Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan yaratilgandir, ya’ni u ilohiy xilqatdir.
Idealistik yondashuv. Idealizm ideal narsaning, ruhiy mohiyatning moddiy voqelikdan tashqarida va ungacha mavjud bo‘lganligini e’tirof etadi.
Materialistik yondashuv. Materializm doirasida ham ongning kelib chiqishiga turlicha ѐndashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ongga, birbutun bog‘langan tizim sifatida, uning sezgi, fikr, emotsiya, iroda va xotira kabi ajralmas elementlari kiradi.
Sezgi. Inson sezgilari tashqi dunѐ haqidagi axborotlarni asosiy yetkazib beruvchilardir. Ko‘rib, ushlab, hidlab, eshitib va ta’mga qarab sezishlar sub’ektga dunѐni bilishga, o‘zini qiziqtirgan ob’ektni topishga, u turgan joyni aniqlashga, uning rangi, hidi, ta’mi, qattiq ѐ yumshoqligi, xarorati va boshqa sifatlari haqida axborot olishga imkon beradi.
Dialektika»'>FALSAFANING MЕTOD,QONUNLARI VA KATЕGORIYALARI
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari
«Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki ѐki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida xaqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Geraklit dunyo «jonli olov» ѐki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Shu sababli dialektikaning tarixan birinchi shakli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasidir.
Qonun tushunchasi va uning turlari
Qonun – bu moddiy va ma’naviy hodisalarning ularning harakat va rivojlanish xususiyati va yo‘nalishini belgilovchi ob’ektiv, muhim, zaruriy, barqaror va umumiy aloqasi.
Shuningdek, «qonuniyat» tushunchasi ham ishlatiladi. Qonuniyat qonunga qaraganda kengroq tushunchadir. Qonun muayyan sharoitda o‘zini qat’iy va muqarrar tarzda namoѐn etsa, qonuniyat bir qancha qonunlarning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri sifatida namoѐn bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |