faoliyati oldida turgan o’z maqsadlari o’rtasidagi barqaror aloqani ta’minlaydi. Strategik nazorat qabul qilingan strategiyani kelgusida amalgaoshirish mumkinligi va uning qo’yilgan maqsadlarga qanchalik erishishga olib kelishini aniqlashga yo’naltirilgan. Strategik nazorat natijasida bo’ladigan tuzatishlar amalga oshirilayotgan strategiya uchun ham, shuningdek biznes maqsadlariga ham taalluqli bo’ladi. Strategik boshqarishda tadbirkorlik faoliyatining taktik rejasi ham alohida axamiyatga ega. Tadbirkorlik faoliyatining taktik rejasi strategik rejalashtirishning bir qismi bo’lib, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish vositalari, usullari aniqlanadi. Taktik rejalashtirishda umumiy sotish rejasi strategik rejalashtirishning bir qismi bo’lib, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish vositalari, usullari aniqlanadi.Taktik rejalashtiriladi, umumiy sotish rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob uskunalar bilan ta’minlash rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, biznesning imkoniyatlari va xavf – xatarlari ifodalanadi. 23 Download 60.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling