Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 0.75 Mb.
bet95/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar. Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar, birinchi navbatda, ularning hajmiga oid munosabatlardir. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim7.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, ( masalan, “Toshkent” va “O‘zbekiston Respublikasi poytaxti” tushunchalari) qisman moslik (masalan, “sportchi” va “talaba” tushunchalari ) va bo‘ysunish (masalan, “fan” va “mantiq” tushunchalari)1 .
Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, (masalan, “Fan” tushunchasi hajmiga “mantiq” va “fizika” tushunchalari xajmi bo‘ysunadi) qarama-qarshilik (masalan “pastlik” va “balandlik”), zidlik (masalan, “pastlik” va “past emaslik”)
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini aniqlashtirishga, ularni bog‘lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o‘tishga yordam beradi. Masalan, «talaba» va «a’lochi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin.
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Masalan, «mexanik harakat» tushunchasidan «aylanma harakat» tushunchasiga o‘tsak, uning hajmini chegaralagan bo‘lamiz.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling