Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi
Marketing – biznes falsafasi
Download 60.31 Kb.
|
Kurs ishi
1.2. Marketing – biznes falsafasi
Iste’molchilar va potensial iste’molchilar biznes strategiyasi markazi doirasida turadi. Ushbu faoliyat turlariga quyidagilarni kiritish mumkin: iste’molchilar va potensial iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlash; mahsulotning optimal strategiyasini ta’minlash; mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib ular to iste’molchilarga yetkazib berulguncha (o’tkazishni) samaradorlikni ta’minlash; iste’molchilarda mahsulotlarni sotib olishlari uchun ishongch uyg’otish, ularni axborotlar bilan ta’minlab borish; sotiladigan mahsulotlar narxini aniqlashtirib olish; faoliyat ko’rsatayotgan bozorlarni kengaytirish va yangi bozorlarga intilish. Marketingning maqsadi taqsimotni jonlantirish, mijozni yaxshi tushunish va anglash, mahsulotlar yoki xizmat ko’rsatishlarning iste’molchiga to’g’ri kelishini o’rganishdan iborat. Uzoq muddatli faoliyat davomida biznesni faqat marketing sohasini bilish orqaligina to’liq amalga oshirish mumkin. Marketing esa o’ziga xos turli jihatlarga ega. Misol uchun: 1. Yaqinda sotib olgan mahsulotingizni ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi marketingning qaysi jihatlaridan foydalanib namoyish qilganligi haqida o’ylab ko’ring. 2 ɋɨɜɪɟɦɟɧɧɵɣɛɢɡɧɟɫ. ɍɱɟɛɧɜ 2 ɬ. ɊɟɱɦɟɧȾȾɠ., ɆɟɫɤɨɅɏ. Ɇ.: Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚ, 1995., 26 - ɛɟɬ 14 2. O’zingizni xaridor deb tasavvur qilib, quyidagi ovqatlanish korxonalari xizmatidan qachon va qanday vaqtlarda foydalanishingiz mumkinligi haqida mushohada qiling; - uyga tayyor ovqat olib ketish mumkin bo’lgan do’kon xizmatidan; -makdonalds-tayyor ovqatlar, bir zumda kafesidan; -yuqori sifatli restoran xizmatidan. Ushbu ovqatlanish korxonalaridan qaysi birining marketingi (masalan, mahsulot, atrof-muhit ta’siri, reklama tadbirlari va marketingning qo’llanilish maqsadi) e’tiboringizni jalb qila oladi? Marketingni ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni boshqarish va bozor yo’nalishidagi savdo-sotiqning yagona tizimi sifatida ikki jihatdan qarab chiqish zarur. Birinchi jixati. Marketing tadqiqotlari tadbirkorlik faoliyatini boshqarishdagi muayyan tafakkur tarzidan iborat.Uning o’ziga xos tomoni shundaki, bunda tadbirkor bozor yo’nalishida faoliyat olib boradi, ya’ni an’anaviy bo’lib qolgan sotish talablariga moslashishdan bozor talablariga moslashishga o’tadi. Bu esa, menejer (boshqaruvchi) va umuman, tadbirkorlik faoliyatidagi yanada yuqoriroq bosqichdir. Bunda tadbirkor yangi, ilg’or texnologiyaga asoslanadi, ammo uning talablari amal qilish bilangina cheklanib qolmaydi. Xullas, pirovard maqsad bozor talablariga mos keladi. Bu esa, boshqaruv sohasida qarorlar qabul qilish tarzini ko’p jihatdan o’zgartirib yuboradi. Ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning texnikaviy ko’rsatkichlari bilan bir qatorda iste’mol sifatlarini takomillashtirishga katta e’tibor beriladi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarigina emas, bozor narxlari darajasi ham e’tiborga olinadi. Mahsulotni g’iloflash muayyan darajada uning sotuvi darajasini tezlatadigan va ayni paytda mahsulotlarning firma reklamasini kengaytiradigan muhim tadbir tarzida baholanadi. Marketingni tashkil etish mahsulot savdosini nazorat qiladigan marketing bo’limi va xizmatlari bilangina cheklanib qolmaydi. Marketing faoliyati tadbirkorning o’z marketing tizimini tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu tizim esa, asosan uch tarkibiy bo’limdan – boshqaruv, tadqiqot va nazorat bo’limlaridan tashkil topadi. Ikkinchi jihati marketing bozorida to’g’ridan-to’g’ri olib boriladigan faoliyat bilan bog’liq. Agar marketing mahsulotlarni sotish, ishlab chiqarishni boshqarish tizimi sifatida tadbirkorning ishonchli tayanchi hisoblansa, bozordagi bevosita faoliyatdan iborat bo’lgan marketing tadqiqotlari uning faoliyatini shakllantiradi, marketingning turli usul va vositalaridan tashkil topadi va jamlanib, marketing- “mix” ni vujudga keltiradi. Uning asosida “4r” formulasi turadi: 1-narx;2-mahsulot; 3-joy; 4-siljitish. 15
Har qanday tadbirkor o’z maqsadlariga erishish uchun marketingni turli guruhlantirish va ko’rinishlarda qo’llaydi: mahsulot sifati va xizmatini takomillashtirish; moslashuvchan narx siyosati; reklama; savdoni kuchaytirish; mahsulotni sotish shartlari; mahsulot harakati yo’llari va hokazolar. Bunda marketingning bozordagi faoliyat bilan bog’liq ommabop shakl va usullari yo’q. Har bir xo’jalik sub’ekti ishlab chiqarish (etishtirish), xizmat ko’rsatish xususiyatlari va bozordagi holatni hisobga olgan holda, o’z boshqaruv marketingi va marketing-modelini ishlab chiqadi Download 60.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling