Fakulteti,,Geokimyo va minerologiya
Download 37.82 Kb.
|
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Xavfsizlikning tizimli tahlili
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti ,,Geologiya va Geoinformatsion tizimlar” fakulteti ,,Geokimyo va minerologiya” kafedrasi Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan MUSTAQIL ISHMAVZU: Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati. Bajardi: Eshmurodov Latif Qabul qildi:Oxunov Ravshan Reja: 1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari 2.Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari 3.Xavfsizlikning tizimli tahlili1990 yil 27 aprelda sobiq ittiibq Davlat ta'limi komiteti kollegiyasi tarkibidagi "Hayot faoliyati xavfsizligi" ilmiy-metodik Kengashiga qo'shilgan ilmiy va pedagogik jamoatchiligi tashabbusi bilan "Mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasi masalalarini qayta ko'rishning birinchi darajali choralari" masalasi ko’iladi, Shundan key in 1990-yil iyulda Kollegiya qarori materiallari natijasida oliy maktab o quv rejasida o'qilib kelayotgan «Mehnat muhofazasi» va "Fuqaro muhofazasi" fanlarni o'rniga "Hayot faolivati xavfsizligi" (HFX) deb nom olgan yangi fanni kiritish haqida bu\ruq beriladi. Shuni aytib o'tish kerakki, bu yangi fan oldingi o'qitilib kelingan fanlarni inker qilmaydi va voz kechmaydi, aksincha ularni rivejlantiradi va ularning oxirgi yutuqlariga suyanadi, bir vaqtning o’zida HFX fani yangi predmetdir. u ma’lum qoidalarning mexanik ravishda o'qitilishi emasdir. Yangi fanning markaziy e'tiborida inson jamiyat rivojlanishining maqsadi turadi. Mehnat muhofazasi insonning ishlab chiqarishdagi sharoitlari bilan qiziqadi, fuqaro muhofazasi esa uning favqulodda holatlari bilan qiziqadi va o'rganadi. HFX esa kishilik jamiyatining hamma holatlardagi sharoitlari bilan qiziqadi va o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, HFX mehnat muhofazasi va fuqaro muhofazasiga qaraganda keng va universaldir, ya'ni ular aniq vaziyatlarda xavfsizlikni ta'minlashning qisman holatlarini o’rganadi. HFX fan va texnika rivojlanishining mantiqiy asosida vujudga keldi. Bizning eramizdan oidin yashagan matematik olim Pifagor "Inson hamma narsalarnine mezonidir" derail shiorni oldinsa tashlagan edi. bu degani. inson nafaqat ishehi kuchi sifatida, balki mehnat faolivati jarayonida muhofaza qilinishi zarur bo'lgan qiymatga egadir. Insoniy aktivlik turlarining hamma majmuasi faoliyat tushunchasini xosil qiladi. Aynan faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratadi, ya'ni faoliyat spetsifik bo'lgan aktivlikning insoniy shaklidir. Faoliyat bilan barcha shug'ullanadi - bolalar, kattalar, qariyalar. Shuning uchun, xavfsizlik hamma tirik insonlarga turli munosabatda bo'ladi. Bilim sohasida mehnat muhofazasini nisbatan mustaqil deb tan olgan holda, faoliyatning har xil turlari va inson yashaydigan sohalarning yaqin aloqada bolishiga e'tibor berish kerak. Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chiqarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma'naviy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin, ya'ni bir-biri bilan to'g'ri va qayta aloqada bo'ladigan inson va muhit elementlaridir. Qaytma aloqalar moddiy dunyo reaktivligining umumiy qonunlariga asoslangan bo’lib, «insonmuhit» tizimi ikki maqsadlidir. Bitta maqsad ma’lum samaradorlikka erishishdan tashkil topsa, ikkinchisi-ko'ngilsiz oqibatlarni bartaraf qilishdan iboratdir. Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda. Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi. Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridanto'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi. Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi. uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash o’chamlar aniqlanadi. Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi 1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik. 2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik. 3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar. 4. Keltiruvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy. 5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushga, sportga, yo‘l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar. 6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv). 7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global. 8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy, shiddatli, mo‘tadil va ravon. Xavflarning taksonomiyasi. Taksonomiya – murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obyektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi – xavflarni tartib bo‘yicha joylashtirish degan ma’noni anglatadi. a) geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, tog‘larning yemirilishi va boshqalar; b) gidrometerologik o‘zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchilik, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do‘l yog‘ishi va hokazolar; d) epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy o‘lim, parranda, cho‘chqa gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog‘ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar); Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, albatta, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin. Afsuski, hozirga qadar xavflarning yetarlicha to‘liq taksanomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta’minlashni chegaralab qo‘yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga xavflarning taksonomiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va metodologik izlanishlar olib borish maqsad qilib qo‘yilgan. Xavflarning nomenklaturasi. Nomenklatura – muayyan belgi, xususiyatiga ko‘ra sistemaga solingan nom va so‘zlar ro‘yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo‘llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetratsiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi. Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko‘rsatkichlariga ko‘ra tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo‘yicha tuzilgan Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo‘riqish, yemirilish, yomg‘ir, yong‘in, zo‘riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar Xavflar kvantifikatsiyasi Kvantifikatsiya – murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong‘in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (m/s, m/soat) va boshqa usullari qo‘llaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi – ballda yoki magnitudada, shamollar – m/s, yer ko‘chkilari–m/soat yoki km/soatda, kuyish, nurlanish, buzilishlar – darajali usullari qo‘llaniladi. Xavflar identifikatsiyasi Identifikatsiya – o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi – uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak. Xavflar identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Chunki har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi Xavflarni identifikatsiya qilishda, albatta, xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf-sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Uchala tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Ma’lumki, xavfsizlik – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo hamma holatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, yong‘in xavfida: yong‘inning boshlang‘ich fazasida o‘chirish mumkin bo‘lsa, asosiy yong‘in fazasida o‘chirish imkoniyatlari chegaralanib qoladi. Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar kiritiladi: gomosfera va texnosfera. Gomosfera – inisonning faoliyat jarayonida uning turgan o‘rni tushuniladi. Masalan: ishlovchining obyektdagi, sexdagi, bo‘limdagi joyi. Texnosfera – ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi. Masalan: ishchining tokar yoki frezer dastgohidagi ish joyi yoki payvandlovchining ish joyi tushuniladi. Xavfsizlikni ta’minlashning 3 uslubi mavjud: 1. Gomosfera bilan texnosferani bir-biridan vaqt yoki joy jihatdan uzoqlashtirish usuli, bu usulda ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, jihoz, uskunalarni masofadan turib boshqarish, robotlarni qo‘llash va boshqa boshqaruv tizimlari orqali amalga oshiriladi. 2. Xavfsizlik qoidarini qo‘llab xavflarni bartaraf qilish yoki texnosfera (ishlab chiqarish muhiti)ni normallashtirish hamda texnosfera xarakteristikalarini inson xarakteristikalarini xarakteristikalariga moslashtirishga asoslangan. 3. Ish joylaridagi ishlovchilarni himoya vositalari yordamida himoyalashga asoslangan. Bunda texnosfera xarakteristikalarini o‘zgartirish uchun har xil himoya vositalri qo‘llaniladi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari. Texnosferada ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish uchun turli maqsadli himoya vositalari qurilmalari qo‘llaniladi. Himoya vositlari har bir zararli holat uchun mehnat xavfsizligi talablariga asoslanib qo‘llaniladi. Himoya vositalri qo‘lanilish xarakteriga qarab: jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi. Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar. Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy ko’rsatkichlaridir. Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi. Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u ko'p sabablidir. Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar (katastrofalar) va boshqalar. Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan echilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, etarli bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, xavfli ishlarga etarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va psixologik holatda bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. Bular mutaxassisning faoliyatiga ishonchsizlikni (xavfsizlikni) pasaytiradi. Xalqaro tajriba, izlanishlarning ko‘rsatishicha maishiy ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning 60-90 %i zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu erda mehnat faoliyati jarayonida ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi. Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim bo`ladi: 1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish); 2. Amaliy (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash). Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o`zaro ta`siri YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo`la olmaydi» degan hayotni saqlash qonuniga mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan. Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o`zini oziq-ovqatga, suvga, havoga, quyosh energiyasiga, o`rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida o`zidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual energiyalar), bioliogik jarayon chiqimlari ko`rinishidagi ma`lum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi. Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan jarayonlar uchun ham xarakterlidir. Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib kelishini ta`minlaydi. Bu esa o`z navbatida biosferada o`simlik va hayvonlar oqimini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini ro`yobga keltiradi. Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik ta`sirlar) xarakterlidir. Insonning psixik faoliyatida uchta asosiy guruh (qism) – psixik jarayonlar, xossalar, holatlar farqlanadi. Download 37.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling