«Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz? Falsafaning bahs mavzulari nima?
Download 21.44 Kb.
|
«Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o’tuvchi bilim va insonning o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
2 „Falsafaning ,,bahs“ mavzusi nima, u qanday muammolarni o‘z ichiga oladi“, degan savollarga o‘tgan uch ming yil davomida hammaga ma’qul bo'ladigan yagona javob topilgan emas. Bu savollarga har bir tarixiy davrda berilgan javoblar inson bilimlarining o‘sha davrdagi darajasi va imkoniyatlari chegarasida bolgan. Qadimgi Xitoyda Konfutsiy, birinchilardan bo‘lib, falsafaning ,,bahs“ mavzusi masalasini ancha mukammal yoritib berdi. Konfutsiy yashagan davrda falsafa kishilaming borliq haqidagi barcha bilimlarini o‘z ichiga olgan edi. Bu bilimlar tizimida inson, uning mohiyati, hayoti masalasi asosiy o‘rin olgan. Konfutsiyning „bilish — insonni bilishdir", fikri qadimgi Xitoy falsafasining bosh mavzusini ifodalaydi. Uning: „Inson o‘z mohiyatini axloqiy fazilatlar va ma’naviyat asosida namoyon etadigan jonzotdir"; „agar axloq zaiflashsa, insonda tabiiy ehtiyojlar ta’siri kuchayadi, unda odamlar jamoasini hayvonlar podasidan ajratib bo‘1 may qoladi“; „Inson har ishida, xatti-harakatida, har so‘zida boshqalar oldidagi burchi va mas’uliyatini bilishi — axloqdir“; „dunyoni odam jannat qiladi“; „agar yerdagi hayot yomon bo'Isa, inson osmonga emas, qalbiga murojaat qilishi kerak“; „axloqli odam о‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘radi“; „komil inson hammaga bir xil munosabatda bo'ladi, odamlardan yaxshi fazilatlarni o‘rganadi, yaxshilikka intiladi, hammani teng ko‘radi, biror xatoga yo‘l qo‘ysa, awal o‘zini ayblaydi“, degan fikrlari qadimgi Xitoy falsafasi asosida yotgan ma’naviy qadriyatlardir. Konfutsiy millat, mamlakat taraqqiyoti negizida yotgan uch asosiy ma’naviy omilni, ya’ni Xitoy xalqi milliy g‘oyasining asoslarini ham yaratib berdi. Bu — ,,0‘tmishga hurmat, mustahkam oila, odamlar o‘rtasida melir-muruwat, rahm-shafqat“, degan fikrlardir. Bular jamiyat hayoti va taraqqiyotini mukammal anglashga imkon beradigan falsafiy g‘oyalardir. 3 Falsafa, falsafiy tafakkur to'g'risida so‘z ketganda uning ikki jihatini e’tiborga olmoq kerak. Falsafa, bir tomondan, o ‘z mohiyatini anglab, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy munosabatlar ichida yashayotgan, ma’lum bilimlarni o'rganib, ulardan hayotiy yo‘llanma bo'ladigan yangi umumiy xulosalar qilishga intilayotgan barcha sog‘lom fikrli kishilarga xqs bo‘igan tafakkur salohiyatidir. Inson hayot saboqlarini anglab, olgan bilimlari, orttirgan tajribasi yakunlarini muayyan e’tiqod, manfaatlar, qadriyatlarga tayanib qilgan xulosalari ham falsafiy umumlashmalar hisoblanadi. Bu o‘rinda 0 ‘rta asrda yashagan buyuk arab faylasufi A1 Kindiyning quyidagi fikrlari ustida to‘xtab o'tmoq joizdir. Bir kuni shogirdlari A1 Kindiydan, ustoz, ba’zi odamlar falsafa kerak emas deydilar, ularga qanday javob berish kerak, deb so'ragan ekanlar. A1 Kindiy ularga, kimki falsafa kerak emas desa, unga, nima uchun kerak emas, deb savol beringlar. Shunda muxoliflaringiz juda ko‘p dalillarni keltirib, ularni bir-biri bilan bog‘lab, umumlashtirib, sizga javob berishga harakat qiladilar, shuning o‘zi falsafadir, degan ekan. A1 Kindiyning, falsafaning dushmanlari ham falsafaga muhtojdirlar“, degan teran fikrida ham xuddi shu ma’no bor. 4 Inson o ‘z mohiyatini, jamiyatdagi burchi, mas’uliyati, manfaatlarini o'ylaganida ham, falsafiy fikrlar girdobida bo'ladi. Din ham olamni falsafiy tahlil etishning o'ziga xos yo'lidir. Xalq maqollari, donolarning hikmatli fikrlari, hadislardagi axloqiy, huquqiy o‘gitlar minglab yillar davomida shakllangan hayot tajribasi saboqlarini umumlashtirishdan kelib chiqqan falsafiy xulosalardir. Ko‘pni ko‘rgan keksalarning yoshlarga qilgan nasihatlari ham o‘ziga xos falsafiy o‘gitlardir. Bunday xulosalar bir-biriga mos kelishi yoki butunlay qarama-qarshi bo‘lishi esa, insonning tafakkuriga ta’sir etayotgan e’tiqodlar, g‘oyalar, mafkuralar, manfaatlar, qadriyatlarning mohiyati, aqliy, ilmiy, axloqiy salohiyatining darajasi bilan belgilanadi. 5 Dunyoqarash—inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari, bilimlari asosida shakllangan turli mazmun va darajadagi umumlashmalar tizimidir. Dunyoqarashni murakkab ijtimoiy hodisa sifatida, bir-biridan nisbatan mustaqil tarzda, quyidagicha izohlash mumkin: 1) dunyoqarash — dunyoning inson ongidagi o'ziga xos in’ikosi bo'lib, insonning o'z-o'zini va dunyoni anglashi shaklidir; 2) dunyoqarash — insonning o'ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan muayyan ko‘nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o‘zlashtirishidir; 3) dunyoqarash — insonning о‘ziga, tabiat va jamiyatga munosabati asosida yotgan e’tiqodidir; 4) dunyoqarash — o‘tgan avlodlar qoldirgan ilmiy, madaniy, nazariy merosni hozirgi davrdagi amaliy tajriba yakunlari bilan bog‘lab umumlashtirishdir; 5) dunyoqarash — inson o‘z hayoti, faoliyatida tayanishi lozim bo‘lgan yollanmadir. 6 a) Mifologik (afsonaviy) dunyoqarash b) Diniy dunyoqarash Diniy dunyoqarash — olamdagi voqea va hodisa sabablarini, insonning orzu - umidlarini ilohiy kuchlar, oldindan belgilangan qismat, taqdir bilan bog‘lab tushunishdir. d) Falsafiy dunyoqarash Dunyoqarashning navbatdagi shakli — falsafiy dunyoqarashdir. Falsafiy dunyoqarash — dunyoni, borliqni aqliy jihatdan mantiqiy, izchil, umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. 7 Ilmiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirish. Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma'naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e'tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub'ektlarga nisbatan ma'lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas'uliyat tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Download 21.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling