Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari


Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari


Download 41.03 Kb.
bet2/11
Sana18.01.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1100273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Falsafa fanining oraliq javoblari

2.Jamiyat tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o‘rganiladi. Muayyan fanlardan farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga qo‘ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini 139 ishlab chiqishda ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat.
3- Savol. Dunyoqarash, uning ijtimooy- tarixiy tabiati
Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan
o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo)
o‘rtasidagi munosabatdir. Dunyoqarash dunyo to‘g‘risidagi umumiy g‘oyalar, qarashlar, insonning dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, ishonch e’tiqodi,
ideali, bilim tamoyillari, o‘zi va boshqalarning hayotdagi o‘rnini belgilab olishi, inson mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir.

DUNYOQARASHNING BILISH FUNKSIYASI insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga


oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning
rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
DUNYOQARASHNING QADRIYATLARGA MUNOSABAT FUNKSIYASI –
insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero,
o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
DUNYOQARASHNINNG XULQ ATVORNI BELGILASH FUNKSIYASI – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat
o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi.
Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish
mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda, ko‘proqdir. Shu bois, muammolarga nisbatan
muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari
doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi. Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib,
ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi

Dunyoqarashning muhim


elementi SHUBHA bo‘lib, u insonni dogmatizm, ya’ni biryoqlama, notanqidiy
fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi.
Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi,
fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili
sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni
tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling