nisbatan o
‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo‘lgan qondirilmagan qiziqish
o
‘rnini muayyan darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o‘rin qoldiradi.
Falsafa
gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan
bog
‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga yetishga qarab mo‘ljal oladi, bu
esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va
amaliy o
‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l,
tadqiqot, tekshirish so
‘zidan kelib chiqqan).
Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan
predmetning tadqiqot yo
‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga
kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi.
Falsafaning boshqa bir muhim metodologik
funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o
‘ynaydigan har xil
kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta'kidlab o
‘tish lozimki, falsafa o‘ta keng
tushunchalar, ya'ni kategoriyalar bilan ish ko
‘rar, ularni ta'riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni
shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: