Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi


Download 60.31 Kb.
bet10/14
Sana05.01.2022
Hajmi60.31 Kb.
#231283
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi

Marketingning turlari
Marketing strategiyasininrg har xil holatdagi talabga to’g’ri keladigan bir necha
turlarini tafovut qilish mumkin. Ular manfiy talab, talabning yo’qligi, yashirin talab,
kamayib boradigan talab, nomuntazam talab, to’la qimmatli talab, haddan ortiq talab,
noma’qul talab. Marketing faoliyati talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina
qolmay, balki talabga ta’sir qilishdan ham iboratdir. Marketing faoliyatining aniq
maqsadlarini- bozorda mavjud bo’lgan muhitni hisobga olish, iste’molchilar
ehtiyojlarini, biznes faoliyatining o’z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari orqali, u yoki bu
bozorga kirish aniqlanadi. Shunga ko’ra, talab marketing maqsadini, shu bilan birga
kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Talab darajasini va unga mos
keluvchi quyidagi marketing turlarini ko’rsatish mumkin:
-konversion marketing- manfiy talabni yengishga,ya’ni mahsulot to’g’risida
bo’lmagur gap-so’zlar, xato fikrlar va boshqa sabablar tufayli unga hozircha ehtiyoj
sezilmaydigan joyda amalda o’sha mahsulotga talabni yuzaga keltirishga yordam
beradigan marketingdir. Bunday hollarda reklama tadbirlari orqali talab vujudga
keltiriladi;
-rag’batlantiruvchi marketing bozoridagi talabni kuzatadi. Tovarlar iste’molchilarni
qiziqtirmay qo’ygan, ularni joylashtirish va tarqatish ishlari noto’g’ri amalga oshirilgan
bo’lsa, talab mavjud bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag’batlantiruvchi
marketingning asosiy maqsadi iste’molchilar o’rtasida yaxshi aloqa o’rnatish orqali
talabni vujudga keltirishdan iborat;
-rivojlantiruvchi marketing- yashirin talabni o’z ichiga oladi va uni aniq yuzaga
chiqqan talabga aylantiradi (masalan, shaxsiy kamp’yuterlarga bo’lgan hozirgi talab).
Potensial talabni real talabga aylantirish maqsadida asosan yangi tovarlar yaratish ustida
ish olib borish lozim;
- remarketing- kamayib borayotgan talabni jonlantirish. Bozor muhitidan kelib
chiqqan holda talabning pasayishi turlidarajalarda, turli hollarda har qanday mahsulot
bo’yicha ro’y berishi mumkin. Bunday hollar daremarketing talabnitiklaydi, ya’ni
tushib ketayotgan talabni harakatlantiradi;
26
-sinxronmarketing-o’zganribturadigan, nomuntazam talabni nisbatan barqaror
holga keltiradi. Bozor muhitida talab doim o’zgaribturadi, uni muvofiqlashtirish
lozim bo’ladi. Bunday hollarda sinxronmarketing o’zgarib turuvchi talabni tartibga
solishga yordam beradi. Talab mavsumiy bo’lgan hollarda va boshqa o’zgarishlar
natijasida mahsulotning taklifi talabga to’g’ri kelmaydi. Sinxronmarketingning asosiy
vazifasi talab va taklif muvozanatini saqlab qolishdan iborat;
-qo’llab-quvvatlovchi marketing-mahsulot va xizmatlarga bo’lgan talab
tadbirkorlik faoliyatining imkoniyatlariga to’liq javob berishi, uning bir me’yorda
bo’lishiga erishish kerak. Qo’llab-quvvatlovchi marketing mahsulotlar va xizmatlar
assortimentini to’ldirish, mahsulotlarga yangiliklar kiritish va narxlarni pasaytirish
orqali talab va taklif muvozantini saqlab qolishga harakat qiladi;
- demarketing – talab haddan tashqari yuqori, uni kamaytirishga erishish kerak
bo’ladi. Bunday hollarda demarketingning vazifasi narxni oshirish, xizmatni
kamaytirish orqali talabni pasaytirishdan iborat;
- qarama – qarshi harakatlanuvchi marketing – noma’qul ehtiyolarni
qondiruvchi mahsulotlar (tamaki mahsulotlarni, spirtli ichimliklar) va xizmatlarga
bo’lgan talabni antireklama va boshqalar yordami bilan kamaytiradi yoki yo’qotadi.
Chunki aholi qatlami sog’lig’ini inobatga olgan holda zararli bo’lgan mahsulotlarga
nisbatan qo’llaniladi. Bunday hollarda noratsional ehtiyojlarni qondiruvchi
xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo’qotishga harakat qilinadi.
Ushbu holatni antireklama vositasi orqali ham bartaraf etish mumkin.
Marketingning asosiy turlari qo’llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq
quyidagi holatlarga ko’ra guruhlanadi:ichki; mahsulotlar bo’yicha;eksport; import;
ilmiy – texnik; to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritish marketingi; halqaro marteting;
notijorat faoliyat sohasidagi marketing; ijtimoiy g’oyalar marketing


Download 60.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling