Fakulteti tal`im yo`nalishi kurs guruh talabasi


Download 311.92 Kb.
bet11/14
Sana15.06.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1486177
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Radioaktivlik va radioaktiv elementlar kurs ishi.docx.

Nomi

Formulasi

Uran miqdori, %




Uraninit

UO2

45-85

Karnotit

K2 (UO2 )2 (VO4 )2 ·nH2O

55

Otenit

Ca(UO2)2(PO)2nH2O

45-55

Tyuyamunit

Ca(UO2)2(VO4)-nH2O

50

Samarskit

(U, I, Ca, Th, Fe)(Nb,Ta)2O6

8-16

Brannerit

(U, I, Ca, Th)3Ti5О6

40

Davidit

(U, Fe, Cl) (Ti, Fe, V, Cr)3(О,OH)7

-

Kazolit

Pb(UO2)2SiO4-H2O

7-40

Uranofan

Ca(UО2)2Si2О7-6H2О

57

Terbernit

Cu(UO2)(PO4)2’nH2O

50

Koffinit

U(SiO4)x(OH)4x



Seynerit

Cu(UO2)2(AsO4)2-nH2O

50-53

Tuxnolit

Uran oksidi va o’zgaruvchan uglevodorodli birikmalari





Minerallashgan suvlar tarkibida uranning quyidagi ionlari U+3, U+4, UO2+,
UO-2 mavjud bo’ladi.
Hozirgi kunda uran va uning mahsulotlaridan qishloq xo’jaligida bevosita fodalanilmaydi. Ilmiy maqsadlarda uran va uning hosilalaridan foydalanish birmuncha yo’lga qo’yilgan.
RADIY. U238 - ni emirilishi davridagi oraliq modda bo’lib, tuproqda juda oz miqdorda, ya’ni izlar tariqasida ko’rinadi, xolos. Uning miqdorini aniqlash qiyin.
Ra22b ni yarim yemirilish davri T1/2 1600 yilga teng.
Biofil element sanalgan Ca va Mg larning kimyoviy analogi sanaladi. Ishqoriy yer metallari qatorida turadi.
U238 oilasiga mansub Ra uranli minerallar tarkibida uchraydi. Yer po’stidagi radiy miqdori 1,8∙107 t. ni, okeandagi miqdori esa 2∙104 t. ni tashkil qiladi.
Radiy bariyga o’xshash element bo’lib, undan faolroq. Radiyning galloidlari, nitratli va nitritli tuzlari, sulfidlari suvda eriydi va migratsiyalandi. RaSO4, Ra3(PO4)2 lar suvda kam eriydi va shu bois suvdagi migratsiya koeffitsientlari ham kichik. 8
Ko’p yashovchi izotoplar bilan ularning tog’ jinslari va tuproqdagi miqdorlari orasida bog’liqlik bor. Granitlarda, gillarda 11-18*10-6 g/t Th, 75*10-6 g/t Rb87, 3*10-6 g/t K48, (3-4) *10-6 g/t U bor.
Bu miqdorlar ularning litosferadagi klarklariga yaqin keladi. Tuproqlarda esa o’zaro farq bo’ladi. Tuproq bilan ona jins o’rtasida ham. Karbonatli ellyuviylarda hosil bo’lgan tuproqda tabiiy radioaktivlik elementlarining miqdori ona jinsga nisbatan bir necha marotaba ko’p. Bunga sabab ona jins rolini o’ynagan karbonatlarning nurashi bo’lib, ularning nurashida harakatga tushgan «TRE» (tuproq radioaktiv elementlari) tuproqda ko’payadi.
Torfli tuproqlarda ham shu hodisani ko’rishimiz mumkin. Radioaktivlik elementlarning tuproq kesmasidagi vertikal taqsimoti tuproq hosil bo’lish jarayonidagi xususiylikka bog’liq. Karbonatli tuproqlarning gumusli qatlamida «TRE» kesma bo’ylab kamayib boradi.
Podzollanishda, sho’rtoblanishda, gleylanishda TRE lar illyuvial qatlamda to’planadi, ellyuvial gorizontda kamayadi. Illyuvial qatlamda ellyuvialga nisbatan
«TRE» miqdori 1,5-3 marotaba ko’payadi. Umuman oladigan bo’lsak, «TRE» tuproqdagi Fe, Al oksidlari bilan zich korrelyatsiyalanadi. Demak, r =0 +1 oralig’ida bo’ladi.
Tabiiy radioaktivlik tog’ jinslari va tuproq yoshini aniqlashda ishlatiladi. Bunda yoshni aniqlash izotop miqdorini shu izotopning oxirgi mahsulotining miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
Hozirda uran — qo’rg’oshin, kaliy — argon, rubidiy — stronsiy, radiouglerod usullari keng qo’llaniladi. Bulardan tuproq yoshini aniqlashda radiouglerod usuli qo’llaniladi, xolos. Qolganlari tog’ jinslari, ona jinslarining yoshini aniqlashda ishlatiladi. Bunga sabab tuproq hali nisbatan yosh bo’lib, tog’ jinslarining yoshi esa katta, U-Pb, K-Ar, Rb-Sr, usullari bir necha million yillarni o’z ichiga olib aniqlay oladi.
U-Pb usulida U -ni izotoplarining yemirilishidan Pb hosil bo’lishi nazarda tutiladi. Bunda ixtiyoriy uran izotopini aniqlab shu izotopning oxirgi mahsulotiga mos qo’rg’oshin miqdori aniqlanib nisbati olinsa, yoshning funksiyasi kelib chiqadi. Qolgan usullardan ham shunday foydalanish mumkin.
Radiouglerod usuli tuproq yoshini 70000 yil bilan 100000 yil oralig’idagisini aniqlay oladi. 3000-8000 yil oralig’idagi yoshda katta aniqlik beradi. Bu usulda gumus va uning tarkibiy qismlarining yoshini aniqlash ham mumkin. Bu ko’milgan tuproqlar uchun qulay metod bo’lib, yoshni katta aniqlikda aniqlab beradi.
Dobrovolskiy ma’lumotlariga ko’ra, eng yosh tuproqlar qatorida (bir necha 100) podzol tuproqlari, eng yoshi katta tuproqlar (bir necha 1000 yil) qora tuproqlar turadi.
Tuproq qoplamining radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi
Tuproqlarning radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi 1950 yillarda kuzatilgan. Bu vaqtga kelib yadro qurolini sinash avj olib, ana shu qurol orqali tuproqlar ifloslangan. Hozir esa yadro qurolidan tinchlik maqsadida foydalanish yo’llari ko’paydi. Demak muhit ifloslanishi xavfi oshdi. Bularga AES lar, atom muz yorar kemalari, uran shaxtalari, rudniklar, zavodlar va boshqalar kiradi. Slanes bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, ko’mir, neft yoqilishi va boshqalar ham atrof muhitni radioaktiv elementlar bilan ifloslaydi.
Hozirgi kunda yangi-yangi aniq ifloslangan maydonlar Chernobil, Sempalatinsk, Nevadalar ifloslangan maydonlar hisoblanadi. Radioaktiv ifloslanishda xarakterli tuproq xususiyatlaridan: pH, gumus, ozuqa elementlari va boshqa xususiyatlari o’zgarmaydi. Faqat shu zarrachaning, ya’ni radioaktiv elementning ruxsat etilgan konsentratsiyasi tuproqda, o’simlikda o’zgarishi mumkin.
Tuproqning ifloslanishida unda uzoq yashaydigan izotoplarning roli katta. Bularga: Sr90, I129, Cs137, Ce144, Ra226, Th292, U238,Ru239lar kiradi.
Bularning tuproqdagi harakatchanligi quyidagicha:
Sr90>Ru106>Cs137>Ce144>l129>Pu239.
Tuproqning o’z-o’zini tozalash qobiliyati elementning migratsiya jadalligiga va yemirilish tezligiga bog’liq bo’ladi. Antropogen radionuklidlar tuproqni ustki qatlamiga yoki yuzasiga tushadi. Shu sababli og’ir tuproqlarda yog’in kam tushadigan mintaqalarda taxminan 10 sm qalinlik atrofida saqlanadi. Demak yuzada to’planadi, akkumulyatsiyalanadi. Bu esa juda xavfli. Faqat yengil tuproqlardagina 10-15 yil davomida 40-50 sm chuqurga tushishi mumkin. Hozirgi hisob-kitoblarga qaraganda tuproqning yarim tozalanish davri, radionuklidni 0,4-0,7 va 0,5 yemirilish davriga to’g’ri keladi.
Og’ir tuproqlarning yuqori darajada gumusli tuproqlarning o’z-o’zini tozalashi nisbatan qiyin. Sabab radionuklidlar bunday tuproqlarga yaxshi yutiladi natijada kuchsiz migratsiyalanadi.



Download 311.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling