Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Miqdor va sifat ularning dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik
Dialektika qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o‘zaro bog‘lanishli bo‘lgan tushunchalar. Qarama-qarshiliklar birligi narsaning barqarorligini aks ettiradi va nisbiy, o‘tkinchi hisoblanadi. qarama-qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Rivojlanish manbaini ѐrituvchi dialektik ziddiyatlilik qonunidan farqli o‘laroq, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jaraѐnining mexanizmini ѐritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoѐn bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, meyor sakrashning mazmunini ѐritish talab etiladi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jaraѐni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jaraѐn hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Kategoriya gushunchasi va ularning turlari.
Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi “Kategoriya” so‘zi qadimga yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimga davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turg‘umlashtirishga harakat qilin. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turg‘umlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |