Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Download 0.75 Mb.
bet66/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Q a d r i ya t tushunchasi inson, shaxs va jamiyat uchun foydali, ahamiyatli bo‘lgan barcha moddiy, ma’naviy, tabiiy, sotsial reallikni ifodalaydi.
Biroq, har qanday ob’ektning mavjudlik fakti qadriyat bo‘la olmaydi. Qadriyat uchun ob’ekti reallikning inson uchun foydaliligi, ahamiyatliligi muhimdir.
Qadriyatlar ob’ektlarni insoniy ahamiyatini tavsiflaydi, ayni vaqtda ob’ektlarning kishilar tomonidan qadrlanayotganligini ham ko‘rsatadi. Bu, qadriyatlarning madaniyatdan farqlanadigan muhim belgisidir.
Qadriyatlar madaniyat sohasiga kirmaydigan ob’ektlarni, xatto madaniyat sub’ektlarini ham o‘z ichiga oladi. CHunonchi, madaniyat ijodkori bo‘lgan inson hamma zamonlarda ham oliy qadriyat hisoblanib kelgan. Qadriyatlarning qanday qadriyatlanishi kishilarning bilishi, madaniy saviyasi, intellektual - axloqiy salohiyatiga bevosita bog‘liqdir. Qadriyatlar o‘zining mohiyati va xususiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Falsafiy adabiyotlarda qadriyatlar quyidagicha tasnif qilinayapti.
1.Qadriyatlar nima qadrlanayotganligi va nimaga asosan qadrlanayotganligiga qarab: a) predmetli qadriyatlar b) sub’ektiv qadriyatlarga bo‘linadi.
Predmetli qadriyatlar sub’ekt uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan real hodisalar, qadriyatli munosabat ob’ektlaridir. Bunday qadriyatlarga: tabiiy ob’ektlar, jarayon va hodisalar, sotsial ob’ektlar kiradi. Sub’ektiv qadriyatlar - hodisalarni qadrlashda asos bo‘lib xizmat qiladigan, normativ tasavvurlar shaklida ifodalanadigan ustanovkalar, baholar maqsadlar, ta’qiqlar, loyihalardir.
2.Qadriyatlar jamiyatning kaysi sohasi bilan bog‘liq ekanligiga qarab ham bir-biridan farqlanadi. SHunga asosan axloqiy, siyosiy, diniy, ilmiy, oilaviy, huquqiy, badiiy va xokazo qadriyatlarga bo‘linadi.
3.Qadriyatlar umumiylik darajasiga ko‘ra, ya’ni biron bir hodisa, sub’ektlarning qanchasi uchun ahamiyatga ega ekanligiga qarab tasnif qilinadi. Bunday qadriyatlar:
-individual qadriyatlar;
-guruh (milliy, diniy, jinsiy va x.k.) ;
-umuminsoniy qadriyatlar ;
4.Qadriyatlar sub’ekt tomonidan o‘z maqsadi va prinsiplari sifatida yoki tashqi vaziyat taqozosi bilan shunchaki qabul qilinishiga qarab ham tasnif qilinadi. Bunday qadriyatlarga :
-ichki qadriyatlar;
-tashqi qadriyatlarni ko‘rsatish mumkin.
5.Qadriyatlar inson hayot faoliyatining tub asoslari uchun, uning ehtiyoj va intilishlari mohiyatini ifodalash uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. SHu munosabat bilan:
-mutloq yoki abadiy qadriyatlar:
-o‘tkinchi qadriyatlar yoki qadriyatlarning konkret tarixiy shakllari.
6. Qadriyatlar o‘zlarining bajaradigan funksiyalariga qarab ham bir-biridan farqlanadi:
-moddiy qadriyatlar;
-ma’naviy qadriyatlar;
-sotsial qadriyatlar;
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mavjud. M i l l i y k a d r i ya t l a r ayrim xalq, millatlar va elatlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan barcha m o d d i y va m a ‘ n a v i y boyliklarning yig‘indisidan iborat.
Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi muayyan bir millatning hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, tili, uning o‘tmishi, kelajagi bilan uzviy bog‘liqdir.
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy – tarixiy hodisa bo‘lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, udumlari, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy va siyosiy hamda ma’naviy hayotini har tomonlama qamrab oladi. Insonning kaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvur faqat g‘oya emas, balki tuygu hamdir. M i l l i y t u y g u – tabiiy tuygudir. Unda millatning tarixi, hozirgi axvoli, milliy ruhiyati va xususiyatini tushunish hissiy shaklda mujassamlashgan bo‘ladi. Insonda milliy ong va g‘urur bo‘lmasa, u o‘zini qaysi millatga mansubligini xis etmasa, uning o‘z milliy manfaat va qadriyatlarini qanday qilib anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy manfaatlar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy xis - tuyg‘ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan maxrum qilishga o‘rinish tarix va insoniyat uchun eng katta jinoyatdir. Har bir kishida o‘z qadr-qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi bo‘ladi. Har bir millatda ham xuddi shu xolni ko‘ramiz. Millatlarning o‘z-o‘zini anglash jarayoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustaxkamlanib boraveradi.
Milliy qadriyatlarning kuchayib borishi milliy maxdudlikka, milliy xudbinlikka, o‘z millati manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, boshqa millatlar va xalqlar manfaatlarni hisobga olmaslikka olib kelmasligi kerak.
U m u m i n s o n i y k a d r i ya t l a r o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilishi, dunyodagi ko‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning o‘tmishidagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizatsiyasini yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.
Tabiatni muxofaza qilish, ekologik tarbiya va madaniyatni rivojlanitirish, insoniyatning sixat-salomatligini saqlab qolish, xavfli kasalliklarni o‘zaro hamkorlikda oldini olish, oziq-ovqatga, energiya va yoqilg‘iga bo‘lgan tankislikni tugatish, madaniy boyliklarni, sivilizatsiyani eson-omon saqlab qolish, urushlarning boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, tinchlikni saqlab qolish - bularning hammasi umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlardir.
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlar va millatlarnigina emas, balki bashariyatning ham mulqidir.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Ularning har ikkalasi bir - biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to‘ldiradi, mazmunan boyitadi.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib, uni o‘z ichiga oladi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millat va elatlar, xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi va umumiyligini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarni umumbashariy qadriyatlardan ajratib olib, unga maxliyo bo‘lib ketish, o‘z millatini maqtash, uning tarixi va madaniyatini ideallashtirish, boshqa millatlar vakillarining milliy tuygulari va nafsoniyatlariga bir muncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‘ular millatchilik tuyg‘ulariga aylanib ketishi mumkin. Bu eng xavfli narsa. SHuning uchun ham bu masalada xushyorlik, insof, diyonat, kamtarlik, quyushqondan chiqib ketmaslik, o‘zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an’ana va udumlarini astoydil hurmat qilish talab qilinadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda bironta ham xalq va millat o‘zidan boshqa xalq va millatlardan, umumiy jahon sivilizatsiyasidan ajralgan alohida tarixga ega emas. Millatlar boshqa xalqning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishi tarixi bir-biri bilan chirmashib ketgan. SHuning uchun ham har bir millat o‘z doirasida cheklanib kolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etadi. Bir millatning manfaati va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o‘rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o‘zbek xalqining ham o‘ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona va xolisona o‘rganish mustaqillik sharoitidagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. Milliy madaniyat va an’analarga, miliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash – millatning o‘ziga hurmat bilan qarashning asosiy bo‘g‘ini. Umuminsoniy qadriyatlar rivojida milliy qadriyatlar qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, o‘z navbatida umumbashariy qadriyatlarga tayanmasdan turib, milliy qadriyatlar ham mukammal rivojlana olmaydi. Ularning har ikkalasi ham dialektik aloqadorlik asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
Mustaqil O‘zbekistonning kuch - qudrati manba – deb ta’kidlanadi I. Karimov tomonidan – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz, adolat, tenglik, axil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha asrab avaylab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir.( Karimov I. A. Istiqlol va ma’naviyat. T., «O‘zbekiston», 1994 y, 5 bet.)
Milliy madaniyat va qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini bilish, ularga e’tiqod qo‘yish, yosh avlodda insonparvarlik va vatanparvarlik tuygusini shakllantiradi. Vatan baxt-saodati va milliy istiqlolimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga, komil inson bo‘lib voyaga etishga undaydi.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling