Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja
Jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari
Download 0.75 Mb.
|
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon sivilizatsiyasi
Jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari. Jamiyat taraqqiyoti – ijtimoiy jarayonda katnashuvchi barcha sub’ektlar faoliyatining natijasidir. Odatda ijtimoiy jarayon sub’ektlariga :
Sotsial guruh Ularga xos tashkilotlar (siyosiy partiyalar) Individlar SHaxslar va xokazolar kiradi. Ularning birgalikdagi va hamkorlikdagi faoliyatlari tufayli tarix amalga oshadi va rivojlanadi. Binobarin, tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar deganda, faoliyat ko‘rsatuvchi barcha kuchlar tushuniladi. SHaxslar ham ijtimoiy taraqqiyotda katta rol o‘ynaydilar. Mashxur shaxslarni xalq ommasi yaratadi; doxiy, siyosiy arbob, payg‘ambar – xalq farzandlaridir. Jamiyatda biron – bir harbiy sarkarda, ulug‘ mutaffakkir, diniy yoki siyosiy arbobga ehtiyoj tug‘ilsa, uni tarix yaratadi. SHaxslar ko‘proq jamiyatda ijtimoiy – siyosiy parokandalik, ijtimoiy tanazzul avj olgan davlarda dunyoga keladilar. Fan, adabiyot, san’at, din, siyosat va madaniyat arboblari hamma vaqtlarda ham vujudga kelavermaydilar. Tarixiy shaxslarning buyukligi shundaki, ular ijtimoiy taraqqiyot talablarini boshqalarga nisbatan ilgariroq va teranroq anglaydilar va ulkan vazifalarni amalga oshirishning ilmiy – nazariy dasturini yaratadilar. Ular ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini kashf etish va ulardan foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib berishlari mumkin. Omma o‘rtasida shuhrat qozongan, u bilan mustaxkam bog‘langan obro‘li rahbarlar bo‘lmasa jamiyat oldida turgan murakkab va turli xil vazifalarni bajarib bo‘lmaydi. Jahon sivilizatsiyasi deganda SHarq va G‘arb sivilizatsiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo‘lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo‘lgan er yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo‘lgan davlat, jamiyat, halq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasini o‘zida aks etgiradi. Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo‘lishi jahon sivilizatsiyasining asosiy maqsadi va yo‘nalishiga aylanib qoldi. Respublikamizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo hamjamiyati faoliyati bilan hamohang kechmoqsa. Zero, jahon sivilizatsiyasi xalqlar va millatlar, davlatlar va turli hududiy sivilizatsiyalarning umumiy tizimidir. Ayrimlik, o‘ziga xoslik va umumiylik o‘rtasidagi munosabatni teran anglash hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy idrok etishga imkon beradi. Er yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri, hamkorligi bu sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi. To‘g‘ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, YAponiya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko‘p jihatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, muayyan jarayonlarning yo‘nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakodan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni, o‘ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. SHu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qati nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element sifatida kirib boradi. Jahon hamjamiyati o‘zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o‘ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, O‘zbekiston alohidalikni ifodalaydi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqei esa bu mintaqaning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi. Har bir xalq, millat o‘zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo‘shilib boradi. Bunday qo‘shilish ko‘pqirrali, rang-barang bo‘lib, u ijtimoiy, iqgisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi. Jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo‘lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, er yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqparini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilish natijasida nafaqat iqtasodiy sohada, balki xalqlar ma’naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o‘rtasida bir-biriga ishonch, o‘zaro hurmat, xamkorlik hamda sodir bo‘ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o‘zaro kelishuv, konsensus asosida hal qilishga intilish vujudga keladi. Bir-birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan baxramand bo‘lish xohish-istagi shakllanadi. YA’ni milliylik va umuminsoniylikning uyg‘unligi jahon sivshshzatsiyasida yaqqol namoyon bo‘ladi va dunyo hamjamiyatining harakat dasturiga aylanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling