Falsafa” fanidan nazorat ishi mavzu: milliy falsafiy tafakkur va uning o’tmishi,zamonaviy rivojlanishi bajardi: smmt-88 Rahmonova Mohlaroyim Tekshirdi: Toshkent-2023 mavzu: milliy falsafiy tafakkur va uning o’tmishi


Download 33.32 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi33.32 Kb.
#1244582
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rahmonova Mohlaroyim


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

FALSAFA” fanidan


NAZORAT ISHI


MAVZU: MILLIY FALSAFIY TAFAKKUR VA UNING O’TMISHI,ZAMONAVIY RIVOJLANISHI

Bajardi: SMMT-88 Rahmonova Mohlaroyim


Tekshirdi:
Toshkent-2023
MAVZU:MILLIY FALSAFIY TAFAKKUR VA UNING O’TMISHI,ZAMONAVIY RIVOJLANISHI
REJA:
1.Falsafiy tafakkur tushunchasi
2.O’tgan asrlardagi O’zbekistondagi ijtimoiy- falsafiy tafakkur
3.Milliy falsafiy tafakkurning rivojlanishi
Falsafa, falsafiy tafakkur to'g'risida so‘z ketganda uning ikki jihatini e’tiborga olmoq kerak. Falsafa, bir tomondan, o‘z mohiyatini anglab, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy munosabatlar ichida yashayotgan, ma’lum bilimlarni o'rganib, ulardan hayotiy yo‘llanma bo'ladigan yangi umumiy xulosalar qilishga intilayotgan barcha sog‘lom fikrli kishilarga xos bo‘lgan
tafakkur salohiyatidir. Inson hayot saboqlarini anglab, olgan bilimlari, orttirgan tajribasi yakunlarini muayyan e’tiqod, manfaatlar, qadriyatlarga tayanib qilgan xulosalari ham falsafiy umumlashmalar hisoblanadi. Bu o‘rinda 0 ‘rta asrda yashagan buyuk arab faylasufi A.Kindiyning quyidagi fikrlari ustida to‘xtab o'tmoq joizdir. Bir kuni shogirdlari A. Kindiydan, ustoz, ba’zi odamlar falsafa kerak emas
deydilar, ularga qanday javob berish kerak, deb so'ragan ekanlar.
A.Kindiy ularga, kimki falsafa kerak emas desa, unga, nima uchun
kerak emas, deb savol beringlar. Falsafiy tafakkurning jamiyat hayoti muammolari tahlili
uchun ahamiyatli ,bo‘lgan tomonlaridan biri — e’tiqodiy
bag‘rikenglikdir.
Falsafa — tafakkur madaniyati, borliq haqidagi bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir.
Falsafiy tafakkur muttasil haqiqatni izlash, jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni, fan yutuqlari natijasida qo‘lga kiritilgan yangiliklarni mutlaqlashtirmaslikdir.
Faylasuflar jamiyat hayotidagi har bir tartibot tizimiga, ijti­moiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning shakllariga, ilmiy kashfiyotlarga ,,Bu nima uchun shunday?“, „Bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin emasmi?“, degan savollar asosida yondashadi. Jamiyat hayoti va taraqqiyotida, fanlar sohasida bunday savollar
qo'yilmagan zamonlar bo‘lmagan. Bu savollarga javob insoniyat taraqqiyotining yangi yo‘llari, shakllari, imkoniyatlarini izlashni
taqozo qiladi. Zero, ularga javob topishga qaratilgan amaliy jarayonlar jamiyat, fan-texnika taraqqiyoti, inson ma’naviy kamolotining asosiy sabablaridandir.
Faylasuflarning mustaqil, ijodiy fikrlashlari, ya’ni fikr erkinligi ham bu fanning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytiradigan sabablardandir.
Inson falsafiy tafakkur orqali o'z mohiyatini, borliqdagi o'rnini biladi, avlodlar qoldirgan meros, o'z davrining amaliy, ilmiy yutuqlarini umumlashtirib,olamni bir-biri bilan bog'langan, taraqqiyotda bo'Igan jarayon sifatida anglaydi, istiqbol rejalarini belgilaydi. Falsafa-tafakkur madaniyati, borliq haqidagi bilimlarning insoniyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy taraqqiyoti tarixining umumlashgan ifodasidir. Falsafa insoniyat tarixida amalga oshirilgan boy tajribani yaxlit o'rganib, umumlashtirib, ularning ijobiy, salbiy jihatlarini tahlil etib, kelajakni oldindan ko'rishga imkon beradigan, kishilarning yangi sharoitlardagi faoliyatiga asos bo'ladigan umumiy xulosalar tizimini yuzaga keltiradi. Falsafada o'tmish tahliliga katta e’tabor berilsa ham, asosiy maqsad jamiyatning, insonning istiqboli bilan bog'liq bo'Igan muammolarni o'rganishdir O’rta asrlarda ilg’or falsafiy fikrlarning rivojlaniishida Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, A. Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir.
Buyuk mutaffakir Forobiy (878-950 yillar) 200 dan ortiq asar yozgan. U o’zining falsafiy qarashlarida o’z zamonasi uchun eng ilg’or fikrlarni olg’a suradi. Biroq uning dunyoqarashi idealistik dunyoqarashdan xolis bo’la olmagan.
Forobiy dunyoning, koinotning paydo bo’lishida ollox boshlang’ich rol o’ynagan deb e’tirof qilgan bo’lsa-da, tabiat vujudga kelgach, u mustaqildir. Uning fikricha, materiya abadiy, uning oxiri yo’q, makonda xam, zamonda xam cheksiz va chegaralanmagan degan materialistik fikrni olg’a surgan edi. Forobiy o’zining ‘’Ideal shaxar axolisining fikrlari’’ asarida ilg’or ma’rifatparvarlik g’oyalarini olg’a suradi Uningcha, davlat odamlarning talablarini birgalikda, ijtimoiy tarzda qondirish uchun vujudga keltirilgan tashkilotdir.
Shunisi muximki, Forobiy o’sha vaqtdagi odamlar orasidagi tengsizlikni ko’rish bilan birga uni tanqid xam qildi. O’rta asr davrida bunday fikrlar bilan chiqish juda katta jasorat edi Uningcha, davlat odamlarning talablarini birgalikda, ijtimoiy tarzda qondirish uchun vujudga keltirilgan tashkilotdir.
Shunisi muximki, Forobiy o’sha vaqtdagi odamlar orasidagi tengsizlikni ko’rish bilan birga uni tanqid xam qildi. O’rta asr davrida bunday fikrlar bilan chiqish juda katta jasorat edi olimning ijodiy faoliyatida muxim axamiyatga ega bo’lgan tajribaga asoslanuvchi emiirik bilim uning tabiat xodisalarini tushunishda stixiyali materializm pozitsiyasida turishini ko’rsatadi. Biroq Beruniy islomning idealistik falsafasi ta’siridan qutula olmadi.
Ulug’ ensiklopedist olim, faylasuf Abu Ali Ibn Sino (980-1037 yillar) 300 dan ortiq asar yozgan. U Aristotel asarlarini qunt bilan o’rganib, progressiv g’oyalarni olg’a suradi. Falsafaning asosiy masalasini xal etishda u dualist edi.
Ibn Sino fikricha, materiya butun konkret fanlarning mazmunini tashkil etadi va turli shakllarda namoyon bo’ladi. Xudo birinchi turtki xizmatani bajarib, boshqa xech ish qila olmaydi, chunki dunyo o’z qonuniyatlari bilan xarakat qiladi. Ibn Sino Aristotelning shakl materiyaga nisbatan aktiv rol o’ynaydi degan fikriga qarshi chiqib, ular bir-birisiz mavjud bo’lmaydi, shaklsiz materiya va materiyasiz shakl bo’lmaydi deydi.
Ushbu davr falsafa rivojida keskin o’zgarishlarga boy bo’lgan. Yangi va Eng yangi davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo‘lib hisoblinadi. 1879 yilda u Vatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo‘lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik “yangilanishi” ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi. Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning ajralmas bog‘liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo va olamning o‘zaro munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida “kapitalistik individualizm” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilish zarurligi ta'kidlab o‘tiladi.
Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi.
Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.
Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.
0 ‘rta Osiyo xalqlarining XIV—XVI asrlar tarixidan sharafli o‘rinni egallagan buyuk siymo Alisher Navoiy (1441—1501-yillar) dir. Alisher Navoiy temuriylar davrining murakkab sharoitida, jamiyatda ziddiyatlar avj olgan, temuriyzodalarning hokimiyat uchun kurashlari kuchaygan davrda yashadi va ijod qildi. U o‘z davridagi yaqin va o‘rta Sharq, 0‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti, tarixi, ilm-fani, madaniyati, antik davr yunon, o‘rta asr arab, eron, Osiyo mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy, diniy va dunyoviy bilimlarini, tasavvuf ta’limotini chuqur va mukammal egallagan. Bu narsa uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari shakllanishiga, shubhasiz, katta ta’sir ko‘rsatdi
Alisher Navoiyning falsafiy dunyoqarashi vahdati-vujud, ya’ni borliqning birligi ta’limotiga asoslanadi. Uningcha, borliq — bu Xudodir, Xudo mutlaq borliqdir, U atrofdagi narsa va hodisalarda namoyan boladi va mohiyatiga ko‘ra yakka-yu yagona, lekin tabiatda o‘zini zuhur etadi. Navoiyning fikricha, mavjud narsalarning hammasi mutlaq borliq — Xudoning zohid sifatlari, ko‘rinishidir. Mutlaq borliq — Xudo abadiy, boqiy va hamma narsaning yaratuvchisidir, boshqa barcha mavjudotlar o'tkinchi, vaqtinchadir.Yaratuvchi o'zining qudratli qalami bilan butun olamni aniq bir reja ostida bunyod qilgan. Avvalo, to'qqiz falakni aylanuvchi qilib yaratdi va buning sirini tushunishda idrokni ojiz qildi. Ko'kni tun va kunga bog'lab, uni Quyosh va yulduzlar bilan bezadi. Unda Oy go‘yo osmon tirnog'iga o'xshash bo'lib, yangi Oy esa, tirnog'ining bir bo'lagini eslatadi.
Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi.Ushbu ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning tushunishga imkon beradi. XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir



Download 33.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling