Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Falsafada shubhaning roli. Yuqorida keltirilgan ikkala gnoseologik yondashuvni taqqoslash va ularga baho 
berishda shubha muhim rol o
‘ynaydi. U nafaqat o‘rinli, balki ijodiy yo‘naltirilgan har qanday bilishning zaruriy elementi 
hisoblanadi. Shuningdek, falsafiy mulohazalar har qanday shak-shubhadan xoli bo
‘lsa, notanqidiy idrok etiladigan o‘tmish 
va qadimda o
‘zlashtirilgan qonun-qoidalarga so‘zsiz bo‘ysunish me'yorga aylanib qolsa, bu, dogmatizm, turg‘unlik va 
tanazzulga eltadi.
Bunga qadimdayoq antik faylasuflar: elladalik Pirron, Arkesilay va shubhani fikrlashning asosiy tamoyili, inson 
bilimini esa 
– nisbiy deb e'lon qilgan falsafiy yo‘nalish – skeptitsizmning boshqa asoschilari e'tiborni qaratgan. Skeptitsizm 
haqiqatga shak-shubhasiz egalik va narsalarni to
‘g‘ri tushunishga da'vogar bo‘lgan falsafiy ta'limotlar hukmronligiga 
munosabat sifatida vujudga keldi va shu ma'noda, ijobiy rol o
‘ynadi.
Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni 
ta'riflar yoki gipotezalar, g
‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba'zan shu tariqa) har xil funksiyalarni 
bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, 
aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog
‘liqdir. Bu 
funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan 
belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning o
‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi
shuningdek turli voqyealar, hodisalarni va o
‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi.. Yuqorida ko‘rsatib 
o
‘tilganidek, inson dunyoqarashida e'tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, 
intuitsiya va hokazolar chambarchas bog
‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish mumkin 
emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o
‘zaro bog‘lanmagan turli «parchalari»ni 
birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to
‘g‘ri munosabatini yaratish 
imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli 
narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e'tiborni qaratadi va shu tariqa o
‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni 
shakllantirish funksiyasini bajaradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling