Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi
Marketingning asosiy tamoyillari
Download 60.31 Kb.
|
Kurs ishi
Marketingning asosiy tamoyillari.
Marketing boshqarishni shunday tashkil etilishiki, unda firma (korxona, tashkilot, xo’jalik) faoliyatini yuritish uchun qabul qilinadigan yechimlari asosida tashkilotning imkoniyati emas, balki bozor talablari, mijozlarning mavjud va rasmiy talablari, so’rovlari yotadi. Bu degani mahsulot (hizmat, ish)larni yangisini ishlab chiqish demakdir. Ta’lim xizmatlari marketingi esa milliy iqtisodiyotimiz talab etadigan xodimlarni tayyorlashdir. Har bir tarmoq (soha), uning firmalari, korxonalari, tashkilotlari, birlashmalari, assotsiatsiya va kompaniyalari talab etadigan mutahassislarni o’rganish va bozor iqtisodi talabiga mos qilib yetkazishdir. O’zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi deyildi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning farmonida3. Oliy ta’limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki bosqichli tizimi- bakalavriat va magistratura yaratildi. Stajer- tadqiqotchi- izlanuvchilar va katta ilmiy xodim – izlanuvchilar institutlari joriy qilindi, ularni moddiy rag’batlantirish sharoitlari sezilarli darajada yaxshilandi. Ma’lumki, marketing – bu zarurat, extiyoj, talab, mahsulotlar, almashish, kelishuv, bozor. Marketing tizimida har bir jarayon uchun aniq vazifalar belgilangan bo’lishi shart va vazifalar marketing tamoyillariga va maqsadlaridan kelib chiqadi. Marketingning asosiy tamoyillari- bu bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iboratdir. Iste’molchilarni har tomonlama o’rganish, ularninig did va istaklarini bilish muhim tamoyildir, bozorga moslashish talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoq, hamda bozorga ta’sir o’tkazish esa yanada muhimroq tamoyildir. Marketingning asosiy tamoyillariga quyidagilar taalluqli: - bozor muhitini va tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish – sotish imkoniyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganish; - bozorni segmentlash; - ishlab chiqarish va sotishning iste’molchilar talabiga mosligi; - ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga yangilik kiritish; - rejalashtirish Ushbu tamoyillarni yanada chuqurroq ko’rib chiqish mumkin. 3ȸɡɊɉɪɟɡɢɞɟɧɬɢɎɚɪɦɨɧɢ “ Ɉɥɢɣɦɚɥɚɤɚɥɢɢɥɦɢɣ ɜɚɢɥɦɢɣ – ɩɟɞɚɝɨɝɤɚɞɪɥɚɪɬɚɣɺɪɥɚɲɜɚɚɬɬɟɫɬɚɰɢɹɞɚɧ ʆɬɤɚɡɢɲɬɢɡɢɦɢɧɢɹɧɚɞɚɬɚɤɨɦɢɥɥɚɲɬɢɪɢɲɬʆԑɪɢɫɢɞɚ” Ɍɨɲɤɟɧɬɲɚԟɪɢ, 2012 ɣɢɥ 24 ɢɸɥɶ “ ɏɚɥԕɫʆɡɢ” ɝɚɡɟɬɚɫɢ. 20 Bozor muhitini va tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish – sotish imkoniyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganishda tadbirkor asosiy e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim: bozor ehtiyojlariga; narx – navo siyosatiga; bozor sig’imiga; mahsulotning iste’mol xususiyatlariga; sotish kanallariga; talabni shakllantirish va rag’batlantirish jarayonlarini tahlil qilishga. Bunday tadqiqotlar tadbirkorlik faoliyatining strategiyasi va taktikasini aniqlashga imkon beradi. Bozorni segmentlash, guruhlarga bo’lib o’rganish tadbirkorlik faoliyatlarining samaradorligini va oldiga qo’ygan maqsadiga qaratilganlik darajasini oshiradi. Chunki tadbirkor bunda o’zi uchun faoliyatiga mos keladigan bozor segmentini, u faoliyat olib borishi kerak bo’lgan iste’molchilarning aniq guruhini aniqlashi darkor. Ishlab chiqarish va sotishning iste’molchilar talabiga mosligi muhim tamoyillardan biri. Ishlab chiqarish va sotish jarayonida faol va salohiyatli ehtiyoj talablariga tezkorlik bilan javob berish tadbirkorlik faoliyatida ishlab chiqarish faoliyatini bozor holati va aniq iste’molchilar ehtiyojiga bog’liq holda boshqarishning jadalligi va moslashuvini ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish va sotish jarayonlariga yangilik kiritish tadbirkor faoliyatini zamonaviylashtirib, yangilangan mahsulotning doimiiy takomillashuvi, yangi mahsulotlar, yangi tehnologiyani yaratish, ilmiy- tadqiqot va konstruktorlik ishlariga yangiliklar kiritishni o’z ichiga oladi. YAngilik kiritish faoliyatiga shuningdek, yangi bozorlarga kirishda yangicha uslublarni qo’llash, talabni shakllantirish va o’tkazishni rag’batlantirish jarayonlariga yangiliklar kiritish ham kirishi mumkin. Rejalashtirish tamoyili bozorning holatini va kelajakdagi bashoratini ishlab chiqishga, marketing tadqiqotlariga muvofiq ishlab chiqarish – sotish resurslarini ko’zda tutadi. YUqorida qayd etilgan tamoyillarga muvofiq quyidagilar marketingning asosiy vazifalari sanaladi: bozorni majmui tadqiq etish holati tahlili va bashorat qilish; marketing strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish; mahsulot siyosatini amalga oshirish; narx-navo siyosatini amalga oshirish; ayirboshlash siyosatini amalga oshirish; talabning shakllanishi va sotishni rag’batlantirish; marketing xizmatlari tuzilmasini shakllantirish; marketing faoliyatini nazorat qilish va uning samaradorligini baholash. Marketing tamoyillari va vazifalarini amalga oshirish tadbirkorlik faoliyatini bozorga mos holda boshqarishni ta’minlaydi. 21 Download 60.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling