Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Falsafa va fan. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, sohalari: iqtisod, siyosat, ijtimoiyot, huquq,
kabilar bilan ham uzviy bog
‘liq. Biroq, biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini 
aniqlash maqsadida so
‘z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan 
tushunchalarning asosiy ma'nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz. 
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig
‘ma) ma'nodagi fan – bu butun inson faoliyati sohasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob'ektiv 
bilimlarni o
‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari 
muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig
‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan 
ko
‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga 
torroq, binobarin, izchilroq ma'no yuklanadi. 
Bu yerda fanga aniq ta'rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim 
ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. 
Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob'ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat'iy 
tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o
‘zigagina xos bo‘lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan 
uchun yagona bo
‘lgan til, kategoriyalar apparati va hokazolarga ega bo‘ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to‘g‘ri tavsiflash 
va tushuntirish, hozirgi davrni to
‘g‘ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan yoki muayyan 
sharoitda yuz berishi mumkin bo
‘lgan voqyealar yoki jarayonlarni ma'lum darajada aniq bashorat qilish imkonini beradi. U 
yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar uchun yagona bo
‘lib, ayrim 
olimning yondashuvi, nuqtai nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog
‘liq emas. Ular mazkur sohada olg‘a siljish uchun 
o
‘zlashtirish lozim bo‘lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o‘tgan bilimlar yig‘indisi sifatida avloddan-avlodga o‘tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo
‘li bilan olingan ba'zi bir 
oqilona javoblar mavjud bo
‘lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya'ni amaliyot sinovidan o‘tgan, kundalik hayotda o‘z tasdig‘ini 
topgan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala «yopilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo
‘lgan, 
boshqacha aytganda, aniq ta'riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda ko
‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180 
gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik og
‘irligiga teng kuch ta'sir ko‘rsatishi 
aniqlangani zahoti bu masalalar o
‘zining «ochiq» xususiyatini yo‘qotgan, ya'ni ular o‘zining boshqa variantlarni istisno 
etadigan aniq yechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qo
‘shimcha mushohada yuritish foydasizligi 
tufayli o
‘zining har qanday ahamiyatini yo‘qotganligini anglatgan. yechilgan masalalar va muammolar esa aniq, ishonchli 
bilim darajasiga o
‘tgan va shu davrdan e'tiboran o‘zining falsafiy tusini yo‘qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi 
K.Yaspers bu muhim qoidani ta'riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e'tirof etgudek bo
‘lsa, u shu tariqa ilmiy 
bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo
‘ladi, deb qayd 
etdi.
Shunday qilib, azaldan yaxlit va bo
‘linmas dastlabki bilim sifatida amal qilgan falsafa zaminida o‘sha 
zamonlardayoq amaliy xususiyat va tegishli yo
‘nalishga ega bo‘lgan bilim sohalari faol shakllana boshladi. Shu tariqa asta-
sekin tabiatshunoslik vujudga keldi, muayyan fanlar (matematika, geometriya, fizika, tibbiyot, astronomiya, tarix va 
boshqalar) shakllanib, o
‘z shakl-shamoyilini kasb etdi va mustaqil tus oldi. Ayni shu ma'noda falsafa barcha fanlarning asosi 
hisoblanadi. Bu fanlar falsafadan ajralib chiqqach, keyinchalik ilmiy bilimning tabaqalanishi jarayonida ba'zan parchalanib, 
o
‘z tadqiqot predmetini yanada toraytiradi va mufassallashtiradi. Ular tahlilining teranligi va narsalar mohiyatini anglash 
darajasi ortsa, ayni vaqtda o
‘rganilayotgan masalalar doirasi torayadi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling