Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Download 0.88 Mb.
|
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neopozitivizm
Empiriokrititsizm pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli sifatida XIX–XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning eng mashhur namoyandalari – E.Max (1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896). Ilk pozitivizmdan farqli o‘laroq, empiriokrititsizm falsafaga «ikkinchi pozitivizm»ni sintez qiluvchi fan sifatida yondashadi, uni bilish nazariyasiga bog‘laydi. Empiriokrititsizm «tajriba tanqidi» degan ma’noni anglatadi va «tajribani metafizik tabiatni o‘zgartiruvchi barcha qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko‘ra, tajriba amalda «dunyo elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir. Binobarin, pozitivizm o‘zining maxizm shaklini kasb etgan ikkinchi bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog‘ladi. Maxizm falsafasida dunyo «sezgilar majmui» tarzida namoyon bo‘ldiki, bu materializmdan butunlay voz kechilishi, ingliz faylasufi Berklining sub’ektiv idealizmi o‘ziga xos tarzda tiklanishini anglatadi. Xullas, ikkinchi pozitivizm yaratuvchilari bilish jarayonining nazariy modelini tuzishga harakat qildilar.
Neopozitivizm, pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli sifatida, ilmiy nazariyalarning haqiqatnamoligini, ularning nisbiy qimmatini aniqlash metodlarini o‘z falsafiy faoliyatining predmetiga aylantirdi. Bu bosqich vakillari pozitivizmning asosiy tamoyillariga tayanib, an’anaviy falsafa tushunchalari noilmiydir, chunki ularni tajribada tekshirish mumkin emas, deb e’lon qildilar. Neopozitivistlar u yoki bu ilmiy xulosalar, konsepsiyalar va nazariyalarning to‘g‘riligi, haqiqiyligini tekshirish metodlariga asosiy e’tiborni qaratdilar. Ular hozirgi ilmiy bilimlarning haqiqiyligini tekshirishning asosiy tamoyillari: verifikatsiya, falsifikatsiya va konvensiya tamoyilarini ta’riflab berdilar. Verifikatsiya (lot. «verus» - haqiqiy va «facio» - bajaraman) tamoyili nuqtai nazaridan hissiy tajriba dalillari bilan tasdiqlanuvchi ilmiy qoidalargina haqiqiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tajribada sinalishi mumkin bo‘lgan mulohazalargina ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘rganish sohasidagi falsafiy yo‘nalish sifatida, Neopozitivizm, 50-yillar oxiri – 60-yillarning boshlarida o‘z nufuzini yo‘qotdi, va shu davrda «To‘rtinchi pozitivizm» yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyandalari qatoriga K.Popper, I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agatssini kiritish mumkin. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling