Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Falsafaning gnoseologik funksiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin 
bo
‘lmagan, ya'ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan 
tushuntirishga harakat qilishdir
. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o
‘rganilgan hodisalarni tushuntirishga 
11
Kamyu A.// Vsemirnaya ensiklopediya.Filosofiya. 
–M.: Sovremennqe tetradi, 2001. –S.344. 


nisbatan o
‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish 
o
‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa 
gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan 
bog
‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga yetishga qarab mo‘ljal oladi, bu 
esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va 
amaliy o
‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, 
tadqiqot, tekshirish so
‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan 
predmetning tadqiqot yo
‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga 
kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. 
Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o
‘ynaydigan har xil 
kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta'kidlab o
‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng 
tushunchalar, ya'ni kategoriyalar bilan ish ko
‘rar, ularni ta'riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni 
shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling