TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MANAVIY QADRYATLARI. JAMIYAT VA TARIX FALSAFIY TAHLILI
Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari
Sotsium murakkab, ko‘ptomonli, serqirra ob’ekt bo‘lgani uchun uni faqat birgina fanning predmeti sifatida ta’riflab bo‘lmaydi. Uning turli tomonlari turli fanlar ѐrdamida o‘rganiladi.
«Sotsiologiya – jamiyatning vujudga kelish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishining umumiy va o‘ziga xos ijtimoiy xususiyatlari hamda qonuniyatlari, ularning rivojlanishi, odamlarning hatti-harakatlarida, o‘zaro munosabatlarida, odamlar jamoalarida va umuman jamiyatda amalga oshirilish yo‘llari, shakllari va usullari to‘g‘risidagi fandir».
Ijtimoiy bilish majmuasidagi muhim fanlardan yana biri psixologiya bo‘lib, u insonning ichki dunѐsini, ruhiyatning shakllanish va faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ijtimoiy bilishda tarix fani yana bir muhim o‘rinni egallab, u umumiy ijtimoiy qonuniyatlarni alohida olingan faktlar tahlili orqali o‘rganadi. tarix fani «ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini aniqlab, tarixdagi qaytarilish lahzalarini o‘rganish bilan birga har bir tarixiy voqeaning, har bir tarixiy shaxsning o‘ziga xosligi va noѐbligini ko‘rsatib beradi».
Tarix fani ijtimoiy bilishning qismi bo‘lish bilan birga, uning o‘zi majmuiy fan hisoblanib, uning tarkibiga arxeologiya, manbashunoslik, san’at tarixi va boshqalar kiradi. Bu majmuada etnologiya (etnografiya) alohida o‘rinni egallab, bu fan turli bosqichdagi etnik guruhlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ahamiyatini o‘rganadi. Etnologik bilish ko‘pmillatli, polietnik sotsiumlarda yuz beradigan jaraѐnlarni tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari.
Tarixga formatsion va sivilizatsion yondashuvlar Tarixiy jaraѐnlarning falsafiy tahlili bilan tarix falsafasi ѐki storiosofiya shug‘ullanadi. U mustaqil falsafiy fan sifatida o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati va metodologik ѐndashuvlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |