Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg
‘otish, 
nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo
‘ladi. U dunyoni o‘zlashtirish va bilishning 
universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o
‘zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga 
aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o
‘rganish ularning o‘tmishdagi va hozirgi madaniyatini 
yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g
‘oyalar almashinuvi va madaniy an'analarning o‘zaro ta'siriga ko‘maklashadiki, bu 
madaniy meros bilan uzviy bog
‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi (yunon. axia - qadriyat) hayotning ma'nosi, o
‘lim va umrboqiylik masalalarini 
kun tartibiga qo
‘yish, u yoki bu harakat, voqyea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” 
kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon bo
‘ladi U uzoq muddatli tendensiyalarni qisqa muddatli tendensiyalardan 
farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar va 
hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog
‘liq bo‘lgan tegishli ehtiyojlarini 
shakllantiradi. Shu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo
‘ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya'ni tegishli qadriyatlar 
tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va 
jamiyatdagi xulq-atvorini ko
‘p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar ta'sirida 
shakllanuvchi xulq-atvori
. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli 
falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo
‘l bilan, ya'ni real hayot amaliyotida 
o
‘rnatiladigan me'yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Bunday me'yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o
‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari, o‘zaro til topish darajasida 
namoyon bo
‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a'zolari xulq-atvorida namoyon 
bo
‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling