Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari


) Tabiat, uning tuzilishi va rivojlanishi


Download 162.87 Kb.
bet41/92
Sana20.06.2023
Hajmi162.87 Kb.
#1631780
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92
Bog'liq
Falsafa yakuniy nazorat javoblari 1 Falsafa atamasi va u ifoda e

44) Tabiat, uning tuzilishi va rivojlanishi.
Falsafa fanlari doktori B.A.Voronovich shunday deydi: «Falsafiy adabiyotda “tabiat” tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda tabiat bu – obyektiv reallikdir, dunyoda esa harakatdagi materiyadan boshqa narsa yo‘q. Tabiatning oliy mahsuli va bir qismi insondir. Mehnat tufayli u tabiatdan ajralib chiqdi va ijtimoiy inson bo‘ldi. Tor ma’noda, tabiat bu – insonni o‘rab turgan har xil ko‘rinishdagi hodisalar olami. Shu ma’noda tabiat o‘zida obyektiv reallikni ifoda etadigan tushuncha, obyektiv reallik jamiyatga, uning ongi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud. Nimaiki jamiyat bo‘lmasa tabiatdir». Insonni qurshab turgan tabiatni, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini falsafiy nuqtai nazardan fahmlash, ilmiy bilish amaliyotida katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda bo‘lib, insonni qurshab turgan moddiy olam, butun borliqni o‘z ichiga qamrab oladi. U keng ma’noda olganda materiya, koinot tushunchalarini ham ifodalaydi. Keng ma’nodagi tabiat – bu harakatdagi materiyaning rang-barangliligi, uning xususiyatlari va holatidir. Keng ma’nodagi «tabiat» tushunchasi bu moddiy olamni, jamiyat va insonni ham qamrab oladi. Tor ma’nodagi tabiat – bu moddiy dunyo, u materiya harakatining ijtimoiy shaklini o‘zida qamrab olmagan.
Borliqdagi obyektlar miqyosi bilan farq qiluvchi uchta miqyosiy struktura darajalariga ajraladi. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo. Mikrodunyo atom miqyosidan kichik bo‘lgan dunyodir. Bu dunyoga atom strukturasi va elementar zarrachalar, atom yadrosi, kvarklar, kernlar kiradi. Bu dunyoning yaxlitligini va turg‘unligini saqlab turuvchi ikkita fundamental kuch mavjuddir, ular kuchli va kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sirlardir. Kuchli o‘zaro ta’sirlar atom yadrosining strukturaviy yaxlitligini saqlab tursa, kuchsiz o‘zaro ta’sirlar atom strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi.
Yer, uning tabiiy yo‘ldoshi Oy va boshqa sayyoralar quyosh atrofida harakatlanadi. Bu sistemaning va umuman butun Koinotning strukturaviy yaxlitligi esa gravitatsion o‘zaro ta’sirlari tufayli saqlanadi. Gravitatsion o‘zaro ta’sirlari biriktirib turgan dunyo – megadunyo deb ataladi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langandir, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi ham mumkin. Hozir megadunyo hisoblangan koinotimiz bundan 15-20 mlrd yil muqaddam o‘ta kichik mikroskopik obyekt bo‘lgan, degan taxminlar bor.
Borliqning strukturaviy tuzilishini uning sifatiy rivojlanishi nuqtai nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini: anorganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy dunyo (jamiyat)ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.



Download 162.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling