Belgilangan vazifalarning amalga oshirilganlik darajasi: talaba berilgan topshiriqlarni to’liq amalga oshirgan va ishni tajriba asosida tayyorlagan.
Bajarilgan ishga talabaning munosabati: talaba o’zi bajargan ishidan juda yaxshi ta’surotda, kelajakda o’qishdan so’ng ilmiy ishini davom ettirmoqchi.
Talabaning adabiyotlardan foydalanish va materialni mustaqil bayon eta olish ko‘nikmalari: talaba ishni tayyorlashda juda ko’p adabiyotlarni o’qib tahlil qilgan va materiallarni mustaqil bayon eta oladi.
Talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalari: talabada tadqiqotchilik ko’nikmalari shakllangan va mustaqil faoliyat yurita oladi.
Talabaning kasbiy tayyorgarlik darajasi, ya’ni pedagogik topshiriqlarni yecha olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi va h.k: talaba yuksak kasbiy tayyorgarlikka ega, pedagogik topshiriqlarni yecha oladi va mustaqil fikrga ega.
Olingan natijalarning amaliyotga ta’lim jarayoniga qo‘llash imkoniyati hamda talabaning ixtisosligi bo‘yicha beriladigan kvalifikattsiyani olishga loyiqligi: tadqiqot natijasida olingan natijalarni amaliyotga qo’llash imkoni mavjud, talaba ixtisosligi bo‘yicha beriladigan kvalifikattsiyani olishga loyiq
Ilmiy rahbar: J.J.Murodov
Umarov Suxrob Sodiqovichning
“V-VI sinf o’quvchilarini jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy pedagogik asoslari”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha rasmiy opponent
TAQRIZI
Mavzuning dolzarbligi: Fan-texnika sohasidagi innovatsion o‘zgarishlar jarayoni ta’lim-tarbiya tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bunday jadal o‘zgarishlar ta’sirida axborotlar oqimi shiddat bilan ko‘paymoqda. Bu esa, ta’lim oluvchilarda bilish faolligi, kreativlik, kompitentlik faolligini, nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri va aniq qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jamiyatni barcha ijtimoiy tabaqalari manfaatlarini hisobga olgan xolda, ta’lim sohasida jahon andozalariga mos keng qamrovli islohotlarning olib borilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida birinchi bosqich talabalarining nazariy bilimini oshirishda innovatsion faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish orqali bunday muammolar bartaraf etiladi.
Umarov Suxrob Sodiqovich tomonidan tayyorlangan “V-VI sinf o’quvchilarini jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy pedagogik asoslari” nomli bitiruv malakaviy ish mavzusi juda dolzarb.
Do'stlaringiz bilan baham: |