Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli rejasi: Falsafa dunyoni anglash usuli. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi va shakllanishining asosiy bosqichlari. «Dunyoqarash»


Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini


Download 34.88 Kb.
bet11/15
Sana16.06.2023
Hajmi34.88 Kb.
#1512662
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
falsafa

Ilk bor «tarix falsafasi» tushunchasini Volter qo‘llagan.
Nemis ma’rifatparvari Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi falsafasiga doir g‘oyalar» (1784) asarida ilk bor barcha xalqlarni o‘z ichiga qamrab olgan yagona umuminsoniy kelajakka olib keluvchi tarixiy jaraѐnning birligi g‘oyasini ilgari surdi.
Hozirda jamiyat taraqqiѐtining ikki xil ѐndashuvi mavjud. Formatsion ta’limotga ko‘ra, jamiyat quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga hamda eng oliy maqsad, insoniyatning «oltin» asri kommunizmga qarab harakat qiladi. Bir formatsiyadan ikkinchisiga o‘tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy inqilob orqali sodir bo‘ladi.
Sivilizatsion yondoshuvda sivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari, ya’ni madaniyatning u ѐki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlanishi masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda ularning soni, klassifikatsiyasi va o‘zaro aloqadorligi muammosi turlicha hal etiladi. Masalan, O.Shpengler sivilizatsiya shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar ѐki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular: misr, bobil, hind, xitoy, appolon (Yunon-rim), arab (afsunkor), Meksika, g‘arb (faust) madaniyatlari ѐki sivilizatsiyalaridir.
Formatsion va sivilizatsion ѐndoshuvlar bir-birlaridan farq qiladi. Ammo birbirlarini to‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini o‘zaro to‘ldiradi. Agar formatsion ѐndoshuv – tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bo‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion ѐndoshuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan, xulq-atvor xarakteriga – an’analarga, urf-odatlarga, turmush tarziga, mentallikka e’tibor qaratadi.
FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON HAQIDAGI TA’LIMOT)
Inson muammosining falsafiy talqini
Insonning tabiati va mohiyatini nima tashkil qilishini bilishga qiziqish qadim davrlardan boshlangan. Inson paydo bo‘libdiki, u o‘zini qurshagan dunѐni, unda o‘zining o‘rnini o‘rganib keladi.
Hozirgacha, bizga ma’lum bo‘lgan 2,5-3 ming yildan beri falsafa va boshqa turli aniq fanlar - turli ilm sohalari, ulargacha esa mifologiya va din ham insonni turli tomondan, turli vositalar, yo‘llar bilan o‘rganib ularning har biri insonni o‘zicha, o‘ziga xos jihatdan izohlab, tushuntirib kelishadi. Shular asosida inson to‘g‘risida turlicha tasavvurlar, turli xil ta’limotlar, turli-tuman nazariya konsepsiya paydo bo‘ladi.
Inson muammosini qadimdan boshlab deyarli ko‘pchilik aniq fanlar ham o‘rganib keladi. Xususan, insonni antropologiya, psixologiya, pedagogika, meditsina fanlari, san’at va madaniyat sohalariga oid: adabiѐtshunoslik, estetika, etika fanlari; tilshunoslik fanlari ham o‘rganib kelishadi. Bulardan tashqari, tarix, iqtisod, siѐsatshunoslik, huquqshunoslik fanlari ham inson haѐtining u ѐki bu tomonlarini o‘rganadi. Insonning tanasi uning tashqi va ichki tuzilishi, undagi haѐt jaraѐni kabi tabiiy tomonlarini anatomiya, fiziologiya, biologiya, gistologiya, genetika singari tabiatshunoslik fanlari o‘rganadi. Lekin bu barcha sanab o‘tilgan fanlar insonni turli tomondan, uning turli konkret jihatlarini o‘rganadi xolos. Ularning hech biri insonni bir butun holda olib, uning umumiy tomonlarini, ya’ni mohiyatini va tub xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu vazifani qadimdan falsafa fani bajarib keladi.

Download 34.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling