Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.75 Mb.
bet63/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



  1. Ilmiy metodning uch jihatliligini asoslang?

  2. Ilmiy metodning o‘ziga xos belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  3. Ilmiy bilishning barcha metodlarini umumiyligi va qo‘llanish darajasiga qarab guruhlarga bo‘linganligini tushuntiring?

  4. Dialektik metodologiyaning ilmiy bilishdagi o‘rni va ahamiyati?

  5. Sinergetikaning umumilmiy metod sifatidagi rolini ko‘rsating?

6.Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risidagi qarashlar qanday rivojlangan?
7.Dialektika mukobillarining mohiyati nimadan iborat?
8.Dialektik tafakkur kaysi jihatlari bilan boshqa tafakkur usullaridan ustun turadi?
9.«Miqdor», «sifat», «me’yor» tushunchalarining mazmunini ochib bering.
10.Dialektik sakrashning turlari haqida tushuncha bering.
11.Miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishiga o‘tish qonuni rivojlanishning kaysi tomonini ochib beradi?
12.«Tafovut», «qarama-qarshiliklar», «ziddiyat» tushunchalari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bering.
13anday ziddiyatlar mavjud? Ular haqida tushuncha bering.
14.Inkorni – inkor qonuni rivojlanishning kaysi bir tomonini ochib beradi?
15.. Borliqdagi aloqadorlik va bog‘lanishlar qanday namoyon bo‘ladi?
16.Dialektika kategoriyalarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Adabiyotlar:
A-1,2,5. Q-1,3,5, 36. E-1-2.

7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari.Jamiyat va tarix falsafasi.
Reja:


1. Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari.
2.Tarixda shaxsning roli.
3. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili.
4.Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.

Jamiyat ob’ektiv ijtimoiy qonunlar asosida rivojlanadigan ochik moddiy sistema, kishilar faoliyatining shakli, ularni ijtimoiy uyushtirishning usuli. Barcha ijtimoiy jarayonlarning yig‘indisi bo‘lgan ijtimoiy hayot turli ijtimoiy fanlarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Falsafiy fanlar tizimida jamiyat ijtimoiy falsafa tomonidan o‘rganiladi. Ijtimoiy falsafa yaxlit bir sistema bo‘lgan jamiyatni, uning umumiy bo‘lgan qonunlarini, taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlarini, tabiiy muhit va atrof olam bilan bo‘lgan aloqa va bog‘lanishlarini antronotsizm (insonni falsafaning asosiy ob’ekti sifatida o‘rganuvchi qarash) tamoyili asosida tadqiq qiladi.
Ijtimoiy mavjudot bo‘lgan insonni va uning yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish borasidagi kishilarning birgalikdagi faoliyatlari jamiyatning asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy hayot – moddiy olam harakatining oliy shakli hisoblanadi. Jamiyat tabiatning revolyusiyasi natijasida vujudga kelib, dastlabki davrdanok o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan sistema sifatida shakllandi. YAxlit sistema bo‘lgan jamiyat tarkibiga : moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarning turli shakllari, bazis va ustqurma, jamiyatni ijtimoiy tuzilishi, siyosiy institutlar va boshqalar kiradi.
Jamiyat informatsiya o‘tkazish mexanizmi va vorislik usulining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jamiyatning materiya harakatining boshqa shakllaridan asosiy farqi shundaki, uning tarkibi moddiy va ma’naviy jarayonlardan, ongdan iboratki, ularning o‘zaro ta’siri ijtimoiy hayotning mazmuni va darajasini belgilab beradi.
Jamiyat hayotining asosiy sohalari – moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hisoblanadi. Ijtimoiy hayotning bu sohalarining o‘zaro ta’sirida belgilovchi rolni moddiy ishlab chiqarish, iqtisodiy soha o‘ynaydi, ya’ni turli predmetlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidir. Moddiy ishlab chiqarish insonlarning hayot faoliyatlari uchun boshlangich sharoit yaratib beradi. U har doim ijtimoiy xarakterga ega va tabiatga, tabiat materialining inson ehtiyojlarini qondiruvchi predmetga aylantirish jarayonidagi kishilarning o‘zaro ta’sirini belgilab beradi. Biroq, ijtimoiy aloqalarni amalga oshirishda, ularning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashda ma’naviy soha katta rol o‘ynaydi. Kishilar o‘z faoliyatini ongli yoki ongsiz ravishda amalga oshirayotganiga qarab faoliyat natijalari turlicha bo‘ladi. Ijtimoiy hayot moddiy va ma’naviy sohalarning uzluksiz birligini o‘zaro ta’siri va birini ikkinchisiga o‘tishidan iborat.
«Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir, shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganlari tufayli o‘zaro tinchlikda yashamoqlari lozim.» (Abu Nasr Farobiy «Fozil odamlar shaxri». T., 1993, 186 bet)

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling