Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish bu


Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi


Download 58.86 Kb.
bet12/12
Sana20.11.2023
Hajmi58.86 Kb.
#1789571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Falsafa shpargalka

Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi.
Axloqiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’naviy madaniyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Har xil tasavvurlar va g‘oyalar, ta’limotlar, ilmiy bilimlar, san’at asarlari va axloqiy normalar kabi ma’naviy madaniyatning turli shakllari ana shunday faoliyat natijasidir. Ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida turgan va o‘zaro ma’lum bir munosabatlarga kirishgan kishilar tomonidan yaratiladi. Demak, ma’naviy madaniyat ma’naviy faoliyat natijasi sifatida chiqayotgan hodisalarnigina emas, balki ularni yaratish jarayonida kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni ham ifodalaydi.
Axloq inson ma’naviyatining eng qadimiy elementlaridan biridir. Axloq, axloqiy normalarning paydo bo‘lishi, asta-sekin shakllanib, taraqqiy qilishi insonda insoniylikning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Alohida olingan kishi faoliyatini, jamoa, jamiyat manfaatlarini tan olishga, unga bo‘ysundirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj tufayli vujudga kelgan axloq ijtimoiy munosabatlarda nisbiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qildi. Hozirda ham mavjud axloqiy normalarning o‘zlashtirilishi inson ijtimoiylashuvining muhim belgisi hisoblanadi.
Axloqiy madaniyat ma’naviy madaniyatning boshqa shakllari kabi murakkab tuzilishga ega. U o‘z ichiga axloqiy qoidalar, tamoyillar, qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni, ya’ni axloqiy ongni, ularni ro‘yobga chiqarish, singdirish, himoya qilish bilan bog‘liq faoliyat va munosabatlarni qamrab oladi. Codda qilib aytganda, axloqiy madaniyat deganda, mavjud axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirish va rioya qilish darajasi tushuniladi.
Axloqiy faoliyat axloqiy bilimlarni egallash, rioya etish, himoya qilish, singdirish kabi jarayonlarni qamrab oladi. Axloqiy faoliyatda axloqiy ong namoyon bo‘ladi.
So‘z va xatti-harakatlar birligida axloqiy madaniyat o‘zini yorqin namoyon qiladi. Inson so‘zda bir narsani qayd etib, amaliyotda o‘zi unga rioya qilmasligi, xushmuomalalik, tavoze ortida g‘arazli manfaatlar yotishidek holatlar axloqiy madaniyatda mazmun va shakl birligi, ular o‘rtasidagi uyg‘unlik alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Axloqiy munosabatlar axloqiy faoliyat jarayonida kishilar o‘rtasida tarkib topadigan o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikni ifodalaydi. Bunda, insonning jamiyatga, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga munosabati uning axloqining indikatori sifatida chiqadi.
Axloqiy madaniyat me’yoriylikning kuchliligi bilan ajralib turishini va shu ma’noda huquqqa yaqin turishini alohida qayd etish lozim. SHunday bo‘lsa-da, ularning orasida jiddiy farq ham mavjud. Xususan, huquqiy tartibga solishning chegarasi, axloqiy tartibga solish doirasidan torroq ekanini ta’kidlash zarur. CHunki axloq huquqdan farqli ravishda ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos sohalariga ham kirib bora oladi.
Ayni paytda, huquq bo‘ysunishga, ma’lum darajada zo‘rlikka asoslangani uchun maxsus apparat - davlat kuchiga, axloq esa odatda ichki e’tiqodga, ijtimoiy fikrga tayanadi.
Huquqiy normalar ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turish ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘zgarib, takomillashib boradi. SHu ma’noda u o‘zgaruvchan bo‘lsa, axloq nisbatan konservativ bo‘lib, sekin o‘zgarishini alohida qayd etish lozim.
Huquqiy normalar maqsadga muvofiq, ongli tarzda yaratilgani isbot talab qilmaydigan haqiqat hisoblanadi. Axloqiy qoidalarni esa dekret bilan joriy qilib ham, yo‘q qilib ham bo‘lmaydi. Bu axloqiy normalar, qoidalar hayotiy jarayonlarni umumlashtirish asosida, stixiyali tarzda shakllanishini ko‘rsatadi.
Huquq bilan axloq o‘rtasida qayd etilgan farqli jihatlar bilan bir qatorda muayyan o‘xshashliklar ham mavjud. Bu ayrim xatti-harakatlarning ham huquq, ham axloq tomonidan birday qoralanishida ayniqsa yaqqol ko‘rinadi.
Jamiyatning axloqiy madaniyati ustuvor axloqiy qarashlar, faoliyat va munosabatlar tizimining yaxlit ifodasi, shaxs axloqiy madaniyati ana shu tizimning individuallashgan shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat axloqiy madaniyatining shaxslar, individlar axloqiy madaniyati orqali mavjudligi ularning o‘zaro bir-birini taqozo etishini ko‘rsatadi.
SHaxs axloqiy madaniyatining shakllanishida kasb-kori, u yashayotgan milliy-madaniy va diniy muhit, turmush tarzi, tortilgan munosabatlarning xarakteri ham muhim rol o‘ynaydi. Ular, ayni paytda, shaxs axloqiy madaniyati namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos maydon ham hisoblanadi.
SHaxs axloqiy madaniyati shakllanishida tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bunda har bir insonga individul tarzda yondashish hamda axloqiy madaniyatni kamol toptirishning muhim yo‘nalishi hisoblangan o‘z-o‘zini tarbiyalashga alohida e’tibor talab qilinadi. Zero, o‘ziga talabchan bo‘lish, qarashlari va faoliyatini tanqidiy ko‘z bilan qarash kabi unsurlarni o‘z ichiga oladigan o‘z-o‘zini tarbiyalash mavjud axloqiy normalarni shaxsiy e’tiqodga aylantirishning muhim omili hisoblanadi.
Axloq hamisha konkret-tarixiy mazmunga ega bo‘ladi. Bu sohibi –sub’ektiga ko‘ra farqlanuvchi shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat axloqiy madaniyatiga ham birdek daxldordir. SHu ma’noda, har bir davrning o‘z axloqi bor, deyish mumkin. Zero, o‘zgarib borayotgan ijtimoiy munosabatlar unga mos bo‘lgan axloq normalarini talab qiladi. SHuning uchun ham, bir axloqiy qadriyatlar tizimida tabiiy hisoblangan hodisalar boshqa bir axloqiy munosabatlar doirasida noo‘rin, g‘ayritabiiy hisoblanishi, hattoki, yovvoyilik, deb baholanishi ham mumkin. Ammo bu barcha davrlarda ham axloqsizlik deb baholangan hodisalar, xatti-harakatlar mavjudligini inkor etmaydi. SHaxs sha’niga tajovuz qilish, haqoratomuz munosabatda bo‘lish hamma davrlarda ham axloqsizlik sifatida baholangan va ijtimoiy fikr tomonidan qattiq qoralangani ham fikrimizning isboti bo‘la oladi. Mohiyatan olganda esa, axloqning har qanday ko‘rinishi umuminsoniy axloqning namoyon bo‘lish shakllaridir. Umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga mo‘ljal olishgina kishilarni birlikka etaklaydi, ularni umuminsoniy taraqqiyot yo‘lidan ajralib qolishdan saqlaydi.


1


Download 58.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling