Fakulteti iqtisodiyoti kafedrasi
Qishloq xo’jaligi marketingida taqsimlash kanallari va mahsulot (xizmat)lar harakati
Download 60.31 Kb.
|
Kurs ishi
Qishloq xo’jaligi marketingida taqsimlash kanallari va
mahsulot (xizmat)lar harakati Qishloq aholisi asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirib, ularni iste’molchilarga sotish hisobiga asosan daromad oladilar. Ularning xo’jalik faoliyati turlicha sharoitda kechadi, mahsulotlarga bo’lgan talablarni o’rganish, hajmi, miqdori, tarkibi, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlari xududiy rivojlanish, shakillanish xususiyatlari va boshqa marketingga xos ma’lumotlardan yetarli darajada xabardorlar deyish qiyin. Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirayotgan xo’jalik (shaxsiy xo’jaliklar, fermer xo’jaliklari, xususiy tadbirkorlik, QSXVining boshqa tashkilotlari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo’jalik kimyo, paxta sanoati, SFUlar, qayta ishlash korxonalari va boshqa)larning imkoniyatlarini o’rganish va istiqbolini aniqlash xo’jalik rahbarlari va mutaxasislariga o’ta murakkab talablarni ijobiy va samarali ijro etishlariga to’g’ri keladi. Chunki iqtisodiy izlanishni o’tkazishda mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish tizimada sarflanadigan xarajatlar muhim rol o’ynaydi. Qishloq xo’jalik bo’lim va bo’linmalarining faoliyatiga yetib boruvchi marketing xizmatlarining ta’sir etuvchi mexanizmlari (ko’priklari)ni qurish, ya’ni ijrochilar, buyurtmachilar, tashqi muhit, davlat siyosatiga qarab tashkiliy, ijtimoiy, iqtisodiy va xuquqiy mexanizmlari, hamda ma’lumotli, mehnatga bog’liq tizimni takomillashtirish lozim. Bu tadbirkorlar, rahbarlar, fermerlar va xodimlarga ko’pgina bog’liq. 52 Agar respublikamizdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarining 97-99% xususiy ob’ekt va sub’ektlar yetkazib berayotgan bir vaqtda agrosanoat majmui (kompleksi)ning infratuzilmasida xizmat qilayotganlar soni 9-10%ni tashkil etadi, uni 60-70%ga ko’tarish uchun katta ilmiy-texnika va ijtimoiy- iqtisodiy evolyutsiyani bosib o’tish yo’llar bilan bog’liq. Shu bois soha mutaxasislari, menejerlari, tadbirkorlari, rahbarlari chuqur bilim egasi bo’lishlari bilan birga bozor mexanizmini dehqonchilik va chorvachilik taraqqiyotida va boshqa tarmoqlarni bir-biriga qo’shib olib borish vazifalarini hal qilishlari lozim. Ma’lumki, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi murakkab tabiiy muhit sharoitida, katta maydonlarda,tarqoq ob’ektlarda, aksariyat noqulay yo’l sharoitida amalga oshiriladi. Agar yer rel’efi holati, melioratsiyasi, o’simliklarning biologik mohiyati, ishlab chiqarish tarixi va an’analarini e’tiborga oladigan bo’lsak, ishlab chiqarish o’ta murakkabligiga ishontirish muhtojligini sezmaydi. Lekin qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar faoliyatiga eng katta ta’sir ko’rsatadigan funksiyalardan biri bu marketingning taktikasi va siyosati. Bo’lim va bo’linmalardagi chegarani marketingning tadqiqot talablari aniqlaydi, ularga mos ravishda ko’priklar qurishga yo’l ochadi. Marketing taktikasi bevosita qishloq xo’jalik bo’lim va bo’linmalarining xarajat ko’rsatkichlari bilan ifodalansa, ta’minot va sotish, narx-navo, mahsulotni rejalashtirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, tashish, marketing tadqiqotlarini bajarish, ya’ni qishloq xo’jalik mahsuloti harakati yo’nalishi, funksiyalarini ta’minlashda marketing siyosatidan foydalaniladi. Qishloq xo’jalik tuzilmasi (shaxsiy, fermer, dehqon xo’jaliklari) mahsulotni ishlab chiqarishi uchun yerni ekinga tayyorlash, mineral va organik o’g’itlarni tegishli yerlarga olib chiqish, yerga ishlov berish (erni xaydash), gerbitsidlar olib chiqish, ekindan oldingi kul’tivatsiya qilish, ekish, ekinlarni parvarish qilish ishlari, xosilni yetilishini aniqlash, hosilga mahsulot sifatini berish (standartlash, sifatni aniqlash, sifat toifasini va belgilarini aniqlash, hosilni mahsulot sifatiga shakllanganligini aniqlash, mahsulotlik darajasini baholash), hosilni yig’ish, terish yoki uzish, hosilga mahsulotlik ishlovi(mahsulotni sifati va o’lchamiga qarab ajratish va guruhlash, tahlash ishlarini tashkil etish, hosilga tovarlik ishlovchi berishni tashkil etish), berish kabi jarayonlardan iborat. Ushbu ishlab chiqarish elementi, operatsiyasi va jarayoni bilan qishloq xo’jaligi infratuzilmalari o’z faoliyatini tugata olmaydi. YAna mahsulotlarni qayta-qayta bir joydan ikkinchi manzillarga tashishni tashkil etishlari, lozim bo’lsa qayta ishlov berishlari, xarid qilishni tashkil etishlari, o’z mahsulotlariga talabni oshirish maqsadida reklama qilishni tashkil etishlari kerak. Bu jarayonlarga sarflanadigan moliyaviy vositalar va mehnat sig’imlari tuzilma faoliyatini, ayniqsa uning iqtisodiy ko’rsatkichlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Har bir qishloq xo’jalik tuzilmasi ma’lum ishni bajaradi va oxirida, iste’molchi ham qishloq xo’jalik mahsulotining marketing bozorini tarqatish kanali tarkibiga kiradi. 53 Marketing bozorini tarqatish kanalining uzunligi yoki davom etishi orqali tuzilmalarga bog’liq. Misol uchun, sabzavot, meva-uzum mahsulotlarining marketing bozorini tarqatish kanallari har xil cho’ziqlik (uzunlik) da bo’lishi mumkin: -ishlab chiqaruvchi-iste’molchi (nolinchi kanal); -ishlab chiqaruvchi (etishtiruvchi)-chakana do’konlar-iste’molchi;
chakanado’kondor-iste’molchi; -ishlab chiqaruvchi-tayyorlovchi-ulgurji do’kondor kichik ulgurji do’kondorchakana do’kondor iste’molchi; -ishlab chiqaruvchi- tayyorlovchi-sanoat yo’li bilan qayta ishlovchi-ulgurji do’kondor-kichik ulgurji do’kondor-chakana do’kondor – iste’molchi. Shaxsiy, fermer va dehqon xo’jaliklari yetishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini to’g’ridan to’g’ri iste’molchiga xarid qilsa bu marketing bozorining no’linchi pog’onadagi tarqatishi kanali tarkibidir. Bir pog’onali kanal nulinchi kanal plyus bir o’rtada turuvchi (vositachi)dan tashkil topadi. Odatda meva-sabzovot-uzum mahsulotlarining marketing bozorida o’rtada turuvchi chakana do’kondor bo’ladi, mahsulot bozorida ko’pincha sotish bo’yicha agent yoki broker (dallol) bo’ladi, bulardan tashqari tayyorlovchi va sanoat qayta ishlash tomonidan bo’lishi mumkin. Ikki pog’onali kanal o’z ichiga ikki vositachini oladi. Sabzavot-uzum-meva mahsulotlarining marketing bozorida ikki vositachi bo’lib ulgurji va chakana do’kondorlar bo’ladi. Uch pog’onali sabzavot–uzum–meva mahsulotlarining marketing bozorida tarqatish kanali o’z tarkibiga uchta vositachini oladi. Bu ulgurji, kichik ulgurji va chakana do’kondor (savdogar)lardan iborat. Muammolarni tarqatish kanallari (ko’priklari) bo’yicha muammolar hal qilingach mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish masalalarini yechishga o’tiladi. Ularni o’z vaqtida tayyorlash, tashish, saqlash va sanoat yo’li bilan qayta ishlash hamda iste’molchiga yetkazish yo’li bilan aholini oziq-ovqat va qishloq xo’jalik xom ashyosi bilan uzluksiz ta’minlash murakkab agrosanoat majmuidir. Uning tarkibiga: qishloq xo’jalik uchun ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqaruvchi, uni moddiytexnik jihatdan ta’minlovchi va unga xizmat ko’rsatuvchi sohalar, pirovard mahsulotni tayyorlashni, sanoat yo’li bilan ishlab chiqarishni, realizatsiya (xarid) qilishni ta’minlovchi sohalar va ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi. Demak, shaxsiy, fermer va dehqon xo’jaliklarini faoliyat yo’nalishlari uchun infra (quyi) tuzilmalarga sharoit yaratib berish lozim. Ular ishlab chiqarish va ijtimoiy (bevosita aholiga xizmat ko’rsatish) tuzilmalar shaklida bo’lishi mumkin. Ishlab chiqarish infratuzilmasi xom-ashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulot zaxiralarini saqlashni va ular harakatini ta’minlaydi. Uning tarkibiga savdo, aloqa, tayyorlov ob’ektlari, transport, moddiy texnika ta’minoti, gaz magistrali, elektr tarmog’i va aloqa, suv va issiqlik ta’minoti kabilar kiradi. 54 Qishloq xo’jalik korxonalari va tarmoqqa kerak tuzilmalarni belgilash va samarali pirovard natijaga erishish uchun iqtisodiy va marketing tadqiqotlari va hisoblashlari bajariladi. Barcha mahsulotlarning marketing kanallari, tarmoq va sohalarda, ularning tashkiliy tadbirlari, yangi qurilish yoki bunyod etish loyihalarini dalillashda iqtisodiy tadqiqotlar bajariladi. Download 60.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling