Falsafa fanining predmeti. Falsafaning fan sifatidagi xususiyatlari


-savol 18. Globallashuvning falsafiy muammolari


Download 41.03 Kb.
bet10/11
Sana18.01.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1100273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Falsafa fanining oraliq javoblari

17-savol
18. Globallashuvning falsafiy muammolari
Кейинги йилларда дунёнинг глобаллашиб
бораётгани хакида куп ёзилмокда. Мазкур феномен билан боглик тушунча,
ходиса ва жараёнлар «Глобалистика» фани доирасида урганилади. Бу борада
хилма-хил фикрлар мавжуд. «Глобаллашув нима?», «Унинг мазмун-мохияти ва
истикболлари кандай?» деган саволлар, «Бу жараён билан боглик узгаришлар
бутун инсониятни, миллатлар келажагини хавф остида колдирмайдими?» каби
хавотирлар хам йук эмас.
Куплаб мутахассислар наздида, глобаллашув инсоният тараккиёти ва
жамият хаётининг жахон микёсида интеграциялашиши натижасида содир
булаётган жараёнларнинг оламшумул ахамият касб этишидир. Бу борада гло-
бализациянинг хозирги даврда уч манбаи мавжуд, деб каралмокда, яъни ком­
муникация воситаларидаги туб узгаришлар, инвестициялардаги янги жараён­
лар, дунёга янгича карашларнинг вужудга келиши.Глобаллашувнинг
куйидаги асосий белгилари мавжуд: халкаро савдонинг кенгайиши ва эркинла-
шиши, халкаро капитал айланмаси ва унинг йулидаги тусикларнинг бартараф
этилиши, электрон коммуникация инкилоби натижасида молиявий муносабат-
ларда содир булган чукур узгаришлар, трансмиллий корпорациялар фаолия-тининг кенгайиши, халкаро молиявий ва иктисодий институтларнинг ташкил топиши.Жахон микёсидаги бундай умумий тараккиёт: кета
- одамлар дунёкарашининг узгариши, коммуникациялар юксалиши. хавф]
халкаро муносабатлар ривожи одамзод хаётига таъсирни кучайтиради; чаётг
- давлатлар ва халклар уртасида бирлашишга интилишни кучайтирган. Лоти
айни вактда миллий хусусиятлар, анъаналар ва маънавий меросни сакдаб лиди
колиш оркали мустакил сиёсий тамойилларни ишлаб чикиш зарурлигини хам ходи
курсатиб берди.
19-Savol. Estetika 12da
20-Savol.
21 savolni JAVOBI Xissiy, nazariy bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi.(Tayanch so’zlar: sezgi, tasavvur, idrok,)

Bilish shakllari. Hissiy bilish. Bilishda sezgining roli. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr hissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Hissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Hissiy anglash tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina hissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz.


Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a’zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko`zi elektromagnit to`lqinlarning butun spektrini to`lik idrok eta olmaydi, u elektromagnit to`lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a’zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog`i tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotali tovush to`lqinlarini eshitmaydi.
Hissiy bilishning shakllari. Sezgilar, bu – shunday kanallarki, ularning vositasida odam qurshab turgan olam bilan bog`langan, olam haqida bevosita axborot olib turadi. Sezgilar abstrakt tafakkur amalga oshishining asosi bo`lgan ozuqadir.
Sezgi hissiy bilishning eng oddiy shakli, ob’ektivlik bilan sub’ektivlikning qorishmasidir, u manbai jihatidan ob’ektiv va u yoki bu sezgi a’zolarining tuzilishiga bog`lik holda shakli jihatidan sub’ektivdir. Garchi sezgi bilish uchun yagona kanal bo`lsada, birgina sezishning o`zi tashqi dunyoni butun yaxlitligi, chuqurligi va konkretligi bilan anglab olish uchun etarli emas. Sezgi sub’ektga o`rganilayotgan ob’ektning ayrim tomonlari yoki xossalarini bilishga yordam beradi, ammo o`zining tabiiy cheklanganligi sababli ob’ektni yaxlit holida bilishga imkon bermaydi. SHuning uchun bilish sezishdan idrok qilish tomon boradi.
Idrok–bu bir sezgi emas, u turli xil sezishlarning jamul-jami, kombinatsiyasidir. Biz idrok qilish orqali predmetning ayrim tomonlarini emas, balki uni yaxlit holda aks ettiramiz. Masalan, sharsimon, yashil-qizil, yaltiroq, xushbuy, chuchuk-nordon narsalarni xis qilishlar birgalikda ongimizda olma obrazida assotsiatsiyalashadi.
Tasavvur – bu hissiy idrok bilan tushuncha o`rtasidagi oraliq bosqichdir. Sezish va idrok qilishdan farqli o`laroq, tasavvur endi sub’ekt bilan ob’ektning bevosita o`zaro ta’siri bo`lib chiqmaydi. Ilgari biron-bir hodisa yoki predmetni idrok etgan, ko`rgan odam ularning obrazlarini hatto ular bizning sezgilarimizga ta’sir etmagan taqdirda ham xotirlab, ko`z oldiga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, biz tasvirlashlariga asoslanib, masalan, ilgari o`zimiz hech qachon ko`rmagan tropik changalzorlarni tasavvur qila olamiz. Birok sezgi va idrokdan farqli o`laroq, tasavvur ilgari idrok etilgan predmetni gavdalantirar ekan, uning konkret-hissiy detallarining hammasini emas, balki faqat eng muhim, harakterli qismlari, tomonlari va belgilarini ifodalaydi.
Tasavvurlar sezgi va idroklar kabi yorqin va aniq emas, ammo ular ancha uzoq vaqt davom etadi va barqarordir. Tasavvurlar yordamida biz allaqachon bo`lib o`tgan voqealar manzarasini ongimizda tiklay olamiz

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling