Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. Rivojlanish bu
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari
Download 58.86 Kb.
|
Falsafa shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni.
- Xossa
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari
Qonun tushunchasi. Qonun – tizimning elementlari o’rtasidagi umumiy va invariant aloqa. Ularning uchta turi mavjud. Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’i nazar mavjud va amal qiladi. Bazis sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi. Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal qila olmaydi (ular yo’q bo’lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo’q bo’ladi). Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi sharoitlar kiradi.qonun bu sharoitlarning har qanday variatsiyasida o’z kuchini saqlab qoladi, lekin ularning o’zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining o’zgarishlariga sabab bo’ladi. Aytish mumkinki, qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas. Hodisalarning muntazamligi, takroriyligida qonunlarning amal qilishi (shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog’lanish) qonuniyat-deb ataladi. Qonuniyatlar – bu qonunlarning namoyon bo’lishidir. Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo’ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo’nalishga ega bo’ladi. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni. Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o’zaro bog’lanishli bo’lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o’zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo’lmasligi mumkin. Sifat narsalarga xos va ularning borlig’i bilan ayniy bo’lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o’ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Xossa- predmetning jihati bo’lib, uning boshqa predmet lardan farqi yoki ular bilan o’xshashligini belgilaydi va ular bilan o’zaro aloqada namoyon bo’ladi. Miqdor-predmet muayyan xossasining namoyon bo’lishi, intensivligi darajasi. U sifat jihatidan o’xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga bog’lanmasdan aniqlanishi mumkin. Me’yor-predmet borlig’ining chegarasi. U predmet xossalari miqdor va sifat o’zgarishlarining xususiyati bilan belgilanadi. Me’yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog’liq. Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o’zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Download 58.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling